Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar


Respublikaning suv manbalaridagi suv tozaligi bo`yicha 6 tipga bo`linadi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə8/13
tarix29.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#140152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati (1)

Respublikaning suv manbalaridagi suv tozaligi bo`yicha 6 tipga bo`linadi:
1) toza suvlar – tog` jilg`alarining suvlari (Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Toshkesken, Terakli, Oqsuv va Geledaryo). Bu suvlarda biogen moddalar miqdori kam, minerallashish darajasi past, og`ir metallar va pestitsidlar belgilangan me'yordan oshmaydi;
2) kuchsiz ifloslangan suvlar – tog` oldi hududlarining soylari (Oqtoshsoy, Ugam, Ohangaron, Gavasoy, Omonqo`ton, soylari, Chorvoq va Xisor suv omborlari). Bu suvlarda biogen moddalar va minerallar miqdori oldingi tipdan ko`ra ko`proq;
3) kamroq ifloslangan suvlar – tog` oldi hududlari va tekislikda joylashgan aholi punktlaridan oqib o`tadigan suvlar (Chirchik, Ohangaron, Norin, Qoradaryo, Zarafshon (Samarqand shaxridan yuqori qismi) daryolari, Chimqo`rg`on, Qayroqxum va Tuyamuyin suv omborlari). Bu suvlarda minerallashish, biogen moddalar va boshqa iflosliklarning miqdori belgilangan me'yordan 2-3 baravargacha yuqori;
4) biroz kamroq ifloslangan suvlar - asosan daryolarning quyi oqimlarida uchraydi (Chirchik daryosining Chirchik sanoat majmuidan quyi qismida, Qo`qon daryosining Qo`qon shahridan quyi qismida, Siyob va Shimoliy Bag`dod kollektorlarida). Bu suvlarda pestitsidlar miqdori me'yordan 3-5 marta, minerallashish esa 4-5 martagacha yuqori;
5) ifloslangan suvlar - sho`rlangan tuproqning sizot suvlari to`planadigan zaxkashlar hamda sanoat va turmushdan chiqadigan oqava suvlar qo`shilib ifloslangan suvlardir. Bu suvlar asosan Amudaryo havzasida, Orolbo`yi hududlarida, Buxoro vohasida, kamroq Farg`ona vohsida uchraydi. Bu suvlarda minerallanishish me'yoridagidan 3-5 baravar yuqori bo`lib, ular tarkibida oqava suvlardagi murakkab iflos birikmalar mavjud;
6) o`ta ifloslangan suvlar - aholi zich joylashgan va sanoati rivojlangan shaharlarda va ular atrofida uchraydi. Bu suvlar ayniqsa Toshkent shahridan oqib o`tadigan Solor daryosining shahardan quyi qismida, Chirchiq daryosining Solor bilan qo`shilgandan keyingi qismida ko`p uchraydi. Bu suvlarda og`ir metallar me'yordan 40-50 baravar yukori bo`lib, turli xildagi murakkab birikmalar va zaharli moddalar miqdori ko`p.
Aholi sonining ko`payishi, shaharlarning kengayishi, sanoat ishlab chiqarishining o`sishi va qishloq xo`jaligida zaharli moddalarning tobora ko`p qo`llanishi bilan keyingi yillargacha suvlarning ifloslanishi yuqorilab kelayotgan edi. 1994 yil yer usti suvlarining sifatini yaxshilashda burilish yili bo`ldi. Ana shu yildan boshlab suvlarning ifloslanish darajasi to`xtatildi va ba'zi joylarda hatto kamaytirishga erishildi. Masalan, Amudaryo va Buxoro viloyati hududidagi zaxkashlar suvining ifloslik darajasi bir oz pasaydi. Respublikada sanoatdan chiqadigan oqava suvlarining yillik miqdori 300 mln. m.kub bo`lib, shundan 230 mln. m.kub tozalanmasdan ochiq suv havzalarga tashlanar edi. Sanoat ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishda yopiq tsiklning rivojlantirilishi sanoat oqava suvlari miqdorini kamaytirish imkonini berayapti. 1994 yilda oldingi yilga qaraganda oqava suvlar 69 mln m.kubga kamaydi.
Yer usti suvlarining sifati yaxshilanishi, sugoriladigan dehqonchilikda suvga nisbatan xo`jasizlik oqibatlarining kamaytirilishi natijasida 1994 yildan boshlab yer sug`orishdagi yillik suv xarajatlarining amaldagi me'yori ancha kamaydi. Bu ko`rsatkich 1993 yilda gektariga 13,2 ming m. kubni tashkil qilgan bo`lsa, 1994 yilda 12,6 ming m.kubga tushdi.
O`zbekistonda yer osti suvlarining yillik zahirasi, 19 km. kub bo`lib, shundan har yili o`rtacha 9,5 km. kubi olib ishlatilyapti. Ishlatilayotgan bu suvning asosiy qismida minerallashish 3 mg/l. dan oshmaydi. Bu ko`rsatkich suvning sifati yaxshiligidan dalolat beradi va shuning uchun ham uning uchdan bir qismi (3,43 km.kub) aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga, qolgani texnik maqsadlarga sarflanmoqda. Lekin umuman olganda respublikaning ba'zi hududlarida yer osti suvlarining sifati tobora yomonlashib bormoqda. Keyingi 15-20 yil davomida respublikaning g`arbiy va janubiy-g`arbiy hududlarida, jumladan Qoraqalpog`iston avtomnom respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida yer osti suvlarining minerallashish darajasi bir necha martaga oshib ketdi. Hozirgi paytda respublikaning sharqiy hududida sanoat markazlari atrofida ham ahvol tashvishli bo`lib qolmoqda. Ayniqsa Qo`qon, Farg`ona va Marg`ilon shaharlari yer osti suvlarining sifati juda yomon bo`lib, bu suvlarda azot birikmalari me'yordagidan 10 baravargacha, neft mahsulotlari va fenollar esa 100 baravargacha ko`p. Yer osti suvlari tarkibida nitratlar, fosfatlar, tsianidlar va turli minerallarining ko`payib ketishi Toshkent viloyatidagi Pskem vodozaborini butunlay ishdan chiqardi. Keyingi yillarda Zarafshon shahrida tog`-kon sanoatining rivojlanishi, ulardagi texnologik jarayonlar natijasi o`laroq Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham yer osti suvlarining sifati yomonlashib bormoqda. Hozirgi kunda bu suvlarda molibden, tsianidlar, ammiak va nitratlar miqdori me'yordan 7-30 martagacha oshadi. Bu esa o`z navbatida Zarafshon shahri aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashda uzilish xavfini tug`dirmoqda.
Keyingi yillarda O`zbekistonda aholini markazlashgan tartibda quvurlar orqali ichimlik suvi bilan ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda 1990-1994 yillar davomida 13,5 ming km. suv quvurlari tortildi. 1990 yilda shahar aholisining 81% va qishloq aholisining 52% markazlashgan tartibda ichimlik suvi bilan ta'minlangan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1994 yilda shaharliklar uchun 84% va qishloq ahli uchun 58,9% ni tashkil qildi. Uzunligi 210 km.ni tashkil qilgan Damxo`ja-Buxoro suv quvurining ishga tushirilishi Zarafshon vohasining quyi qismida yashayotgan xalqlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash muammosini birmuncha hal qildi. Yer osti suvlarining foydalanilmay qolayotgan zahirasi mavjudligi kelajakda xalqning toza ichimlik suviga bo`lgan talabini qondirishda muhim o`rin tutadi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə