Ma’ruza №6: Markaziy Osiyoda kuzatiladigan tabiiy talofatlar va ularning oqibatlari Reja



Yüklə 112,57 Kb.
səhifə5/5
tarix24.05.2023
ölçüsü112,57 Kb.
#112604
1   2   3   4   5
6-маъруза

Qurg‘okchilik ofati ham О‘zbekistonga xos bо‘lib, ilgari bunga deyarli e’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan notо‘g‘ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda.
Qurg‘oqchilikda odamlarni о‘limi, daraxtlarning, ekinzorlarning qurishi, kuchli yong‘inlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Takidlash joizki, О‘zbekistonda qurg‘oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog‘liqdir.
Respublikamiz Prizidenti Islom Karimov «О‘zbekiston XX asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Yaqin-yaqinlargacha chо‘lu-sahrolardan tortib olingan va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan sо‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Orolda tortib olinganligi, «jonsizlantirib qо‘yilganligi» xayolga kelmasdi, endilikda Orolbо‘yi ekologik kulfat hududiga aylandi». Ma’lumki, Orol dengizi suvi yildan yilga kamayib, qurib bormoqda. Buning oqibatida dengizga yaqin bо‘lgan joylarda dov-daraxtlar, ekinzorlar qurib, turli xil kasalliklar kо‘payib bormoqda. Ma’lumotlarga kо‘ra, Amudaryo suvining bor-yо‘g‘i 10 foiz miqdori Orol dengiziga quyilmoqda. Ammo hozirgi vaziyatda dengizga quyilayotgan suv hajmidan kо‘ra atmosferaga bug‘lanayotgan suv miqdori bir necha barobar kо‘pdir. Shu sababdan, Orol dengizi suvining balandligi ancha pastga tushib ketgan. Endi Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun unga taxminan 50 km3 suv quyish kerak, bu degan sо‘z butun boshli Sirdaryo suvini tо‘liq quyish bilan barobardir.

Qor kо‘chkisining sabablari va oqibatlari.


Tog‘larning tik yon-bag‘irlaridan qor massasining pastlik tomon ag‘darilib yoki sirpanib tushishiga tog‘ kо‘chkisi deyiladi. Baland tog‘larning ustiga kо‘p qor yog‘ib, uning qalinligi ortadi va о‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikka pastlikka qarab osilib turadi va natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib boradi. Kuchli shamol ta’sirida mana shunday qor massasi harakatga kelib pastlik tomon siljiy boshlaydi yoki ag‘darilib tushadi. Qor kо‘chkisida suriluvchi massaning hajmi bir necha ming m3 dan million m3 gacha tashkil yetadi. Qor kо‘chkilari quruq yoki hо‘l bо‘lishi mumkin. Agar qorning ustki qismi biroz muzlagan bо‘lib, uning ustiga qalin qor yog‘ib pastga qarab siljisa, quruq kо‘chki hosil bо‘ladi. Agar qor erigan suvga shimilib, uning tagi hо‘llanishi natijasida pastga ag‘darilishi hо‘l kо‘chki hosil bо‘ladi. Hо‘l kо‘chkilar 20-50 km/soat tezlikda, quruq kо‘chkilar esa 100 km/soat, ba’zan 300-400 km/soat tezlikda siljiydi. Qor kо‘chkilari pastga qarab harakat qilganda, yon-atrofdagi qor massalarini hamda tog‘ jinslarini о‘zi bilan surib ketadi. Mana shuning natijasida qor massasi kattalashib, hajmi bir necha mln. m3 ga, tezligi esa soatiga 250-350 km ga yetib, о‘z yо‘lidagi о‘rmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshootlarni vayron qiladi, oqibatda juda katta moddiy zararni keltirib, insonlar о‘limiga sabab bо‘lishi mumkin.
Katta hajmli qor kо‘chkilari asosan 25-600 li qiyalikda kuzatiladi. Sirti tekis, о‘t bilan qoplangan qiyaliklar qor kо‘chkisi xavfli bо‘ladigan joylar hisoblanib, butali, toshli joylar qor kо‘chkisiga tо‘sqinlik qiladi. Shuning uchun о‘rmonzorlarda qor kо‘chkisi juda kam kuzatiladi. Masalan, 1990 yilning 13 iyulida Pomir tog‘ining eng yuqori chо‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi kо‘chib, pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999 yil 21 noyabrda kо‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167 km larida sodir bо‘lgan. Bu ofat oqibatida 29 odam halok bо‘ldi, 19 kishi turli jarohatlar olgan va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga kо‘ra tezkor guruhlar hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, tegishli chora-tadbirlar kо‘rilgan. Kо‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib tushirganligi aniqlanib zudlik bilan ular qutqarilgan. Ofat yuz bergan joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv bо‘limlari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq shahri «Haloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi о‘z texnik vositalari bilan jalb qilinganlar. Ular yо‘llarni qor uyumlaridan tozalab, odamlarni xavfsiz joylarga olib chiqilib, jabr kо‘rganlarga birinchi tibbiy yordam va boshqa kо‘maklarni kо‘rsatganlar. Umuman, bu ofat oqibatida 400 ta transpor vositasi va 1200 ziyod yо‘lovchi qutqarib qolingan.
Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarda maqsadli qurilishlar (suv omborlari, geslar, dam olish uylari, davolanish maskanlari) qurilishi munosabati bilan qor kо‘chkilari bо‘lishi mumkin bо‘lgan hududlar aniqlanib, о‘rganilib tegishli tadbirlar qilingan. Qor kо‘chkilarini oldini olish uchun muhandislik choralarini kо‘rish (tog‘ yon-bag‘irlari tekislanib, supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor uyumlarini yо‘qotish, tо‘siqlar о‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi vositalar qurish) talab etiladi.

Sel, uning xususiyatlari va talafotlari.


Tog‘ hududlarida kuchli yomg‘irlarning yog‘ishi, muzlik va qorlarning tez erishi natijasida hosil bо‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yon-bag‘rilarida nuragan tog‘ jinsi bо‘laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib tushirilishi sel hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan 50-60 foizi turli kattalikdagi tog‘ jinsi bо‘laklaridan, о‘simlik va daraxt bо‘laklaridan iborat bо‘ladi. Sel oqimining davomiyligi ko’pincha, 0,5-2 soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s gacha etishi mumkin, sel massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m3 ni tashkil etadi.
Sel oqimlarining tezligini 3 guruxga bo`lish mumkin: juda tez (100ming.m3 dan ko`p sel massasining xarakati, 6-10 yilda bir marta ), o`rtacha (10dan 100ming * m3, 2-3 yilda bir marta) va kuchsiz (10 ming *m3 dan kam ).
Bunday fizik kо‘rsatkichlarga ega oqim juda katta kuch bо‘lib, xalq xо‘jaligiga sezirarli zarar keltiradi, oqim yо‘lida uchragan suv inshootlarini, yо‘llarni, qishloq va shaharlarni, bog‘larni, kо‘priklarni vayron qilib ketadi, ulkan maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan kо‘mib tashlaydi.
Sel - arabcha sо‘z bо‘lib, tog‘lik hududlardagi suv toshqini ma’nosini anglatadi.
Sel oqimlari о‘zi bilan olib keladigan qattiq zarrachalarning о‘lchamiga qarab uch guruhga bо‘linadi:

  • suv-toshli sellar;

  • loyqa sellar;

  • aralash sellar.

Yer yuzasida yuz bergan ofatli sellarga misol qilib, 1934 yilining yangi yil kechasi AQSHning Los-Anjeles shahri atrofida kuzatilgan sel oqimini kо‘rsatish mumkin. Shu kuni shaharga yaqin Kordelyera tog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ib, uning miqdori 538 mm.ni tashkil etgan. Yomg‘ir tinishidan sal oldinroq tog‘dan katta tezlikda suv toshqini pastga harakat qilgan. Bu suv toshqini 100 m masofagacha yoyilib unga yaqin bо‘lgan ikki shahar - Lya Kreket va Montero shaharlariga katta talafot yetkazgan. Suv oqimi tо‘lqinining balandligi 6 m.gacha yetgach, о‘z yо‘lida 500 ta kо‘prikni, bir qancha imoratlar va inshootlarni vayron qilgan, qanchadan-qancha odamlarni boshpanasiz qoldirgan.
Markaziy Osiyoda eng kuchli sel oqimlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahridan о‘tuvchi, shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida kuzatilgan. Masalan, 1921 yil 8 iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi natijasida shaharga olib kelingan tog‘ jinslari 100 mingta vagonga jo bо‘lgan. Bu ofat natijasida 400 dan ortiq kishi halok bо‘ldi. Sel oqimining vujudga kelishiga tog‘lik hududlardagi qorlar va muzliklarning erishi, kuchli yomg‘ir yog‘ganligi sabab bо‘lgan.
Olma-Ota shahri va uning atrofida juda kо‘p talofotli sel oqimlari kuzatilgan. Ulardan yana biri Medeo sel tо‘g‘oni qurilgandan keyin, 1973 yil 15 iyul kuni rо‘y bergan. Shu kuni kuchli yomg‘ir ta’sirida baland tog‘likdagi tabiiy kо‘l tо‘g‘onlarining buzilishi natijasida kuchli sel oqimi hosil bо‘lgan. Bu oqim taxminan 2 soat davom etib, uning sarfi 2000-3000 m3/s.ga etgan va Medeo tо‘g‘oniga 400000000 m3 sel massasi olib kelib tashlangan. Ertasi kuni sel qayta takrorlanganda Medeo seli tо‘g‘ondan oshib ketishiga atigi 6 m masofa qolgandi. Agar sel tо‘g‘ondan oshib harakatlansa, Olma-Ota shahriga juda katta xavf tug‘dirishi mumkin edi. Shuning uchun buni oldini olish maqsadida tо‘g‘ondagi suv asta sekin chiqarib yuborilib, tо‘g‘onning balandligi 150 m gacha kо‘tarilgan. 1988 yil 29 yanvarda Kos- Uzen qishlog`ida (Qozog`iston ) 80 m balandlikdan xajmmi 200 mln m3 bo`lgan qum,tosh va loy aralash sel oqimlari xarakatga kelib, 115 m uzunlikdagi temir beton ko`prikni, ko`plab insonlarning yashash uylarini buzib insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasining Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`lik xududlari sel ofati bo`ladigan zonalar hisoblanadi.
Oxirgi 100 yil ichida О‘zbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimlari kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig‘i loyqa, 350 dan ortig‘i suv-toshlik, 650 dan ortig‘i aralash sellardir. Respublikamizning Farg‘ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida sel oqimlari tez-tez kuzatilib turiladi. Sel oqimlari Respublikamiz hududida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz beradi. Bunga sabab hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bо‘lib, bahor oylaridagi kuchli jala, yomg‘irlar, haroratning issiq kelishi, tog‘larda muzlik va qorlarning tez erishi, daryo о‘zani qiyaligining 3-50 dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarrachalari bog‘lanmagan bо‘shoq tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bо‘lib hisoblanadi.
Shu о‘rinda Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘ida 1998 yil yozda bо‘lgan sel falokati tо‘g‘risidagi ma’lumotni keltirsak. Havoning birdan issib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining О‘sh viloyati tog‘laridagi qorlarni erishi tezlashib, buning oqibatida 1998 yilning 7 iyulidan 8 iyulga о‘tar kechasi katta suv oqimi paydo bо‘lgan. Bu oqim Shohimardon soyga qо‘shilib, uning suv sig‘imini 200 m3/s ga kо‘paytirib yuborgan va kuchli oqim natijasida 52 ta xо‘jalik, 36 ta dam olish maskanlari zarar kо‘rgan. 8-9 iyul kunlari odamlarni Shoximardon qishlog‘idan kо‘chish ishlari boshlangan. Bu ofat oqibatida 104 ta odam jasadlari, 68 ta har-xil hayvonlarning tanalari topilgan. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz о‘tkazish, 14 km avto yо‘l, 4 ta yirik avtomobil kо‘prigi, 3 km suv о‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ortiq savdo shaxobchalari butunlay vayron bо‘lgan. Bu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga 2000 ga yaqin fuqarolar, 438 ta texnikalar jalb qilingan.
2002 yilning iyul oyida xuddi shu yerda Vodil qishlog‘ida sel ofati rо‘y berdi. Ofat о‘chog‘i Qirg‘izistoning Qadamjoy tumanidan boshlangan kuchli jala yomg‘iri oqibatida Shohimardonsoy daryosidagi suv sathi keskin kо‘tarilib, Vodil qishlog‘iga katta sel oqimi yopirilib keldi. Bu ofat Vodio qishlog‘i hududlaridagi uylarga, yо‘llarga, ekinzorlarga, kommunikatsiya tizimlariga katta zarar yetkazgan.
Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bо‘lishi mumkin bо‘lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur о‘rganish, atrof-muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etib katta xalq xо‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun sel hodisasini bartaraf qilish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy xulosalarga, chora-tadbirlarga asoslangan bо‘lishi maqsadga muvofiq.
Bular quyidagilardan iborat:

  1. Sel bо‘lishi mumkin bо‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig‘ish maydonida bо‘shoq tog‘ jinslari yig‘ilishining oldini olish, oqar suvlar oqimiga tо‘sqinlik qiluvchi tabiiy va sun’iy tо‘siqlardan tozalash ishlari;

  2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarini muhofaza qilish, ya’ni bu maydonlarda о‘simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgorlash va sug‘orish ishlarini olib borishni chegaralash;

  3. О‘rmon xо‘jaliklarini rivojlantirish, ya’ni tog‘ yon-bag‘rilarida butalar va daraxtlarning ekilishini yо‘lga qо‘yish talab etiladi, chunki bu о‘simliklar tog‘ jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi, yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi;

  4. Tog‘li hududlardagi daryolarning о‘zanida suv oqimini boshqaruvchi inshootlar qurish, tabiiy, sun’iy tо‘g‘onlarni tartibga solish, temir yо‘l, avtomobil yо‘llari ostiga sel о‘tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish ishlarini tashkil etish.

Sel oqimiga qarshi kurashish uslubini tanlash maqsadida maxsus muhandis-geologik qidiruv ishlari olib boriladi. Olingan natijalardan (har tomonlama tahlil qilish asosida) о‘rganilayotgan hudud uchun xarita tuziladi.
Bu xaritada:

  • sel kuzatiladigan;

  • sel kuzatilishi mumkin bо‘lgan;

  • sel kuzatilmaydigan maydonlar ajratiladi.

Sel kuzatiladigan va kuzatilishi mumkin bо‘lgan joylarning iqlim sharoitiga, geologik о‘zgarishlarga, vujudga kelishi mumkin bо‘lgan sel oqimi kuchiga qarab kurashish usullari tanlanadi, tadbir choralari belgilanadi.
Tog‘lik hududlarda shaxsiy imoratlarni qurish ishlari sel xavfi xaritasi bilan tanishgan holda, maxsus tashkilotlar ruxsati asosida olib borilishi kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan hamma ofat turlari О‘zbekistonga xos xarakterlidir. Shuning uchun shu о‘lkada yashovchi har bir fuqaro yuqoridagi aytilgan tabiiy ofatlardan qо‘rqmasdan, esankiramasdan, yuqori tashkilotlar, fuqarolar muhofazasi organlari tomonidan beriladigan har bir kо‘rsatma, yо‘riqnomalarga qat’iyan rioya etib, harakat qilish zarur. Bunda hech qanday о‘zboshimchalik, odamlarni bezovtalantirish, xavfsirash, faqat о‘z manfaatini kо‘zlaydigan harakatlarni qilish ta’qiqlanadi. Qayerda yuqori intizom, chuqur ishlangan omillar bо‘lsagina, о‘sha yerda ofat oqibatlari tugatilib, hayot tezda о‘z iziga tushib ketadi.


Mustahkamlash uchun savollar
1. Tabiiy ofatlarning bir-biridan farqi va umumiy xususiyatlarini tushuntiring.
2. Yer silkinishining turlari va kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
3. Yer silkinish о‘chog‘ida qilinadigan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
4. Suv toshqiniga sababchi omillarni tushuntiring.
5. Yer surilishi, uni bildiruvchi birlamchi belgilar nimalardan iborat?
6. Kuchli shamol va uni keltiradigan talаfotlari qanday?
Yüklə 112,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə