O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati


Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə6/13
tarix24.12.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#158616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Budjet hisobi bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Budjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Budjet hisobining predmeti bu budjet ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Budjet hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Budjet hisobining uslubiy asoslarini budjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (chizma).




chizma. Budjet hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari tizimi


Davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:
- davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi;
- budjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi;
- respublika budjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.

Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə