ma’ruza Katta do`st. Abakusda ni qo`shish va ayirish. Abakusda ni qo`shish va ayrish. Abakusdabo’luvamali. Kattado’stimiz +9, 8,7,6,5,4,3,2,1



Yüklə 43,09 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü43,09 Kb.
#151944
  1   2
4-ma\'ruza


4-Ma’ruza Katta do`st. Abakusda 9 ni qo`shish va ayirish. Abakusda 8 ni qo`shish va ayirish. Abakusda 6 ni qo`shish va ayrish. Abakusda 5 ni qo`shish va ayrish.
Abakusdabo’luvamali. Kattado’stimiz +9, 8,7,6,5 ,4,3,2,1(birvaikkixonalisonlardaqo’shishvaayirish)
Bo‘luv
Ushbu amalni bajarish uchun gorizontal turgan abakusni taxminan ikki qismga bo‘lamiz. O‘ng tomonga bo‘linuvchi sonni teramiz. Chapda esa bo‘linma uchun joy qoldiramiz. Agar bo‘linuvchi ikki xonali son bo‘lsa, javob uchun ikkita ustuncha qoldirish mumkin. agar uch xonali bo‘lsa, uchta ustuncha va h.k. Bo‘linmani eng chekka chap ustunchadan boshlab terish kerak. chunki bo‘lish paytida qoldiq chiqsa, uni belgilab qo‘yish uchun o‘rtada bo‘sh ustunchalar qolgani ma’qul.
Misol: 62:2.
Ayiruv amalida bo‘lgani kabi, bo‘luvda ham ishni 1-raqamdan boshlaymiz. 6:2=3.

  • Qoldiqsiz bo‘lingan 3 raqamini chapdan 1-ustunchaga teramiz. O‘ng tomonda esa o‘nliklar ustunchasidagi 6 ni ayirib tashlaymiz.

  • Endi birliklardagi 2 ni 2 ga bo‘lamiz. 2:2=1.

  • CHapdan 2-ustunchaga 1 raqamini qo‘yamiz.

  • Javob: 31.



Endi qiyinroq misolni ko‘rib chiqaylik. 864:4.

  • Avval 8 ni 4 ga bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan 2 ni chapdagi 1-ustunchaga joylashtiramiz.

  • 6 ni 4 ga bo‘lamiz. Maktabdagi matematika darslaridan ma’lumki, bunday amalda 1 hosil bo‘ladi, 2 qoldiq qoladi. 1 ni chapdagi 2-ustunchaga teramiz.

  • O‘ngdagi 6 dan 4 ni ayirib, 2 qoldiqni qoldiramiz. Abakusning o‘ng tomonida 24 qoladi.

  • Bu son 4 ga qoldiqsiz bo‘linadi: 24:4=6. CHapdan 3-ustunchaga 6 ni tersak, 216 soni kelib chiqadi.

Mustahkamlash uchun mashqlar
Bo‘luv
Ko‘rib turganingizday, bu amal ko‘paytiruvdan ko‘ra biroz soddaroq.
Misol: 34 : 2.

  • Abakusning o‘ng tomonida 34 sonini hosil qiling.

  • 3 ni 2 ga bo‘ling. 3:2=1 (1 qoldiq).

  • 1 sonini chapdan 1-ustunchaga joylashtiring.

  • Bo‘luvchi 2 ni 3 dan ayirib, 1 qoldiqni o‘z joyida, ya’ni o‘ng tomondan 2-ustunchada qoldiring. 14 qoladi.

  • Qoldiq 14 ni bo‘luvchi 2 ga bo‘ling va 7 hosil qiling.

  • 7 ni chapdan 2-ustunchaga tashlang.

  • Javob:17.

Abakus yordamida hisoblash mumkin bo‘lgan barcha arifmetik amallarni o‘rganib bo‘ldik. Nazarimda, buning qiyin eri yo‘q. Tez-tez mashq qilib tursangiz bo‘lgani. Shundagina mental arifmetikani mustaqil o‘rganishingiz mumkin.
Mental arifmetikani mustaqil o‘rganishning afzalliklari shundaki, farzandingiz o‘zi istagan tezlikda ma’lumotni o‘zlashtiradi. O‘quv markazlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ba’zi bolalar belgilangan vaqtda amallarni bajarishga ulgurmasliklari mumkin. bu esa, o‘z navbatida, asablarining qaqshashiga olib kelishi mumkin.
Abakusda hisoblashni o‘rganib mumkin, dedik. Ammo bu - boshlang‘ich bosqich, xolos. Hisob-kitobni mental usulda, ya’ni miyada xayolan amalga oshirish ancha murakkab jarayon ekanini ham unutmang!
1993-yillarda bu ta’lim dasturi Osiyoda tatbiq etila boshlandi. Butun dunyo bo’ylab besh mingdan ortiq, ayni paytda esa undan ham ko’p o’quv markazi shu metodika bo’yicha mashg’ulotlar olib bormoqda
Bu usul miyaning har ikkala yarim sharini rivojlantirish maqsadida o’ylab topilgan. Bir qarashda hayolotga yaqindek tuyuladi, ammo ushbu ta’limning rivojlanishi fantastika emasligini isbotladi. Bolalarning aniq bir metodika bilan shug’ullanishlari natijasida ularning xotirasi mustahkamlanib, diqqatning oshgani, ongdagi turli xil matematik hisob kitoblarni ishlab chiqarish qobiyatining tez sur’atlarda amalga oshirilishi, hatto, olimlarning ham hayratiga sabab bo’ldi.
Nima sababdan mental arifmetika deb nomlanadi?
Bu o’ziga xos dastur bo’lib, u insonning intellektual hamda ijodiy faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi. Bu orqali maxsus hisoblarni miyada bajarish osonlashadi. Ushbu metodda ta’lim olish yoshi 4 yoshdan 16 yoshgacha etib belgilangan.
Uni o’rganish orqali nimaga erishish mumkin?
Ushbu arifmetikani o’zlashtirish orqali ijodiy fikrlash rivojlanadi, bola nostandart bo’lmagan vaziyatlarda yagona haqiqiy yechimni topishni o’rganadi. Fikrlash jarayonlari ongli bo’lib, rivojlangan xotiraga tayanadi.
Sinf xonalarida o’tishga mo’ljallangan bu kabi mashg’ulotlar hamma vaqt ham mental hisob-kitobga asoslanmaydi. Bunda bolalar bir –biri bilan o’zaro muloqot qilish, raqs tushish, she’r aytish va qo’shiq aytishga o’rgatiladi. Bir so’z bilan aytganda, bu turdagi barcha mashg’ulotlar asosida miyaning har ikkala yarim sharlarining rivojlanishi kuzatiladi.
Mental arifmetikasida har bir dars bolaga ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi. Shuningdek bolalarni dastlab yoshiga qarab guruhlarga ajratib olinadi.
1-guruh: 4-6 yosh maktabgacha yosh davri
2-guruh: 7-8 yosh kichik yoshdagi guruh
3-guruh: 9-12 yosh o’rta yoshdagi guruh
4-guruh: 13-16 yosh katta yoshdagi guruh
Guruhlarga yoshiga mos tarzda darslar o’tiladi. Har bir guruh yoshi hisobga olingan holda didaktik materiallar berib boriladi.
Mental arifmetikasi tizimida o’qitishning 10 darajasi mavjud. Barcha o’quv markazlari o’zgacha o’qitish uslubi bor.
Birinchidan, mental arifmetikada bolalar an’anaviy hisob-kitoblarda emas, balki aqliy arifmetikada hisoblarni tez hisoblash usulini o’rganadilar. Dastlab, talabalar abakusni barcha darajalarida formulasiz ishlashni o’rganadilar. Sekin asta “5” Kichik do’st formulasi, keyin “10” katta do’st va “mix” ikki formulani birdan ishlatish o’tiladi, shu joyda mental karta haqida.
Mental karta abakning rasmda aks ettirilgan aksi, uni donachalarini tepadan pastga, pastdan tepaga ayirib, qo’sha olmaymiz lekin uni tasavurimizga joylab “ jonlantirishimiz” mumkin. Birinchi darsda abakning tashqi ko’rinishi nimalardan tashkil topgani haqida boshlab misollar bilan raqamlar tanishtirilib, 8 darsdan so’ng mental kartani tanishtirsak bo’laveradi.
Keyingi darslarda dars rejamizga 5 minutdan kartada hisoblashni kiritib bolada sekin asta ko’nikma hosil qilamiz, tasavvuriga joylashni o’rgatamiz, va har gal “zina poyadek” bitta pog’ona yuqorida abak bilan ishlash ya’ni yangi amal, pastki pog’ona yuqorida abak bilan ishlash ya’ni yangi amal, pastki pog’ona o’tgan darsni kartada… Uchinchi darajaga qadar, harakatlarning beshdan bir qismi ongda amalga oshiriladi.
Sakkizinchi oydan boshlab, faqat og’zaki hisoblashadi. Asta-sekin, ular besh xonali sonlar bilan ishlashni o’rganadilar va faqat o’zlarining tasavvurlariga tayanib, arifmetik operatsiyalarni bajarishlari mumkin.
Mental arifmetika bolaning xotira kuchini, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini, aktivligini, boshqaruvchanlik qobilyatini rivojlantiradi. Bu metodika hozirda barchani birdek hayratga solmoqda. Sababi oddiy Mental arifmetika bu kuchli tizimga ega ta’lim yo’nalishi!
Bolalarni o’rgatish
Bolalar yoshiga, bilim darajasiga, haftada tashrif buyuruvchilar va boshqalarga qarab turli guruhlarga bo’linishi mumkin.
Bundan tashqari,bolalar uchun alohida mashg’ulotlar haqida o’ylash kerak. Ko’pgina ota-onalar o’z farzandlarini yakka tartibda o’qishga jalb qilishni afzal ko’rishadi. Buni amalga oshirish uchun alohida tartibda alohida xonani yoki muayyan vaqt sinflarini yaratishingiz mumkin.
MDH (mustaqil davlatlar hamdo’stligi) mamlakatlari orasidagi 5 ta eng kuchli Mental arifmetika maktabi.

  1. Amakids mental arifmetika maktabi

Nomi: „AMAKIDS“ mental arifmetika akademiyasi“. Ushbu Mental arifmetika maktabi 2015-yilda Moskva ta’lim bozoriga keldi.
Tashkilotchi: Vladamir Fedyay. Maktabning Moskvada taxminan 30 ta ofisi mavjud bo’lib, shulardan 6 tasi Vladimirnining filiallari va Moskva shahri atrofida franchayzing shaklida ham xuddi shuncha filiallar mavjud.

  1. Smartykids markazi novosibirskda yaratilgan va juda qisqa vaqt ichida 2017-yilda Moskva ta’lim xizmatlari bozorida yetakchi o’rinlardan birini qo’lga kiritdi. Smartykids kompaniyasining kuchli tomonlaridan biri yaxshi jamoa, yaxshi tashkil etilgan savdo va marketing modeli, onlayn ilovalar va xizmatlarni rivojlantirish uchun texnologik yondashuv hisoblanadi. Bularning barchasi tovar belgilarining tez o’sishi va natijada yangi maktablarni ochish imkonini beradi. Smartykids franchayzing doirasida bir yildan kam bo’lmagan vaqt ichida Rossiyada 200 dan ortiq ofis ochildi.

  2. Akira mental arifmetika markazi kompaniya 2014-yilda Mental arifmetika bozorida kirdi. 5 yil mobaynida mental arifmetika sohasidagi yirik kompaniyaga aylandi. 100 dan ortiq hamkorlari mavjud.

Moskvada 30 ga yaqin maktablari mavjud.

  1. „Sorobon“ maktabi asoschisi: Yuriy Novoselov. Asos solgan joyi: Ukraina Dinyeper da

  2. Pifagorka – intellektual rivojnanish markazi. Ushbu maktab Moskva viloyatining bozoriga birinchi bo’lib kirgan.Sinflar asosan darslik va abakus, shuningdek flesh kartalar bilan ishlashga mo’ljallangan.Pifagorka biznes modeli rivojlanishning asosiy shakli hamkorlarga franchayzinglarni sotmoqda.



Yüklə 43,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə