O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati


O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə4/13
tarix24.12.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#158616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari

Yil

Davlat byudjeti xarajatlari, mlrd.
so’m

Davlat byudjeti daromadlari, mlrd. so’m

Davlat byudjeti kamomadi, YaIM ga nisbatan %

2013

25833,7

26223,1

+0,3

Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:

  1. ichki manbalar;

  2. tashqi manbalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;

  • davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;

  • davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi summasi;

  • byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;

  • va boshqalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;

  • xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.

Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;

  • mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;

  • o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;

  • va boshqalar.

Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;

  • hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;

  • mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;

  • va boshqalar.

O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.

Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir.

Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.


Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. Bundan qaraganda ularni guyo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi to'laetgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi, Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir.
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi.
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq to'lovchilar:
yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.
Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.
1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada?
Birinchidan, Ma’muriy - buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq davrida davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq stavkalarini davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - yillarga qadar foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha byudjetga olib qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar qilinishiga yo'l qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va rag'batlantirish yuqolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay qo'yadilar, ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat dotatsiyasiga ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona yo'li soliq tizimini qayta qurish xisoblanadi. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot ishlab chiqarilish kerak, ularning xom ashyosi qaerdan olinadi, maxsulot birligiga qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik berilishi zarurligi tug'ildi.
Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga yalpi daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining pasayishi, infliyatsiya, ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning keskin oshib ketishi kabi xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar bo'lishligi talab etiladi. Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb qilish etarli bo'lmay qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni xam qo'llash zaruriyati tug'uldi.
Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda.
Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.
Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:
Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;
Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;
Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.
O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga oshirilmokda. Ushbu tanlangan yo'lning moxiyati O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning besh tamoyilida taxriflab berilgan. Bu qoida O'zbekiston davlat qurish va iqtisodiy islox qilish dasturining o'zagi bo'lib ularning moxiyati quyidagichadir:
Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi;
Uchinchidan, qonunlarga rioya qilishning xamma narsadan ustivor bo'lishi;
To'rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi;
Beshinchidan, bozorga iqtisodiyotiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;
Iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi:
Bu tamoyilning mahnosi shuki, iqtisodiy islohotlar xech qachon siyosatning ta’siri ostida bo'lmasligi, Ya’ni biror bir mafkuraga buysundirmasligi kerak. Bu esa iqtisod xamisha siyosatdan ustun turmogi kerak. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tayzik o'tkazish darajasiga kutarilmasligi, xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlar xar qandaymafkuradan xoli bo'lishi lozim. Avval iqtisodiyot keyin siyosat, "avval taom, badaz kalom" degan xikmalar bekorga aytilmagan. Butun insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, xar bir ishchi, muxandis, texnik o'z ish joyida korxona, birlashma, tsexlarda o'zini xujayin deb xis qilish, o'z mexnatining pirovard natijasidan moddiy jixatdan manfaatdor bo'lishi kerak. Ular ishlab chiqarilgan traktor, mashina, taer va boshqa maxsulotlar ichki bozorda va jaxon bozorida, bozorning o'zi belgilab beradigan narxlar bo'yicha erkin sotilish kerak. Bozor qoidasiga ko'ra kimning maxsuloti yuqori sifatli, kurinishi yaxshiroq va narxi arzonlik bo'lsa, qsha maxsulotga talab boshqa maxsulotlarga nisbatan ko’proq bo'ladi. Bunday vaziyatda bozorga xech qanday siyosat yoki mafkura o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Soliq tizimi Respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy xayotidagi xarakatiga qarab xilma xil guruxlarga bo'linadi. Soliq tizimi iqtisodiy moxiyatiga qarab, kelib tushish manbaiga qarab, byudjetga o'tkazish nuqtai nazaridan qo'llaniladigan stavkalarga va soliq imtiyozlariga qarab guruxlanadi. Ularni aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz.
Iqtisodiy moxiyatiga qarab guruxlanish. Iqtisodiy moxiyatiga qarab O'zbekiston soliqlarini to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar xaqikiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning oboekti yalpi daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar xisoblanadi.
Egri soliqlar esa sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko'rsatilayotgan xizmat qiymati ustiga ustama qo'yiladi. Egri soliqlarni to'lovchilar sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatni dastlabki iste’mol qiluvchi korxonalar va yakuniy iste’mol chilar, Ya’ni, axoli xisoblanadi. Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab huquqiy va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo'linadi. Huquqiy shaxslardan QQS, aksiz solig'i, Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlar va maxsulotlar solig'i, qimmatli qog'ozlar opreatsiyalariga solinadigan soliq, daromad solig'i, korxonalar mol-mulki solig'i, korxonalar transport vositalari solig'i, yer solig'i, jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig'i, sanoat ko'rilishi solig'i va boshqalar olinadi.
Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.
Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi.
Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.
Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.
Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.
Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya - bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi:
" Fiskal funksiyasi
" Rag'batlantirish funksiyasi
" Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir.
Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur.
Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi. Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bularning hammasi davlat budjeti daromadlari o‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq bo'lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalandagi hisobvaraqlarda budjetning pul mablag'lari, daromadlari va xara-jatlari, hisob-kitoblardagi mablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag'lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi.
Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi.
Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.
Budjetning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning budjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:

  1. yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;

  2. jismoniy shaxslardan tushgan mablag'larga bo‘linadi. Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo'yicha:

  1. soliqlar sifatidagi tushumlar;

  2. nosoliq tushumlarga bo'linadi.

Davlat budjeti daromadlari ularning hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:

  1. hisoblangan daromadlar;

  2. kassa daromadlariga bo‘linadi.


Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə