Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Fanlararo va fanlar ichi bog‘liqlik



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə154/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
12. Fanlararo va fanlar ichi bog‘liqlik

Mavzu virusli infeksiyalarning tarqalishi, patogenezi, diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha yuqumli kasalliklar, nevrologiya, epidemiologiya, ichki kasalliklar, patologik anatomiya fanlari bilan bog‘liqdir.

13. Mashg‘ulot mazmuni:



13.1. Nazariy qism.

Pikornaviruslar oilasi (lotincha pico – kichik, RNA – RNK) odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan sodda to‘zilishga ega viruslardan tarkib topgan. Pikornaviruslar RNK tutuvchi mayda viruslar bo‘lib, o‘rtacha hajmi 22–30 nm. RNK kapsid bilan o‘ralgan bo‘lib, ikosaedr shaklga ega. Ularda tashqi qobiq, ya’ni supyerkapsid bo‘lmaydi. Tarkibida lipid, uglevodlar yo‘q. Shuning uchun efir va dezoksixolat moddalari ta’siriga chidamli.

Pikornaviruslar oilasi 4 ta turkumni o‘z ichiga oladi: 1) Enterovirus; 2) Cardiovirus; 3) Rhinovirus; 4) Aphtovirus.

Entyeroviruslar turkumiga polioviruslar, Koksaki, ESNO va gepatit A viruslari kiradi. Kardioviruslar turkumiga odamlarda isitmali kasallik keltirib chiqaruvchi ensefalomiokardit virusi; rinoviruslarga esa odam, sigir, otlarning yuqori nafas yo‘llarida kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi. Aftoviruslar qoramol va cho‘chqalarda oqsim kasalligini qo‘zg‘atadi.

Entyeroviruslarning asosiy o‘ziga xos xususiyatlari:

1. O‘lchami 22-30 nm;

2. Genomi – bir ipli fragmentlanmagan rnk;

3. Supyerkapsidi bo‘lmaydi;

4. Simmetriya tipi- kubsimon,kopsomyerlar soni-60;

5. Efirga chidamli (lipid qavvati yo‘q);

6. Mg va sa ionlari ularning tyermostabilligini oshiradi;

7. O‘t - safro, kislota va ishqorlarga chidamli (rn 3,0 dan 10,0 gacha);

8. Ma’lum hujayra kulturalarida ko‘payadi;

9. Tashqiy muhitga chidamli.

Poliomielit

Poliomielit (shol) virusini 1909 yilda K.Landshteynyer va E.Poppyerlar topgan. Ular shol bilan kasallanib o‘lgan bolaning orqa miyasidan tayyorlangan emulsiyani maymunlarga yuqtirib, ularda sust falajlik belgilarini ko‘zatganlar. 1949 yili D.Endyers virusning to‘qima kulturasida ko‘payishini isbotladi.

Morfologiyasi. Virus o‘lchami 17–30 nm, markazida bir ipli RNK si bor. RNK ni tarkibida 7,5-8 ming nukleotid bor, fragmentasiyalanmagan qobig‘ida 60 ta kapsomyerdan iborat kapsid bilan o‘ralgan, ikosaedr simmetriyasiga ega, tashqi qobig‘i yo‘q. Shuning uchun virus tarkibida lipid va uglevodlar tutmaydi. Virus quruq, og‘irligining 30% ini RNK, 70% ini oqsil tashkil qiladi. Virus kapsidi 4 ta (VP1, VP2, VP3, VP4) oqsildan tashkil topgan. Bu oqsillar har xil molekulyar og‘irlikka ega. VP4 oqsili virus RNK si bilan birikkan holda bo‘ladi.

Antigenlari. Shol virusi antigen tuzilishiga ko‘ra 3 ta Serologik tipga bo‘linadi (I, II, III). Komplementni bog‘lovchi antigeni 3 ta syerotip uchun umumiy hisoblanadi. Syerotiplari bir-biridan antigen tuzilishi va ayrim biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Epidemiya vaqtida virus antigenining asosiy qismi (65-95%) I tip; II va III tiplari esa kamroq, ya’ni 5-35% bemorlardan ajratib olinadi.

O‘stirish va reproduksiya. Poliomielit virusi odam va maymun buyraklarining birlamchi hujayra kulturasida va Hela hujayra kulturasida undiriladi, ular hujayraga patogen ta’sir etib ko‘payadi. Poliomielitning reproduksiya sikli 5–7 soatni tashkil qiladi. Virus hujayraga viriopeksis yo‘li bilan kiradi. Reproduksiya jarayoni sitoplazmada sodir bo‘ladi. Bitta xo‘jayin hujayrasida 150 ta virion sintez qilinadi. Virion kapsiddan ozod bo‘lgandan so‘ng, replikativ shakldagi RNK hosil bo‘lib, u axborot RNK va virion RNK larining sintezi uchun matrisa bo‘lib xizmat qiladi. Jarayon boshida yirik polipeptid hosil bo‘ladi. Bu polipeptid proteolitik fyermentlar yordamida bir necha bo‘lakchalarga bo‘linadi. Ularning bir qismi kapsomyer, ikkinchisi ichki oqsillar, uchinchisi virion fyermentlari (RNK transkriptaza va proteaza)ni hosil qiladi. Keyin har bir moyil hujayrada bir necha yuz virionlar paydo bo‘lib, ular hujayraning keltirish xususiyatiga ega. Bu holat ichakda virulentli polioviruslarning ko‘payishiga barham byerdi.

Tirik vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasi Sobiq Ittifoqda virusologlar A.A.Smorodinsev va M.P.Chumakovlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu vaksina bolalarning og‘ziga tomiziladi va ularning 85–95% da immunitet lizisidan so‘ng tashqariga chiqadi

Chidamliligi. Shol virusi 0 0S haroratda suv va najasda yuqish faolligini bir oygacha saqlaydi, 50 0 S haroratda 30 daqiqadan so‘ng, 100 0S da bir necha soniyadan so‘ng o‘ladi. Aksincha, past haroratga ancha chidamli. Poliovirus 0,5-1,0% li fenol eritmasiga chidamli, ammo xlorli oxak, xloramin, formalin, vodorod angidrid ta’siriga chidamsiz. UB nurlar va quritilishga unchalik bardosh byermaydi.

Poliomielitning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo-tomchi, fekal-oral yo‘llar orqali yuqadi. Bunda iflos qo‘l, zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari, suv, bemor tutgan buyumlarning ahamiyati katta. Virus og‘iz bo‘shlig‘i, burun va halqumning shilliq qavati epitelial hujayralarida ko‘payadi. Ularningreproduksiyasi halqum, ingichka ichakning shilliq qavatida, tomoq xalqasi, limfa tugunlarida va Peyyer pilakchalarida amalga oshadi. So‘ngra, virus limfa sistemasidan qonga o‘tib markaziy nyerv sistemasiga boradi va sirtqi nyerv aksonlari pastki harakat neyronlarining tolalari bo‘ylab tarqaladi. Keyinchalik viruslar bosh va orqa miyaning old shoxlarini shikastlaydi. Bu yerdagi hujayralar virusga nisbatan juda sezuvchan, shuning uchun bu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.

Klinik belgilar paydo bo‘lgunga qadar bemorning burni, halqumi va najasidan tayyorlangan preparatlardan virusni ajratib olish mumkin. Odatda kasallik 4 xil klinik shaklda kechadi: klinik belgilari rivojlanmagan; engil falajsiz shakli; aseptik meningit shakli; falajlik shakli.

Yashirin davri o‘rtacha 7–14 kun. Shol bilan, asosan, 4–5 oylikdan 5–6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik epidemiya ko‘rinishida tarqalishi mumkin. Ko‘pincha burun-halqumda kataral holat yoki engil meningial simptomlar bilan kechadi.

Immuniteti. Sholdan so‘ng turg‘un, o‘zoq muddatli turga xos immunitet hosil bo‘ladi, ya’ni virusning boshqa turi yuqqanida qayta kasallanish mumkin. Kasallikdan so‘ng virusni neytrallovchi ko‘pgina antitelolar hosil bo‘ladi. Bular qon zardobida, likvorda, siydikda uchraydi. Onadan o‘tgan immunitet bolada 3–6 haftagacha saqlanib qoladi.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun bemorning burun bo‘shlig‘i va halqumidan patologik matyerial va najas, letal hollarda esa murdadan bosh va orqa miya, ichak devori, limfa tugunlari va boshqa jarohatlangan a’zolardan tekshirish uchun matyerial olinadi.

Shol virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o‘laroq, orqa miya suyuqligida kam uchraydi. Baktyeriya mikroflorasini o‘ldirish maqsadida tekshiriluvchi matyerialga antibiotiklar qo‘shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi va ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra kulturasi va Hela hujayralariga yuqtiriladi. Bu hujayra kulturalaridagi poliovirusning SPT bo‘yicha virus reproduksiyasi aniqlanadi. Tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasiga neytralizasiya qilish reaksiyasini qo‘yib, viruslar identifikasiya qilinadi.

Poliomielit kasalligida bemor qonida komplementni bog‘lovchi va viruslarni neytrallovchi antitelolar paydo bo‘ladi. Ular titri kasallik dinamikasida ortib boradi. Shu sababli bemordan juft-juft zardoblar olinib (3-4 hafta oralig‘ida) KBR va neytrallash reaksiyalari virusning etalon shtammlari bilan qo‘yiladi.

Davolash. Sholga qarshi maxsus davo yo‘q. asosan odam immunoglobulinlari yuboriladi va simptomatik davo choralari qo‘llaniladi.

Profilaktikasi. Sholning maxsus profilaktikasi 1954 yil amyerikalik virusolog J.Solk tomonidan taklif qilingan. U formalin yordamida virusning 1, 2, 3-tiplaridan o‘ldirilgan vaksina tayyorladi. Bu vaksina organizmda yuqori immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lib, asosan, IgM va IgG antitelolar hosil qiladi. Ammo bu vaksina ichak shilliq avati hujayralaridagi viruslarning ko‘payishiga to‘sqinlik qila olmaydi, chunki, vaksina muskul orasiga yuborilganda mahalliy immunitet hosil bo‘lmaydi.

A.Sebining virusning avirulent shtammidan tayyorlagan tirik vaksinasi IgM, IgG lardan tashqari sekretor IgA antitelolarini yuzaga hosil qiladi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash kalendari bo‘yicha go‘dak bolalar sholga qarshi 2–5 kunligida (emlashda bolaning holatiga qaraladi), 2, 3, 4 oyligida va 7 yoshga to‘lganda tirik vaksina bilan emlanadi.

Poliomielitga qarshi hamma bolalarni reja asosida yoppasiga emlansa, bu kasallikni mutlaqo tugatish mumkin. Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkilotining dasturiga asosan XX asrning oxirgi yillarida butun dunyoda, shu jumladan respublikamizda ham hamma bolalarni emlash amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda shol kasalligi kamdan-kam hollarda qayd qilinmoqda.

Koksaki, ESNO va boshqa entyeroviruslar

Koksaki virusini1948 yili AQShning Koksaki hududida G.Doldorf va G.Siklslar falaj va poliomielitga o‘xshash kasallikka chalingan bolalar najasidan ajratib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Keyinchalik ESNO (ingl – Enteric cytopatogenic human orphans – odam ichagining sitopatogen virusi) virusini (1951) J.Melnik, J.Endyers va boshqa olimlar odam ichagidan ajratib olishgan. Lekin ancha vaqtgacha bu viruslarni kasallikning asl sababchisi ekanligi isbotlanmay qoldi. Shu bois bu viruslarni birmuncha vaqt “etimcha” viruslar ham deb atab kelindi.

Morfologiyasi. Koksaki virusining o‘lchami 28 nm, ESNO virusniki esa 25–30 nm. Viruslar ikosaedr shaklida bo‘lib, kubsimon tipdagi simmetriyaga ega.

O‘stirish. Viruslar odam va maymun buyragi hujayrasidan tayyorlangan kulturalarda hamda odam embrioning fibroblastlari kulturalarida ko‘payadi.

Antigen tuzilishi. Antigen tuzilishiga ko‘ra Koksaki virusi A va V guruhlarga, ular tiplarga bo‘linadi. Koksaki A guruhidagi viruslar 24 ta, V guruhidagilar esa 6 ta syerotipni tashkil etadi. Bu syerotiplar komplementni bog‘lovchi umumiy antigenga ega. Ammo ularni tip maxsus antigenlarga neytrallash reaksiyasi yordamida farqlab olish mumkin. ESNO virusi 34 ta syerotipdan iborat, lekin ularning hammasi odamlarda kasallik keltirib chiqarmaydi. Bu tiplar bir-biridan immunologik xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Odamdagi entyeroviruslar 5 ta (68–72) tipdan iborat.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Koksaki guruhidagi viruslar yangi tug‘ilgan oq sichqon bolalari uchun patogen hisoblanadi. Koksaki A guruhidagi viruslarning ayrim tiplari katta sichqon, dala kalamushlari va maymunlarda ham kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. ESNO viruslari laboratoriya hayvonlari uchun patogen emas.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Koksaki, ESNO va entyeroviruslar tabiatda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, ularning asosiy manbai odam hisoblanadi. Ular bemor najasi va boshqa omillari bilan atrof muhitga tushadi. Bu viruslar odamlarga, asosan, fekal-oral va qisman havo-tomchi yo‘llari orqali yuqadi.

Entyeroviruslar turib qolgan suv havzalari, ovqat mahsulotlari, ho‘l myevalar va sabzavotlarda bo‘lishi mumkin. Ularning pashshalar orqali tarqalishi to‘g‘risida ham fikrlar mavjud. Kasallik aksariyat yoz va ko‘z fasllarida ko‘proq qayd qilinadi.

Koksaki va ESNO viruslari qo‘zg‘atgan kasalliklarning klinik belgilari turlicha. Aseptik syerozli meningit, 3 kunlik isitma, boston (epidemik) ekzantemalar, aseptik miokardit va boshqalar. Koksaki va ESNO entyeroviruslari o‘tkir gemorragik kon’yunktivit, gripp va poliomielitga o‘xshash kasalliklarni ham qo‘zg‘atadi.

Immuniteti. Kasallikni boshdan kechirgandan so‘ng bemorlarda kuchli, tipga xos o‘zoq muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Bemorning qon zardobida ko‘p miqdorda viruslarni neytrallovchi antitelolar ko‘zatiladi.

Laboratoriya tashhisi. Entyerovirusli infeksiyalarga tashhis qo‘yishda virusni ajratib olish va juft zardoblarni Serologik tekshirish ishlari amalga oshiriladi. Virus bemor najasi, tomog‘i, qon va orqa miya suyuqliklaridan ajratib olinadi. Bemor najasi kasallikning 1–2-haftalarida olinsa, burun bo‘shlig‘i va halqum ajralmasi kasallikning birinchi 3-kunida olinishi kyerak.

Hujayra kulturalaridan, jumladan maymun buyragi va odam amnioni hujayra kulturalaridan foydalaniladi. Viruslarni identifikasiya qilish uchun tipga xos zardoblar aralashmasi bilan neytrallash reaksiyasi qo‘yiladi. Koksaki va ESNO viruslarining musbat gemagglyutinasiya reaksiyasini byeruvchi variantlarini identifikasiya qilishda gemagglyutinasiyani to‘xtatuvchi reaksiya qo‘yiladi.

Koksaki va ESNO viruslari qo‘zg‘atgan kasalliklarga Serologik tashhis qo‘yishda bemorning juft zardobi tekshiriladi. Bemor zardobidagi antitelolar neytrallash va komplementni bog‘lash reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Agar reaksiya musbat bo‘lsa, antitelolar titri 4 marta ortadi.

Davosi va profilaktikasi. Kasallikning maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan, patogenetik, simptomatik ko‘rinishiga qarab hamda intoksikasiyani kamaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi preparatlar buyuriladi. Profilaktikasida entyerovirusli infeksiyalarga qarshi qo‘llanilgan sanitariya tadbirlariga amal qilinadi.

Rabdoviruslar oilasi (Rhabdoviridae)

Rabdoviruslar (yunoncha rhabdos-xivchin) oilasiga umurtqali va umurtqasiz hayvonlar (40 turida), sodda organizmlar (amyobalar), o‘simliklarga nisbatan patogen bo‘lgan ko‘pgina viruslar kiradi. Bu oila uchta turkumni o‘z ichiga oladi:

1. Lyssavirus – qutirish virusi.

2. Vesiculovirus – vezikulyar stomatit virusi.

3. Sigmavirus – drozofil sigma virusi.

Bundan tashqari, tasniflanmagan viruslari ham mavjud, bular baliqlar va o‘simliklarda kasallik keltirib chiqaradi. Odamlar uchun qutirish va vezikulyar stomatit viruslari patogen hisoblanadi.

Morfologiyasi. Virion o‘qsimon yoki tayoqchasimon shaklga ega bo‘lib, o‘lchami 170 nm. Virion bir ipli manfiy-RNK dan tashkil topgan. U sirtdan lipidlardan iborat qobiq bilan o‘ralgan, unda o‘simtalar mavjud. Nukleokapsid spiral tipdagi simmetriyaga ega, uni tashqi qobiqdan matriks oqsili bilan ajratib turadi. Virionda bir nechta oqsillar, jumladan kapsid, matriks oqsillari, RNK-polimyeraza va boshqa fyermentlar bor. Tashqi qobig‘idagi o‘simtalar glikoproteinlardan tashkil topgan.

Antigenlari. Nukleoprotein guruh maxsus antigen bo‘lib, ularni immunoflyuoressensiya, geldagi presipitasiya va KB reaksiyalari bilan aniqlanadi. Tashqi qobiqdagi glikoprotein tip maxsus antigen bo‘lib, virionning yuqumlilik, gemagglyutinasiya qilish faolligini ta’minlaydi.

Reproduksiyasi. Rabdoviruslar hujayraning sitoplazmasida ko‘payadi. Virion o‘zining glikoproteidlari bilan hujayra membranasidagi reseptorlarga adsorbsiya qilinadi va viropeksis yo‘li bilan hujayra ichiga kiradi. Virionlar kurtaklanish yo‘li bilan plazmatik membrananing ma’lum bir qismidan tashqariga chiqadi. Hujayraning sitoplazmasida asidofil kiritmalar hosil bo‘ladi.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə