Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/13
tarix29.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#140152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati (1)


REJA:

  1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati

  2. Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi

  3. Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi

  4. Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar

  5. Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan suvlarni tozalash usullari

  6. O`rta Osiyo va O`zbekistonda suv resuslaridan foydalanish

  7. O'zbekiston aholisini suv bilan taminlash muammolari va chora tadbirlari



KIRISH
Ma’lumki, ayrim hollarda suv - oltin, uran, gaz. ko‘mir va boshqa foydali qazilmalar kabi xomashyo hisoblanadi. O‘zbekistonda kechayotgan bozor iqtisodiyoti, suv resurslaridan mukammal foydalanish bilan bog’liq bo’lgan xalq xo'jaligining yetakchi tamioqlarini juda tez rivojlanisliiga suv resurslari sifat va miqdor jihatidan ta’sir etadi. O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan ≪Suv va suvdan foydalanish to'g’isidagi≫ Qonun (1993-yil 6-may)ning 111-moddasi aynan suv resurslaridan mukammal foydalanish masalalasiga bag‘ishlangan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda mamlakatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan. Respublikadn yashayotgan hozirgi va kelajak avlod kishilarini tabiiy — resurslar imkoniyati va atrof-muhitning ma'qul muammolarini saqlash talablarini qondirish maqsadida Ijtimoiy iqtisodiy masalalarni barqaror hal qilishga asos yaratadi.
I.A.Karimov ≪O'zbekiston XXI asr bo\sag‘asida: xavfsi/.likka tahdid. barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari≫ (-Г.: O'zbekiston. 1997) monografiyasida ta'kidlaganidek. mintaqadagi muhim sanalgan tabiiy resurslami boshqarislming mukammal tizimhrini takomillashtirish muammolarini yechish masalalarini ko'zda tutadi.

SUVNING TABIAT VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi.


Mana shu ma'lumotlarning o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib turibdi. Odam organizmi o`z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o`rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o`z to`qimalaridan o`tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bug`i holatida chiqariladi. Organizmdagi ko`proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va hojat bilan chiqariladi, qolgani ter bezlari orqali chiqariladi.
Odam va hayvon organizmi bir qism suvni endogen yo`l bilan o`zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100g. yog`ning parchalanishida 107 ml, 100g. uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg`oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yashayolishi ana shu endogen suvlarning ajralishiga asoslangan. Shuning uchun ham sahrodagi hayvonlar – tuya, yumronqoziq, qumsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashayoladi, avstraliya sichqonlari esa umr bo`yi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi.
Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari hamda kislorodning parchalanishi va ularning to`qimalarga yetkazib berilishi hamda to`qimalarda hosil bo`lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi.
Yerda hayotning asosi yashil o`simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. Bu jarayonda suv asosiy xomashyo vazifasini o`taydi. Fotosintezda quyosh nuri ta'sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidrid bilan birikib, katta ichki energiya zapasiga ega bo`lgan organik birikmalarni hosil qiladi. Shu asnoda tirik mavjudotlar uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.
Suvning yana bir muhim xususiyati, unda issiqlik sig`imining yuqoriligidadir. Suvning issiqlik sig`imi yog`ochnikidan 2 baravar, qumnikidan 5 baravar, temirnikidan 10 baravar va havonikidan 3200 baravar yuqori. Demak, 1 m3 suv 10 ga soviganda 3200 m3 havoni 10 ga ilitadi. O`zining bu xususiyatiga ko`ra suv biosferada, shu jumladan odam organizmida haroratni mo`tadillashtirib turadi. Atmosferadagi suv bug`lari quyosh radiatsiyasini filtrlab, uning haroratini 80% ga yutadi va bu haroratni sutkaning quyoshsiz paytlarida sarflaydi. Shu asosda kun va tunning, yoz va kishning harorati o`rtasidagi farq kamaytiriladi. Bundan tashqari yer yuzidagi suvliklar va ulardan ko`tarilayotgan suv bug`lari yerda iqlim hosil qilishi, mintaqalarning iqlimi orasida o`zaro bog`liqlik bo`lishini ta'minlaydi.
Suvning muhim xususiyatlaridan yana biri unda fotokimyoviy jarayonlarning kechishidir. Bu jarayonlar davomida suvda turli xildagi kimyoviy elementlar hosil bo`ladi. Tabiatda tarqalgan 107 xil kimyoviy elementlarning 62 tasi suvda topilgan. Bu elementlar suvda doimiy harakatda va o`zaro ta'sirda bo`ladi. Shuning uchun ham, aytish mumkin-ki, suv geologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. U qattiq jinslarni parchalaydi va tuproq hosil qiladi, bir joyni yuvib boshqa joyga keltirib tashlaydi va bu bilan relyef hosil qilishda ishtirok etadi. Ma'lumotlarga ko`ra Yer yuzidagi oqar suvlar har yili o`zlari bilan ko`l, dengiz va okeanlarga 10 mlrd. tonna yotqiziqlarni oqizib keladi. Suvning bu xususiyati bo`lmaganida sayyoramiz shunchaki yum-yumaloq toshdan iborat bo`lar, unda na tuproq va na tiriklik bo`lmas edi.
Aytilganlardan tashqari suvning yana bir qator foydali xususiyatlari borki, bular ham kishilik jamiyatining rivojida muhim o`rin tutadi. Dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, arzon elektr quvvati ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish va transport vositalaridan foydalanish, sog`liqni saqlash va shu singari xalq xo`jaligining muhim tarmoqlarini, shuningdek kishilarning kundalik turmushini suvsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə