O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə1/13
tarix24.12.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#158616
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati.


Reja:
Kirish:
1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat.

3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish


Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kirish:
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi.

Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə