Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə157/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadi:

Virusli infeksiyalarga qanday kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kirishini, gepatit viruslarining tuzilishi va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklari patogenezi, antigenlarining diagnostikadagi ahamiyatini va laboratoriya diagnostika usullarini o‘rgatish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va profilaktikasi bilan tanishish.

Odamlarda gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslarning 7 xili A, V, S, E, D, G, F ma’lum.

Gepatit A virusi

Gepatit A virusi (HAV-Hepatitis, F, virus) 1883 yili Picornoviridae oilasiga va entyeroviruslar turkumiga kiritilgan 72-tip virusi hisoblanadi.

Yuqumli gepatit qadimiy kasallik bo‘lib, Gippokratning asarlarida ham sariq kasalligi deb bayon etilgan. Keyinchalik epidemik gepatit, kataral sariq kasalligi, parenximatoz gepatit deb nomlanib kelindi. 1891 yili S.P.Botkin bu kasallikni chuqur tekshirib, yuqumli ekanligini isbotlaganligi tufayli u Botkin kasalligi deb ham yuritiladi. Gepatit A ning qo‘zg‘atuvchisiuzoq vaqtgacha noma’lum bo‘lib keldi, keyingi yillarda uning etiologiyasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Morfologiyasi. Virus ikosaedr yoki sharsimon shaklda bo‘lib, kattaligi 27–32 nm, virion markazida bir ipli musbat-RNK bor. Kubsimon simmetriyaga ega RNK molekulasi tashqi tomonidan nukleokapsid bilan o‘ralgan. Nukleokapsid o‘z navbatida 32 ta kapsomyerdan tashkil topgan. Virus tarkibida yog‘ va uglevodlar bo‘lmaydi.

Ko‘paytirish. Gepatit A virusi Janubiy Amyerikada yashaydigan marmozet va shimpanze maymunlari organizmida ko‘payadi. Virus jigar hujayralarida uzoq vaqt saqlanadi. Hozir virusning to‘qima kulturasiga moslashgan, kuchsizlantirilgan shtammi olingan, ammo virusni hujayradan ajratib olish juda murakkab jarayon.

Antigenligi. Gepatit A virusida 4 xil oqsil (VP1, VP2, VP3, VP4) borligi aniqlangan. Bitta virusga xos kapsid oqsili bilan bog‘liq antigen ma’lum. Virusning ikkita Serologik tipi mavjud bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan kesishma immunitet hosil qilmaydi.

Chidamliligi. Virus boshqa entyeroviruslarga nisbatan tashqi muhit ta’siriga chidamli; 600 S qizdirilganda 1–2 soat, 1000S qaynatilganda va UB nurlar ta’sirida tez, dezinfeksiya qiluvchi moddalar ta’sirida esa bir necha daqiqada o‘z faolligini yo‘qotadi. Virusning yuqish xususiyati – 200S da bir necha yil davom etadi. Bemor va virus tashib yuruvchilarning najasi va siydigida o‘zoq saqlanadi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gepatit A virusi tabiiy sharoitda faqat odamlarda kasallik qo‘zg‘atadi. Ammo shimpanze, marmozet turkumiga xos maymunlar bu viruslarga moyil. Shuning uchun Afrika davlatlarida ushbu kasallikning tabiiy o‘choqlari bor deb taxmin qilinadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Gepatit A virusining manbai bemor, ayniqsa engil, sariqsiz shakllari o‘ta xavfli hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri va sariqlik oldi davrida bemorning najasi orqali tashqi muhitga juda ko‘p virus ajraladi, shuning uchun bu davratrofdagilar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Virus sog‘lom odamlarga ifloslangan suv, oziq-ovqat, uy ro‘zg‘or buyumlari, pashshalar orqali fekal-oral yo‘l bilan yuqadi. Gepatit A bilan asosan 4 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik mavsumiy haraktyerga ega bo‘lib, ko‘pincha yilning ko‘z va qish fasllarida kuzatiladi.

Virus ingichka ichak shilliq qavatining epitelial hujayralariga etib borib, ular ichiga kirib ko‘paya boshlaydi. Kasallikning yashirin davri 15–30 kun bo‘lib, bemorda sariqlik belgilari paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. Bu davrda virus qonga tushadi va qon bilan butun organizmga tarqalib, jigar hujayralarida ko‘payadi va uni zararlaydi. Natijada gepatitning belgilari namoyon bo‘ladi. Kasallikning o‘tkir xilida harorat ko‘tariladi. Prodromal davri 5–7 kun. Bu davrda huddi grippga xos alomatlar: bosh og‘rig‘i, holsizlik, kataral simptomlar yuzaga keladi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach me’da-ichak kasalligining belgilari namoyon bo‘ladi: ishtaha yo‘qoladi, ko‘ngil ayniydi, bemor qayt qiladi, o‘ng qovurg‘a osti og‘riydi, sekin-asta ko‘z va badan sarg‘ayadi, jigar sohasida og‘irlik va og‘riq paydo bo‘ladi, jigar kattalashadi. Bu davrda peshob to‘qlashadi, najas esa rangsizlanadi. Gepatit A da badan sarg‘aymasligi ham mumkin, bu ko‘pincha yosh bolalarda uchraydi. Gepatitdan so‘ng bemor to‘liq to‘zalib kyetadi.

Immuniteti. Bemor sog‘ayganidan so‘ng umrining ohirigacha davom etadigan kuchli turg‘un immunitet paydo bo‘ladi. Qonda hosil bo‘lgan IgM antitelolar organizmda 3–4 oygacha saqlanib qoladi, so‘ngra IgG sinf antitelolar paydo bo‘ladi. Sekretor IgA sinf immunoglobulinlarining ham sintez qilinishi tasdiqlangan.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun bemordan najas va qon olinib, virus zarrachalari IEM, virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aniqlanadi.

Serologik tashhis virusga qarshi IgM va IgG antitelolar, IFA va RIA reaksiyalarida topiladi. Virus maxsus IgM immunoglobulinlari kasallikning o‘tkir davridan darak byeradi.

Gepatitlar tashhisida biokimyoviy ko‘rsatkichlar aniq va tez tashhis qo‘yishda katta yordam byeradi. Bunda bemorning zardobidagi bilirubin (asosan, bog‘langan turi ko‘payadi), fyermentlar (aldolaza, aminotransfyerazalar – AlAT, AsAT va boshqalar), timol sinamasi kabi ko‘rsatkichlar oshgani aniqlanadi.

Davosi va profilaktikasi. Maxsus davosi yo‘q, simptomatik davolash choralari qo‘llaniladi.

Kasallikning oldini olish uchun bemor alohida xonaga yotqiziladi. U bilan muloqotda bo‘lgan kishilar nazoratga olinib, xona va idish-tovoqlari dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 3 oylikdan 10 yoshgacha bolalarga immunoglobulin yuboriladi. Hozirgi kunda quyidagi vaksinalar ishlab chiqilgan6

1. Farmalinda o‘ldirilgan to‘liq virionli vaksina.

2. Subvirionli virionni parchalash orqaoli olinadi

3. Ximiyaviy- ximiyaviy epitoplarini ximiyaviy usulda sintez qilib olinadi.

4. Gen-injenyeriyasi yo‘li bilan NAV genomi ospovaksina virusiga integrasiya qilingan.

Gepatit V virusi (HBV)

Gepatit V virusi gepadnoviruslar (Hepadnaviridae) oilasiga kiradi, bu oilaga hayvonlar, kemiruvchilar va qushlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi yana 3 ta virus ham kiradi. Gepatit virusining zarrachasini 1970 yili D.Deyn bemor najasidan elektron mikroskop yordamida topgan, shu sababli Deyn zarrachasi deb nomlangan.

Morfologiyasi. Virion yoki Deyn zarrachasi sfyerik shaklda bo‘lib, o‘lchami 42–45 nm. Virionning mag‘zi – nukleokapsid ikosaedr tip simmetriyaga ega, 180 ta kapsomyerlardan tashkil topgan. Virion tashqi tomondan lipoproteindan iborat qobiq bilan o‘ralgan. Virion tarkibida DNK, oqsil, fyerment, lipid va uglevodlar bor.

HBV ning tuzilishi noyob bo‘lib, ipli xalqasimon DNK molekulasidan iborat, ammo boshqa DNK tutuvchi viruslardan farqli o‘laroq, unda bitta ipli qismi ham mavjud. Virus tarkibida DNK-polimyeraza va proteinkinaza fyermentlari mavjud.

Antigenlari. Gepatit V virusining tashqi qobig‘i murakkab to‘zilishga ega bo‘lib, virus va hujayra oqsilidan tashkil topgan. Virus tarkibida dastlab Avstraliya antigeni deb nomlangan HBs-antigeni va NVs, NVe, NVx antigenlari bor. HBs antigen bog‘lanmagan holda qonda topiladi, protektivlik xossaga ega.

HBs-antigenining 3 ta kenja oilasi mavjud: adw, ayw va ayr. Ular yer yuzining turli hududlarida tarqalgan.

Sor (o‘zak) antigen nukleoprotein tabiatli bo‘lib, NVs-antigeni deb ataladi.

NVe antigeni NVs antigenlari kabi o‘zak antigeni hisoblanadi. NVx-antigen hali to‘liq o‘rganilgan emas. Ammo bu antigen gepatositlarning rak hujayralariga aylanishida ishtirok etadi degan taxminlar ham bor. Bemor organizmida, asosan, HBs, HBc va HVe antigenlariga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Gepatit V kasalligida HBs- antigen asosiy markyer hisoblanadi, chunki u kasallikning birinchi kunidan to rekonvalessensiya davrining oxirigacha topiladi.

Ko‘paytirish. Gepatit V virusi hujayra kulturalarida va tovuq embrionlarida ko‘paymaydi. Ular replikasiyasi va virus genomining transkripsiyasi gepatosit hujayralarining yadrosida sodir bo‘ladi. Bunda halqasimon DNK molekulasidagi nuqsonli zanjir DNK-polimyeraza yordamida tiklanadi, shundan keyin har ikkala ip ham replikasiyaga uchraydi. Bunda virus DNK sidan RNK molekulasi transkripsiya qilinadi va RNK matrisasida qayta transkripsiya yordamida virus DNK sining sintezi boshlanadi. Bu hodisa zararlangan gepatosit hujayralarining qayta transkriptaza fyermentlari yordamida ro‘y byeradi. Buning molekulyar mexanizmi hozircha to‘liq o‘rganilmagan.

Virus genomidan bir vaqtning o‘zida gepatositlar ribosomalariga HBc va HBs antigenlarni, virusga xos fyerment va kapsid oqsillarini sintez qilish to‘g‘risida axborot byeriladi.

Chidamliligi. Gepatit V virusi tashqi muhit omillariga chidamli, 600S qizdirilganda bir necha soatda, qaynatilganda 15–20 daqiqadanso‘ng o‘z faolligini yo‘qotadi. Qon plazmasiga UB nur ta’sir ettirilganda va –200S da saqlanganda virus yuqish va antigenlik xossalarini saqlab qoladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (formalin, xloramin, fenol, efir va boshqalar) ta’siriga chidamli.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gepatit V virusi shimpanze maymunlari orasida keng tarqalgan bo‘lib, ulardan 25% da HBs-antigenga qarshi HBs-antitelolar borligi aniqlangan. Gepatit V virusining barcha syerotiplari o‘zoq adaptasiya natijasida shimpanzeda kasallikning sariqsiz engil shakllarini qo‘zg‘atadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Gepatit V ning manbai bemor va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yer sharida 500 mln. dan ortiq virus tashib yuruvchilar bor. Virus, asosan, parentyeral yo‘l bilan, yaxshi styerillanmagan tibbiyot asboblari (shpris, igna, skalpel tish davolashda ishlatiladigan asboblar va boshqalar) hamda jinsiy aloqa orqali yuqadi. Odam uchun 0,001 ml plazma yoki qon yuqumli miqdor hisoblanadi. Virus odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo‘ladi, shuning uchun onadan bolaga yo‘ldosh orqali, ko‘krak sutidan ham o‘tadi. Tibbiyot xodimlari bu infeksiya bo‘yicha xavfli guruhga kiradi.

Yashirin davri uzoq, 30 kundan 180 kungacha. Gepatit V virusining organizmga kirish darvozalari qon tomirlar bo‘lganligi sababli, virus infeksion jarayonning boshidan qonga tushadi va butun organizmga tarqalib, gepatosit hujayralariga yopishadi. Ammo virus reproduksiyasi gepatosit hujayrasini lizisga olib kelmaydi, ya’ni gepatit V virusi gepatosit hujayrasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sitopatik ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun jigardagi asosiy patologik jarayon, virusni gepatosit hujayrasiga kirishidan boshlanmasdan, balki immunositlarni hujayraning tashqi membranasida virus antigenlarini aniqlash vaqtidan boshlanadi. Shunday qilib, gepatit V virusida gepatosit hujayralarining zararlanishi immunopatologik sabablarga asoslangan.

Gepatit V patogenlik shakllarining xilma-xilligi (o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir, surunkali, pyersistensiyalovchi) kasallik qo‘zg‘atuvchi antigenlarining gepatosit hujayralari bilan o‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq. Natijada bir tomondan, produktiv yoki integrativ infeksiya rivojlansa, ikkinchi tomondan immun javob shakli va immunopatologik namoyon bo‘lish darajasi ro‘y byeradi. Masalan, gepatit V kasalligining o‘tkir shaklida T-xelpyerlar faolligi bostiriladi, surunkali shaklida esa T-supressorlar jarayoniga jalb qilinadi. T-supressorlar faolligining doimiy ravishda bostirilishi natijasida autoimmun reaksiyalar rivojlanishiga sharoit tug‘iladi, bu reaksiyalar o‘zining hujayra antigenlariga va birinchi navbatda jigar lipoproteiniga qaratilgan bo‘ladi. T-xelpyerlari ingibisiyasi tufayli virus antigenlarini aniqlab olish sustlashadi, bu esa oxir-oqibatda antitelo hosil bo‘lishini kamaytiradi.

HBV gepatositlar bilan bir qatorda makrofaglarga ham ta’sir ko‘rsatib, hatto o‘zining DNK genomini makrofag genomiga biriktirishi mumkin. Immun javobning normal rivojlanishida makrofag membranasidagi virus antigenlari gumoral immunitetni faollashtiradi, natijada HBs-, Hbe-, HBc-antitelolar sintez qiladi. HBV lar makrofaglarni zararlaganda, T-xelpyerlardagi kabi antigenlarni tanishda nuqsonlar vujudga keladi, natijada immuntanqislik holatlari rivojlanib, gepatit V ning pyersistensiya qilishiga sabab bo‘ladi.

Kasallik og‘ir kechadi, jigarning o‘tkir distrofiyasi 6–15% hollarda surunkalikka o‘tadi, bu jarayon jigarda birlamchi o‘sma kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli, bu kasallikda letallik yuqori. Ammo ma’lum bir hollarda kasallik simptomsiz infeksiya ko‘rinishda ham kechishi mumkin. Bunda bemorlar qonida HbsA ni o‘zoq vaqtgacha aniqlasa bo‘ladi.

Immuniteti. Bemor sog‘ayganidan so‘ng nisbatan turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Gepatit V virusiga qarshi NVs- va HBs-antitelolar 50% bemorlarda topiladi. HBs-antigenga qarshi, asosan, protektiv antitelolar sintez qilinadi.

Laboratoriya tashhisi. Gepatit V tashhisida bemorning qon zardobidagi antigen va antitelolarni RIA, IFA usullaridan foydalanib aniqlanadi. HBs-antigen surunkali va simptomsiz infeksiyalarda topiladi. Bemorlarda Hve va NBc antigenlar topilishi katta diagnostik ahamiyatga ega, chunki bular infeksiyaning yashirin davridan to 6-8 oygacha aniqlanishi mumkin.

Gepatit V virusining antigenlari va antitelolarini aniqlash faqat diagnostik emas, balki prognostik ahamiyatga ham ega. Turli antigenlarga qarshi antitelolarning sintez qilish dinamikasi har xil bo‘lib, prodromal davrda NVs-antitelolar, so‘ngra Nve-antitelolar, eng keyin HBs-antitelolar paydo bo‘ladi. U yoki bu antigenga qarshi paydo bo‘lgan antitelolarga qarab kasallik davrini aniqlash mumkin. O‘tkir gepatit V tashhisini qo‘yish uchun bemorning qon zardobida NVs-antigenga qarshi IgM ni topish muhim ahamiyatga ega.

Jigar faoliyatini aniqlash uchun qondagi bilirubin, aldoza, transaminaza va boshqa fyermentlar miqdorini belgilovchi biokimyoviy sinamalar qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Bemorlarga yuqori kaloriyali, uglevod va oqsillarga boy ovqatlar byeriladi; vitaminlar, glyukostyeroid va intyerfyeronlar qo‘llaniladi. Bunda eng muhimi parhezga rioya qilish hisoblanadi.

O‘zbekistonda gepatit kasalligiga erta tashhis qo‘yish va uning oldini olishga O‘zRFA akademigi T.O.Daminov katta hissa qo‘shdi.

Gepatit V ning oldini olish uchun tibbiyot asboblarini sifatli styerilizasiya qilish, bir marta ishlatiladigan shpris va tibbiyot asboblaridan foydalanish lozim. Maxsus profilaktikasi uchun surunkali tashib yuruvchilar plazmasidan tayyorlangan HBs-vaksina ishlatiladi.

Hozir gepatit V ga qarshi gennoijnenyer-rekombinat-achitqi zamburig‘idan vaksina olingan. Bu vaksina O‘zbekistonda profilaktik emlash kalendariga muvofiq 3 marta. ya’ni chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng 12–24 soat ichida, 2 oyligida va 9 oyligida muskul orasiga yuboriladi. Immunitet 5 yilgacha saqlanadi.

Gepatit D (Delta infeksiya)

Gepatitning delta-virus qo‘zg‘atuvchisini 1977 yili M.Rizett o‘z kasbdoshlari bilan surunkali gepatit V bilan og‘rigan bemorning jigar to‘qimasi va gepatositlarining yadrosidan IF usulida ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Delta-virus va anti D antitelolar immunologik xususiyatlari bilan gepatit V virusining oqsillaridan farq qiladi. Lekin delta-virus gepatit V virusi bilan doimo birga uchraydi. Virus sfyerik shaklda bo‘lib, o‘lchami 35–37 nm. U tashqi HBs-antigendan tashkil topgan qobiq bilan o‘ralgan. Virus o‘zagida RNK molekulasi va ichki oqsil (D-antigen) bor. Oqsil delta virusning yagona virusmaxsus genomi mahsuli hisoblanadi. Genom bir ipli halqasimon RNK-molekulasidan iborat. Virus gepatosit hujayralarida mustaqil ko‘paya olmaydi, shuning uchun gepatit V virusi “yordamchi” sifatida ishtirok etishi kyerak. Delta-virus surunkali gepatit V bilan zararlangan bemorlarning qonidan topiladi. Hozir HDV gepatitning I, II va III tiplari farqlanadi.

Infeksiya manbai delta-virus bilan kasallangan bemor va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Gepatit D ning epidemiologiyasi gepatit V ga o‘xshash qon va jinsiy yo‘l orqali yuqadi. Onadan bolaga ham o‘tishi mumkin. Odam delta-virusni yuqtirib olganida koinfeksiya yoki supyerinfeksiya yuzaga keladi. Kasallikning yashirin davri 3–4 hafta, bunda harorat 38–390S ga ko‘tariladi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va qorinda og‘riq paydo bo‘ladi. 2–3 kundan so‘ng peshobning rangi to‘qlashadi, najas rangsizlanadi, ko‘z oqi va badan sarg‘ayadi, jigar va taloq kattalashadi. Qonda bilirubin, ALT va AST, protrombin indeks ko‘rsatkichlari oshadi. Kasallik og‘ir kechib, ko‘p hollarda o‘lim bilan tugaydi.

Laboratoriya tashhisi. Aralash infeksiyaga tashhis qo‘yish uchun qonda gepatit V va gepatit D markyerlarini topish zarur (HBs Ag va anti-NVs IgM, anti-ND IgM). Delta-virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aniqlanadi. Anti-delta IgM ni topish muhim diagnostik ahamiyatga ega. Immunologik tekshirishlar bilan bir qatorda biokimyoviy tekshirishlar ham olib boriladi.

Maxsus profilaktikasida gepatit V ga qarshi emlanadi.

Gepatit S virusi

1989 yili AQSh da Coog va Yaponiyada Arimolar o‘z hamkasblari bilan bemor qon zardobidan gepatit S virusini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu virus ko‘pgina xususiyatlariga ko‘ra Flaviviridae oilasiga kiritilgan. Gepatit S virusining o‘lchami 30–80 nm, qobig‘i bor, genomi bir ipli musbat RNK dan iborat fragmentlanmagan 9500-10 000 nukleotit to‘tadi RNK tarkibida 8 gen topilgan. Bulardan 3 gen struktura oqsillarini sintez qiladi S-kapsid oqsili(13kD), qobiq oqsili (21,4 kD.) va membrana oqsili (15 kD). Qolgan genlar strukturaga taaluqli bo‘lmagan oqsillarni sintez qiladi ular asosan virus reproduksiyasini boshqarishda qatnashadi. Virus genomi juda o‘zgaruvchan

Gepatit S boshqa o‘tkir gepatitlar orasida 6–48,5% ni, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5,1% ni tashkil qiladi.

Gepatit S virusi parentyeral yo‘l, yo‘ldosh va jinsiy aloqa orqali yuqadi. Yashirin davri bir necha haftadan 5 oygacha. Kasallikning klinik belgilari gepatit V ga o‘xshash. O‘tkir gepatit S 50% dan ko‘proq hollarda surunkali shaklga o‘tadi, shundan 20% bemorlarda jigar sirrozi rivojlanadi. Bu virus jigarning birlamchi raki paydo bo‘lishida muhim rol o‘naydi.

Gepatit S ga tashhis qo‘yishda kasallikning klinik belgilariga, biokimyoviy tekshirishlarga hamda qon zardobida gepatit S virusiga qarshi antitelolarni IFA va RIA usullarda aniqlashga asoslaniladi. Hozir, kasallikni yashirin davrida qondagi virus RNK sini PSR usuli yordamida 5–6 soat ichida aniqlash mumkin.

Davolashda, asosan, interferon qo‘llaniladi. Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Gepatit E virusi

Gepatit E virusi ko‘pgina xususiyatlari bilan gepatit A virusiga va kalisiviruslarga o‘xshasa-da, ammo bu oilaga kiritilmagan. Virusning o‘lchami 32–34 nm, genom bir ipli musbat RNK dan iborat.

Infeksiya manbai bemor; kasallik suv orqali tarqaladi. HEV ning yuqishi fekal-oral yo‘l bo‘lib, ko‘pincha 15–30 yoshdagi odamlar kasallanadi. Homilador ayollarda og‘ir kechadi. Gepatit E epidemiya shaklida tarqalib, har 7–8 yilda qaytalanib turadi. Markaziy Osiyo davlatlarida gepatit E ko‘proq uchraydi. 1997 yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan gepatit epidemiyasi HBV bilan bog‘liq bo‘lgan, degan ma’lumotlar bor.

Kasallikning yashirin davri 14–50 kun. Gepatit E ning klinik belgilari, asosan, gepatit A ga o‘xshaydi, lekin kasallik asta-sekin rivojlanadi.

Gepatit E epidemiyalari vaqtida bu kasallik bilan og‘rigan homilador ayollar o‘limi 10–40% gacha bo‘lishi mumkin. Kasallikning og‘ir kechishi homilaga keskin salbiy ta’sir qiladi, bunda har ikki boladan biri o‘lik tug‘iladi. Kasallikdan so‘ng kuchli, butun umr davom etadigan immunitet hosil bo‘ladi. Gepatit E ga laboratoriya tashhisi qo‘yish uchun bemorning qon zardobida gepatit E ga qarshi antitelolar aniqlanadi.

Kasallikning boshlang‘ich davrida bemor najasini immunoelektronmikroskopiya bilan tekshirib gepatit E virusini topish mumkin.

Umumiy profilaktikasi gepatit E ga o‘xshash, maxsus profilaktikasi hali ishlab chiqilmagan.

Gepatit viruslari bir nechta turlarga bulinadi: A, V, S, D, E, F, G va boshqalar. Bu viruslar bir-birlari bilan tuzilishi, yuqish yo‘llari, antigenlari va boshka xususiyatlari bo‘yicha farklanadi. Shu farklanishlari asosida har xil oilaga kiradi. Gepatit viruslari asosan jigar gepatosit xujayralarida reproduksiyalanadi.

Gepatit V virusida boshqa gepatit viruslaridan farqli ravishda bir nechta antigenlari mavjud.

Bularga: NVs, NVe, NVs, NVx antigenlari kiradi. Bu virus asosan shpris ninalari orkali, ifloslangan kon preparatlari orkali organizmga konga tushadi. Tarkibida DNK to‘tadi, marakkab tuzilgann.

Gepatit A virusi esa oddiy virus bulib, RNK tutadi, juda mayda virus. Bu virus yuqumli gepatit kasalligini keltirib chikaradi, ogiz orkali yukadi, shuning uchun Enyerovirusla avlodiga kiradi.

Gepatit S virusi RNK tutadi, parentyeral ya’ni ifloslangan shpris ninalari orkali yukadi.

Gepatit E virusi RNK tutadi, ogiz orkali yukadi, 32-34nm kattalikda buladi.

Gepati D virusi RNK tutadi, 36nm kattalikda, ichki oqsili-D-antigen vazifasini bajaradi. Virus genomi juda kichik bo’lgan ligi sababli virusning reproduksiyasi uchun yordami virus kyerak, bu vazifani gepatit V virusi bajaradi. Gepatit D virusi mustaqil ravishda gepatosit xujayralarida replikasiya bulla olmaydi. Shuning uchun bu virus gepatit V bilan birga kelib kasallik patogenezining og‘ir o‘tishiga sababchi bo‘ladi.

Laboratoriya diagnostikasida asosan IFA, BGAR, PSR-kabi Serologik reaksiyalar qo’llaniladi.

“Qopdagi mushuk” o‘yini. “Gepatit V virusiga haraktyeristika va uning laboratoriya tashhisi”.

ISh UChUN ZARUR:

1. Ruchkalar.

2. Jyerebevka uchun qog‘ozlar.

3. O‘yin bayonnomasini olib borish.

4. Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni bajarilish tartibi:

ISh UChUN ZARUR:

- Har xil rangli ruchkalar.

- Jyerebevka uchun qog‘ozlar.

- O‘yin bayonnomasini olib borish.

- Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni bajarilish tartibi:

1. Guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi.

2. Har bir guruhcha alohida stollarga o‘tirib, bittadan oq qog‘oz va bir xil rangli ruchka olishadi.

3. Qog‘ozga sana, guruh nomyeri, o‘yin nomi, shu guruhdagi talabalarning ismi, sharifi yoziladi.

4 .Guruhchadan bitta talaba o‘qituvchi oldidan savollar yozilgan bitta biletni oladi va shu guruh o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi.

5.Har bir guruhcha uchun alohida savollar bir xil murakkablikda tuzilgann bo‘lishi ke- rak.

6. 10 daqiqa vaqt byeriladi.

7. Kichik guruhlar 10 daqiqa davomida o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi va vaqt tugashi bilan 2-3 guruhchalar savollarni almashadilar.

8. Keyingi har bir guruhcha oldingi guruhchalar javobini o‘qib baholashadi va o‘zlari qo‘shimcha yozishadi, bu bosqich ham 10 daqiqa davom etadi.

9. 30 daqiqadan so‘ng qog‘ozlar yig‘ib olinadi. Bu varaqlar 3 xil ruchkada yozilgan javoblar varianti bo‘ladi.

10. Hamma talabalar natijalarni birgalikda tahlil qilishadi. Buning uchun 15 daqiqa vaqt byeriladi.

11. O‘z variantiga to‘g‘ri javob yozgan va boshqa variantlarga qo‘shimcha ravshda javob byergan guruhga yuqori ball byeriladi.

12. Talabalarni baholashda ish o‘yinida olgan ballari hisobga olinadi.

13.Talabalar ish o‘yinlari o‘qituvchida saqlanadi.

Konvyert uchun savollar

1. Gepatit V virusining taksonomik tuzilishi.

2. Struktura tuzilishiga baho byering.

3. Yuqish yo‘llarini ayting.

4. Hayvonlarga nisbatan sezuvchanligi qanday?

1. Virusning reproduksiyasi qanday kechadi?

2. Antigen xususiyatini baholang.

3. Davo va profilaktikasi qanday?

4. Gepatit kasalligida kasalligida qanday Serologik usullardan foydala¬n

1. Gepatit V ni A virusidan dif. diagnostikasi

2. Kasallik patogenezini tushuntiring.

3. Laboratoriya diagnostikasi.

4. Davo va profilaktikasi.

1. Gepatit Sning o‘ziga xos haraktyeristikasi, tuzilishi.

2. Gepatit S patogenezi.

3. Gepatit Sning kultural xususiyatlari qanday?

4. Kasallikga qanday tashhis qo‘yiladi?

«P I N B O R D» usuli

Quyidagi keltirilgan so‘zlardan «Virusli gepatitlar» mavzusiga oid so‘zlarni to‘g‘ri tanlab ko‘rsating:

1. QON


2. BALG‘AM

3. SIYDIK

4. NAJAS

5. FONENDOSKOP

6. MIKROSKOP

7. BIKS


8. KODOSKOP

9. TYERMOSTAT

10. BINT

11. PAXTA

12. KOLBA

13. PROBIRKA

14. ShPRIS

15. PINSET

16. PETLYa

17. SPIRT

18. BUYuM OYNASI

19. BO‘YoQLAR TO‘PLAMI

20. JIGAR

21. ANTIGEN

22. OZIQ MUHIT

23. TOVUQ EMBRIONI

24. XELPYER LIMFOSITLAR

25. OQSIL

26. ALT

27. AST


28. ANTITELO

29. SIRROZ

30. DEZINFEKSIYa

31. HUJAYRA KULTURASI

32. DNK

33. RNK


34. DEYN

35. VIRION

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“Virusli gepatitlar” ni keltirib chiqaruvchi viruslar haraktyeristikasi, klinikasi va laboratoriya tashhisi mavzusi bo‘yicha “Bo‘sh zveno” ish o‘yini.

Ish uchun zarur:

a. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami.

b. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun ajratilgan, guruh ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

c. Sekundomyer.

Ish tartibi:

1. O‘yinni o‘qituvchi va talabalardan biri – hisobchi sifatida o‘tkazadi.

2. Qog‘ozga guruh talabalarining ro‘yxati, sanasi, fakulteti, ish o‘yinining nomi yoziladi.

3. O‘qituvchi talabalarga muntazam savol byeradi.

4. Talaba 5 sekund davomida javob byerishi kyerak.

5. O‘qituvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri so‘zi bilan javobni baholaydi, mabodo noto‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ri javobni byeradi.

6. Talabalar savolning 2 davrasidan (turidan) o‘tadilar.

7. Hisobchi talaba har bir talaba ismi sharifi qarshisiga javobga qarab “ ” yoki “-” qo‘yadi.

8. Savollarni 2 davrasi o‘tib bo‘lgandan so‘ng, o‘yin to‘xtatiladi va 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

9. Qolgan talabalar bilan yangi doira bo‘yicha o‘yin davom etadi. Ularga yangi savollar davrasi taklif etiladi, yana 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

10. Savollar davralari o‘tkazib eng ko‘p savollarga javob byergan kuchli qatnashchi tanlanadi.

11. O‘qituvchi qog‘ozdagi har bir talabaning familiyasi to‘g‘risida “bo‘sh zveno” bo‘lib qaysi savollar doirasidan chiqib ketganligini belgilaydi.

12. O‘yin maksimal 100 ball bilan belgilanadi.

Birinchi ikkita davradan keyin chetlatilgan talabalar – 20 ball oladi.

1. Uchinchi turdan keyin – 40 ball

2. To‘rtinchi turdan keyin – 60 ball

3. Beshinchi turdan keyin – 80 ball

4. Oltinchi turdan keyin – 100 ball

13. Darsning nazariy qismini baholashda talabalarni o‘yinda olgan ballari inobatga olinadi.

14. Jurnalda o‘yin o‘tkazilganligi haqida qayd qilinadi, guruh sardori qo‘l qo‘yadi.

15. Ish bayonnomasi saqlanadi.

“Bo‘sh zveno” ish o‘yini savollari.

1. Gepatit viruslarining qanday turlarini bilasiz?

2. Gepadnoviruslar oilasiga qaysi viruslar kiritilgan?

3. Gepatit viruslarining asosan ko‘pchiligi DNK tutadimi? yoki RNK?

4. Deyn zarrachasi qaysi virusga tegishli?

5. Yuqish yo‘llariga ko‘ra hamma viruslar bir xillikga egami?

6. V gepatit qanday hujayrada ko‘payadi?

7. V gepatit antigenlari.

8. V gepatit tashqi muhitga chidamlimi?

9. V gepatit xayvonlar uchun patogenmi?

10. V gepatit kasalligida kasallik manbai kim?

11. V gepatit yashirin davri qancha davom etadi?

12. V gepatit reproduksiyasi qaysi xujayralarda kechadi?

13. V gepatitdan so‘ng immunitet shakllanadimi?

14. V gepatitning og‘ir yoki engil kechishi nimaga bog‘liq?

15. Laboratoriya tashhisi qaysi usullarda olib boriladi?

16. V gepatit virusida maxsus davo bormi?

17. V gepatit virusida kasallikdan keyin HBS antigenini uzok vaqt davomida aniqlanishi nimadan dalolat byeradi?

18. Gepatosit hujayralarning zararlanishi qanday sababga asoslanadi.

19. Hozirgi kunda qanday vaksinadan foydalaniladi?

20. Vaksinasiya qaysi yoshdan boshlab kullaniladi?

21. Delta virus kim tomonidan va kachon aniqlangan?

22. Delta virus genomi qanday tuzilgann?

23. Gepatit D virusining laboratoriya Tashhisi qanday?

24. Gepatit S qaysi yo‘llar bilan yuqadi?

25. Gepatit E virusi qanday yuqadi?

26. Gepatit E virusining homilador ayollar uchun xavfliligi nimada?

27. Gepatit A qaysi oilaga kiradi?

28. Nega entyeroviruslar turkumiga kiritilgan?

29. Virus qanday ko‘paytiriladi?

30. Gepatit A virusining antigenlarini sanang.

31. Gepatit A morfologiyasiga baho byering.

32. Gepatit A ning yashirin davri qancha davom etadi?

33. Virusning reproduksiyasi qayerda kechadi?

34. Qaysi davri eng xavfli hisoblanadi?

35. Maxsus profilaktikasi bormi?

13.2.1. Tahliliy qism.

VAZIYaTLI MASALALAR

1-vaziyatli masala

Virusli gepatitga gumon tug‘ilganda bemorni qaysi laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish zarur va kasallikni tarqalishini qanday bartaraf etasiz?

2-vaziyatli masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga badanida sariqlik alomatlari bo‘lgan bemor keltirildi. Bemor anamneziga ko‘ra, gepatit kasalligiga chalingan bemorlar bilan yaqin 6 oy mobaynida muloqaat qilmaganligini va parentyeral muolajalar ham olmaganligini ta’kidladi. Sizning taktikangiz?

3-vaziyatli masala



Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bir oy oldin Gepatit V bilan davolangan bemor, yana oldingi kuzatilgan simptomlar bilan qayta yotqizildi. Bemor holati oldingiga nisbatan juda og‘ir, intoksikasiya va sarg‘ayish belgilari kuchaygan. Bemorga tashhis qo‘yish bilan birga yuqoridagi belgilarning kelib chiqish sabablarini tushuntiring.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə