Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar


SUVNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH. IFLOSLANGAN SUVLARNI TOZALASH USULLARI



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə5/13
tarix29.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#140152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati (1)

SUVNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH. IFLOSLANGAN SUVLARNI TOZALASH USULLARI

Insoniyat oldida turgan ko`pdan-ko`p vazifalar orasida suv resurslarini toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida o`rin tutadi.


Suvning tabiatda aylanib turishi nafaqat suv miqdorining barqarorligini ta'minlaydi, balki uning sifatini ham tiklab turadi. Tekshirishlar ko`rsatishcha, tabiatda aylanish jarayonida atmosfera namligi 8-10 kun davomida to`liq yangilanadi ya'ni shu davr mobaynida u to`liq aylanadi. Bu jarayon daryo suvlarida 12-16 kunni, ko`l suvlarida 200-300 yilni, okean suvlarida esa 3000 yilni o`z ichiga oladi.
Xalq orasidagi «Suv yetti dumalasa halol bo`ladi» degan ibora bejiz aytilmagan. Darhaqiqat oqar suv o`z harakati davomida quyosh radiatsiyasi yordamida suv o`tlari, bakteriyalar va zamburug`lar ishtirokida kechadigan gidrobiokimyoviy jarayonlar natijasida o`z-o`zini ba'zi iflosliklardan tozalaydi. 1 sutkada u yarim tozalanadi, 4 sutka davomida esa to`liq tozalanadi. Lekin unga iflos suvlarning ko`p tashlanishi, tarkibi barqaror zaharlarning aralashishi tozalanish jarayonini susaytiradi va uni hatto to`xtatib qo`yadi. Shuning uchun ham iflos oqava suvlarni ochiq suv havzalariga iloji boricha tashlamaslik, hech bo`lmaganda tashlashdan oldin ularni maxsus inshootlarida tozalash zarur. Suvni toza saqlash va undan oqilona foydalanishning bir necha usuli bor. Bular-texnikaviy usul, gidrologik-geografik usul, suvdan kompleks foydalanish usuli va tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish usuli.
Texnikaviy usul quyidagi ishlardan iborat:
1)suv resurslarining kamayib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun daryo va ko`llarga oqava suvlarning tashlanishini imkon qadar kamaytirish, keyinchalik esa butunlay to`xtatib qo`yish. Bu usul sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlashning yangi texnologiyasiga o`tish, suvdan foydalanishda yopiq tsikl tizimini joriy qilishga asoslangan. Bu vazifa ancha murakkab, lekin amalga oshirishsa bo`ladigan vazifadir. Hozirgi vaqtda AQSH va Germaniyadagi ba'zi sanoat korxonalari, Rossiyadagi Chelyabinskiy metallurgiya zavodi, O`zbekistondagi Olmaliq kimyo zavodi va shunga o`xshash bir qancha sanoat gigiantlarida suvdan foydalanishning yopiq tsikl tizimiga o`tilgan. Bu korxonalarda suvning texnologik jarayonida yo`qotiladigan qismigina toza suv hisobidan to`ldiriladi. Bu miqdor ishlatiladigan suvning 10% idan oshmaydi. qolgani esa tozalashdan o`tkazilib tsiklga qaytariladi;
2)oqava suvlarni tozalash usullarini takomillashtirish asosida tozalash inshootlarning ish unumini oshirish va ularning quvvatini ko`paytirish. Bu usul hozirgi vaqtda ko`pgina joylarda qo`llanilmoqda. Tozalash inshootlarida tozalangan suvlardan xalq xo`jaligining ba'zi sohalarida foydalanish mumkin. Masalan, ular sanitariya ko`rigidan o`tgach, dehqonchilikda yerlarni, bog`-rog`larni sug`orishda yoki a'lo sifatli suv talab qilmaydigan sanoat korxonalarida foydalanish mumkin;
3)toza suvni har tomonlama tejash, ayrim ishlab chiqarish turlarini suvsiz texnologiyaga o`tkazish. Fan va texnikaning rivoji sanoat ishlab chiqarishi texnologiyasini takomillashtirib ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi. Masalan, ilgarilari 1 tonna neftni qayta ishlashga 20-30 m.kub suv sarflangan bo`lsa, 1957 yilda bu miqdor 7,97 m. kubni, 1960 yilda-1,32 m. kubni, 1967 yilda -0,84 m. kubni, 1984 yilda esa 0,12 m. kubni tashkil qildi.
Rivojlangan ba'zi mamlakatlarda suv quvurlarining ikki xil, ya'ni ichimlik suvi uchun va texnik suv uchun alohida o`tkazilgani bu ishda katta natija bermoqda. Parij, Gannovar, Shtutgart va Frankfurt-Mayn shaharlarida ana shunday suv quvurlari mavjud;
4)sanoat korxonalaridagi agregatlarni sovutishda suvni sovuq havo oqimi bilan almashtirishga o`tish. Sanoatda ishlatiladigan suvning 45% igacha faqatgina sovutish maqsadlarida foydalaniladi. Bu ishni havo oqimi yordamida bajarish 70-90% gacha suvni tejash imkonini beradi;

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə