Maruza Inflyasiya va pulni barkarorlashtirish



Yüklə 61,55 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü61,55 Kb.
#144454
1   2   3   4   5   6   7   8
7.1 Inflyasiya va pulni barkarorlashtirish

Sudraluvchan inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 – 8 foiz miqdorida o`sishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyatsiya juda ko`p mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo`lib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta‘sir ko`rsatmaydi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisod- chilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Shiddatli inflyatsiya davrida baholarning darajasi yil davomida 20 foizdan 200 foizgacha o`sadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir sezilib boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o`z mablag`larini ko`chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga
100 foiz darajasida o`sishi kuzatiladi. Mamlakatda iqtisodiyotni boshqiarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – kredit siyosati to`liq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta‘sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. ―Inflyatsiya nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi berilgandan so`ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o`z qiymatini yo`qotishidan qo`rqib qandaydir tovar yoki iste‘mol mollarini sotib olish uchun do`konlarga yugurar edik40.
Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma‘lum bo`ladi.





40 Ремарк Э.М. Три товарища. М., 1985. С.196.
Buning ijobiy jihati shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan ma‘lum bo`ladi. Buning uchun davlat, yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga mo`ljallangan rejalarini oldindan tuzib, shunga qarab o`z faoliyatini tashkil etadilar.

Yüklə 61,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə