Maruza Inflyasiya va pulni barkarorlashtirish



Yüklə 61,55 Kb.
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü61,55 Kb.
#144454
1   2   3   4   5   6   7   8
7.1 Inflyasiya va pulni barkarorlashtirish

Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko`zda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg`oqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e‘tirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora – tadbirlar amalga oshiriladi.
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun‘iy ravishda pasaytirib ko`rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo`lmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su‘ratlar bilan o`sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi ko`tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko`tarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muo- maladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va rea- lizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta‘minlaydi. Nati- jada, ishlab chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o`z navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo`ladi.

    1. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari


Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o`rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta‘sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, mil- liy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomu- tanosib to`lov balansi kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtiso- diy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o`zgarishi kabilarni keltirish mumkin.
Ta‘kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajar- gan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo`lmagan. Metall pullar o`rnini qog`oz va tanga pullar egallagandan so`ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog`liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog`oz va tanga pullar o`zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta‘minlangan edi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo`ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo`shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishon- chining pasayishi va boshqalar sabab bo`ladi.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko`rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo`ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o`ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko`p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma‘lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi o`z – o`zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qam- rab oladi, uning ta‘sirida jamg`armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab mamlakatda bozor mexanizmlarining to`liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibni joriy etishi hisob- lanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo`lgan xarajatlar, ya‘ni byudjet taqchilligi muomalaga qo`shimcha pullar chiqarish yo`li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta‘minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi.

Yüklə 61,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə