O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati


Davlat budjetining hisoblangan daromadlari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#158616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Davlat budjetining hisoblangan daromadlari. Budjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak bo'lgan daromadlar davlat budjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi.
Davlat budjetining kassa daromadlari. Budjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
Davlat budjetining kassa xarajatlari. Budjetning bankdagi schyotlaridan budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag4 beriladi. Budjet mablag'lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat budjetining kassa xarajatlari, deb ataladi.
Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlaming paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni budjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olib boriladi.
Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa budjet tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo'linmalar deb yuritiladi. Bo'limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo'linmalari hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo'yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Budjet tasnifi:

  1. budjet daromadlari;

  2. budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;

  3. budjet xarajatlarining tashkiliy;

  4. budjet xarajatlarining iqtisodiy;

  5. davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi.

Davlat budjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ulami bevosita oluvchilar o'rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to‘lovlaming iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Budjet taqchilligi deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lganligi tushuniladi.

Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan budjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


Mamlakatning davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuk-latilgan. Moliya organlarining budjet ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi.
Mamlakat davlat budjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika budjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy budjetlar mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika budjetining kassa ijrosi bo'yicha hisobotlarni tuzadi, respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib boradi.
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni tuzadi.



Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə