Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-mavzu. Antibiotiklar va mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari. Stomatologiyada antibaktyerial tyerapiya va profilaktika prinsiplari



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə63/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175
5-mavzu. Antibiotiklar va mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari. Stomatologiyada antibaktyerial tyerapiya va profilaktika prinsiplari.

Mashg‘ulotning maqsadlari: Antibiotiklar va ximiotyerapiya haqida tushunchani bilishi, antibiotiklarni kelib chiqishini, biologik vazifalarini, tabiatini o‘rganish. Olish usullarini biologik sintez yo‘l bilan, ximiyaviy sintez yo‘lini va aralash usullarni bilishi kyerak.

Ximiotyerapevtik preparatlar. Antibiotiklar. Mikroorganizmlarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash.

Kimyotyerapevtik preparatlar- yuqumli kasalliklarning etiotrop davolashda qo‘llaniluvchi kimyoviy moddalar bo‘lib, mikroorganizimlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi va makroorganizimlarga nisbatan zararsizdir. Har bir antimikrob preparatlarni qo‘llashda uning fiziologik imitasiya prinsipi tuziladi, ya’niy qo‘zg‘atuvchi uchun maxsus bo‘lgan fiziologik boshqaruv jarayonlariga preparatning ta’sir qilovchi molekulyar konfigurasiyasi, qo‘shilmalari aniqlanadi. Hozirgi kunda bir necha o‘n minglab preparatlar olingan bo‘lib, ular yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi baktyeriyalarning hayot faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Lekin farmakologik xususiyatlari, talablari bo‘yicha bir necha yuz antibiotiklar amaliyotda qo‘llaniladi. Preparatlarning effektivligi, tyerapevtik ta’sir doirasini taminlovchi xususiyatlar yig‘indisi bilan ifodalanadi.Ya’niy, organizmga kiritilganda uning struktura doimiyligini saqlashi yoki aktiv metobalitlar hosil qilishi, to‘qimalarga va biologik suyuqliklarga adsorbsiya va eliminasiya qilinish tezligi, tanlab ta’sir qilishi va mikroorganizmlarni sezgirligi inobatga olinadi.Preparatlarning effektivlik krityeriyasini asosini aktivlik spektori ham tashkil qiladi.

Aktivlik spektori- antimikrob preparatlar baktyeriyalarning faqat vegitativ formasiga ta’sir ko‘rsata oladi, ularning spora va sista formalariga ta’sir etmaydi.Preparatlar o‘zining antibaktyerial biologik aktivligini na’mayon qilishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur:

- mikrob hujayrasiga kira olishi

- ma’lum nishon strukturalar bilan birikishi va uni o‘zgartirishi

- shu bilan bir qatorda o‘zini strukturasini saqlashi yoki metobalitlarga aylanishi.

Xemotyerapevtik preparatlarni tanlashda uning aktivlik spektori va mikroorganizimlarning sezgirlik xususiyati xisobga olinadi.Preparatlar maxsus aktivligi bo‘yicha baktyeriyalarga, zamburug‘larga, sodda jonivorlarga va viruslarga qarshi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ta’sir qilish spektor doirasiga qarab bo‘linadi:

- tor doirada ta’sir qilovchi preparatlar ( ma’lum gruppa mikroorganizmlar uchun aktiv bo‘ladi)

- keng doirada ta’sir qilovchi preparatlar ( katta guruh baktyeriyalar uchun aktiv xisoblanadi).

Xemotyerapevtik preparatlar baktyeriostatik (ko‘payish va o‘sishini to‘xtatishi) yoki baktyeriosid ( ularni o‘ldirishi ) ta’sirga ega bo‘ladi va mikroorganizimlarning turli strukturalariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi

Xemiotyerapevtik preparatlarning baktyerialar hujayrasiga ta’sir etish mexanizmi. 1. Hujayra devoriga (penisillin, sefalosporin,vankomisin). 2. Sitoplazmatik membranaga (polimiksinlar). 3. Folivoy kislatasi siteziga (sulfanilamidlar, trimetoprim).4. RNK sintezini buzuvchi (rifampisin).5. DNK sintezini buzuvchi (ftorxnolinlar). 6. 30 S ribosoma subbirligi ingibitorlari(aminoglikozidlar, tetrosiklin).7. 50 S ribosoma subbirligi ingibitorlari (eritromisin, linkomisin). 8. r -aminobenzoy kislatasi.

Antibiotiklar.Antibiotiklar turli baktyeriya yuqumli kasalliklarini davolashda qo‘llanilayotgan ximiyatyerapevtik vositalar orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Antibiotiklar kelib chiqishi, kimyoviy tuzilishi, baktyeriyaga

qarshi ta’sir mexanizmi va ularga sezgir baktyeriyalar soniga (ta’sir doirasiga) ko‘ra qator gruppalarga bo‘linadi. Tor ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklar (penisillin, sefalosporinlar) bilan bir qatorda keng ta’sir kuchiga ega bo‘lgan antibiotiklar ( aminoglikozidlar, tetrasiklin, levomisetin va boshqalar) ham qo‘llaniladi.

Antimikrob preparatlarni amaliyotda keng (ba’zida noto‘g‘ri) qo‘llanishi, baktyeriyalarning preparatlarga nisbatan chidamli (rezistentli) variantlarini shakillanishiga olib keladi. Hozirgi kunda baktyeriyalarning antimikrob preparatlarga nisbatan rezistentli shtammlarini paydo bo‘lishini ikkita asosiy mexanizmi mavjud: tabiiy va hayot davomida ortirilgan.

Tabiiy rezistentlik tur belgisi xisoblanadi va avlodan avlodga o‘tadi.Bularning hujayralarida, asosan preparatlar uchun nishonlar bo‘lmaydi. yoki preparatlar hujayralarga kira olmaydi.

Hayot davomida baktyeriyalarda shakillangan rezistentlik amaliyotda muhim axamiyatga ega bo‘ladi. Baktyeriyalarni rezistentligi ularning preparatlarni faolsizlantiruvchi fyermentlar ishlab chiqarishiga yoki preparat ta’sir qilovchi metobalitini o‘zgartirishi modifikasiya qilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Ba’zi xollarda baktyeriyalar o‘zining nasliy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan xolda rezistentlik belgilarini na’mayon qiladi. Ko‘pchilik antibaktyerial preparatlar aktiv o‘sayyotgan, bo‘linayotgan baktyerialarga ta’sir qiladi. Ba’zi baktyerialar esa organizimda latent formaga kirib oladi va to‘qimalarda uzoq yillar yashashi mumkin (sil qo‘zg‘atuvchisi). Ba’zi baktyeriyalar esa o‘zining hujayra tarkibidagi antibaktyerial preparatlar ta’sir qilovchi nishon strukturalarini kamaytirishi mumkin.Masalan, penisillin ta’sirida ma’lum baktyeriyalar transformasiyalanish xususiyatiga ega bo‘lib L-formaga o‘tib olishadi ( hujayra devorisiz). Bu esa baktyeriyani penisillinga nisbatan chidamli bo‘lishiga olib keladi.

Baktyeriyalar o‘zlarini genomini o‘zgartirishlari oqibatida ham antibaktyerial preparatlarga nisbatan rezistentlik xususiyatini shakillantirishlari mumkin.Masalan mutasiya natijasida baktyeriya o‘zining preparat ta’sir qilovchi strukturasini, preparat kirovchi porinlarini, preparat bilan bog‘lanuvchi oqsillarini yoki fyermentlarini o‘zgartirishi mumkin (masalan ribosomadagi 30 S cub birlikni, DNK ga talluqli RNK polimyeraza ).

Mikroorganizimlar bundan tashqari rezistentlikni antibaktyerial preparatlarga nisbatan shtammlarini seleksiyalashi oqibatida ham na’mayon qilishlari mumkin. Ba’zi baktyeriyalar populyasiyasida antibaktyerial preparatlarga nisbatan chidamli shtamlari paydo bo‘lishi, kiynchalik bu shtammlar populyasiyada domenant bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shunday usul bilan oltinsimon stafilokokkni metisillinna nisbatan chidamli shtammi hosil bo‘lgan MRSA ( ing. methicillin resistant S.aureus).

Bundan tashqari baktyeriyalarning antibaktyerial preparatlarga nisbatan rezistentlik xususiyatini baktyeriyalarning xromosomasiga talluqli bo‘lmagan irsiy ma’lumotlarni tashib yurovchi plazmidlar ham boshqaradi.Plazmidlar tarkibidagi transpazonlar baktyeriyalarni birqancha preparatlarga nisbatan chidamligini na’mayon qilishi mumkin. Shunday qilib baktyeriyalarning antibaktyerial preparatlarga nisbatan rezistentlik xususiyati ularning xromosomasiga yoki tarkibidagi plazmidlarga (R- plazmid, ang. Resistant, chidamli) bog‘liqdir, bu xususiyatlar kiyingi populyasiyalarga o‘tkaziladi (genetika bo‘limiga qaralsin).

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki amaliyotda antibaktyerial preparatlarga nisbatan rezistentlik xususiyatini na’mayon qilovchi baktyeriyalarning keng tarqalganligi, yuqumli kasalliklarni davolashda ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, bemorni davolash maqsadida avvalam bor ajratib olingan qo‘zg‘atuvchi shu antibiotikka chidamsizmi-yo‘qmi, bilgan holda dorini tanlay bilish zarur.

Hozirgi vaqtda baktyeriyalar antibiotiklarga bo‘lgan sezuvchanligi darajasiga ko‘ra uchta kotigoriyaga bo‘linadi: sezgir, o‘rtacha chidamli va chidamli.

Metodik ko‘rsatmalar

Mikroorganizimlarni antimikrob preparatlarga aniqlash klinik baktyeriologni asosiy vazifalaridan biri xisoblangadi. Ajratib olingan baktyeriyalarning antibaktyerial preparatlarga sezgirlik darajasini bilish, yuqumli kasalliklarni effektiv davolashda antibaktyerial preparatni rasional tanlashda va kasallikni tarqalishi, yuqishini oldini olishda (profilaktikada) ahamiyatlidir. Boshqa tomondan bu tekshiruvlar baktyeriyalarni antibiotiklarga nisbatan (rezistogrammasi) natijalarni olinishi epidemiologik tekshiruvlar uchun muhim markyer bo‘lishi mumkin. Har qanday sharoitda ham baktyeriyalarning antibiotiklarga sezgirliklarini o‘rganishdagi natija miqdoriy ko‘rsatkichda byerilishi kyerak.Ajratib olingan yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisini antibiotiklarga sezgirligi har doim va davolash jarayonida aniqlanib turilishi kyerak. Bu maqsatda bir necha usullar qo‘llaniladi: diskodiffuziya usuli agarda, syeriyali qator suyultirish usuli, E- test va boshqa usullar.

Baktyeriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlashda, qaysi usullarni qo‘llashdan qa’tiy nazar, uning ko‘rsatkichi MIK (minimal ingibisiya konsentrpsiyasi) xisoblanadi, ya’ni xemotyerapevtik preparatlarni minimal konsetrasiyasi, standart sharoitda tekshirilayotgan kulturani o‘sishini to‘xtatib qo‘yuvchi miqdoriga va MBK (minimal baktyeriosid konsentrpsiyasi) preparatlarni minimal konsetrasiyasi, standart sharoitda tekshirilayotgan kulturaga baktyeriosit ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. MIK va MBK kataligini sezgirlik krityeriyasi tyerapevtik indeksi xisoblanadi (TI). TI ni syeriyali suyultirish, diskodiffuziya E –testlar orqali aniqlash mumkin.

Tyerapevtik indeks (TI) T = MIK/K - minimal ingibisiya konsentrasiyasi. K –tyerapevtik dozada qo‘llanilgan antibiotikning kasallik o‘chog‘ida yoki qondagi (mkg/ml) miqdori.Tyeropevtik indeks normada 0.3 dan yuqori bo‘lmasligi kyerak.Indeks ko‘rsatkichi qanchalik kichik bo‘lsa preparatni effektivligi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Baktyeriyalarni antibiotiklarga sezgirligini syeriyali suyultirish usuli bilan aniqlash sxemasi.



Ингредиент-лар

Пробиркалар

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Бакя

контрол


Ан-тик

контрол


Гўштли пептонли бульон объёми мл.

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

Антибиотик ( таркибида 100 мкг/мл сақловчи раствор)

1

















*




1

Серияли суюлтириш


1

1

1

1

1

1

1

1

1

1





Антибиотик концентрацияси мкг/ мл

50

25

12.5

6.2

3.1

1.6

0.8

0.4

0.2

0.1



50

Бактерия cус-пензияси, мл

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1

0.1



Термостатда 18-24 соат мабойнида 37º С инкубация қилинади

Натижалар
















+

+

+

+



Eslatma: *- 1 ml probirkadan olib tashlanadi, hama probirkalarda bir hil miqdorda suyuqlik bo‘lishi uchun. tekshirilayotgan baktyeriya kulturasini o‘sganligi; ─ o‘smasligi; antibiotikning minimal ingibisiya konsentrasiyasi (MIK) 0,8 mkg/ml.

Qon zardobidagi erishilgan miqdori – qo‘llanilgan antibiotikning o‘rtacha tyerapevtik dozasini yuborish orqali erishiladi. Antibiotikning qondagi konsentrasiyasi bemorni tana massasiga, preparat dozasiga, organizmga yuborish yo‘li va sxemasiga xamda preparatning organizmdan chiqib ketish tezligiga bog‘liq.. Hozirgi kunda bu krityeriya preparatni absolyut ko‘rsatkichi xisoblanmaydi, chunki ba’zi to‘qimalarda preparatni konsentrasiyasi, qondagi miqdoridan yuqori bo‘lishi mumkin.

Qator suyultirish usuli bilan antibiotiklarga bo‘lgan baktyeriyalar sezgirligini aniqlash. Bu usul bilan antibiotikning minimal ingibisiya konsentrasiyasi (MIK) va minimal baktyeriosid konsentrasiyasi (MBK) aniqlanishi mumkin. Tekshirishni oziqli muhitlarning turli miqdorida (1-10 ml) o‘tkazish mumkin. Tajribada baktyeriyalarning oziqlanish talabiga qarab suyuq muhitlar ishlatiladi. Probirkalardagi ( ko‘proq o‘nta) suyuq oziqli muhitda preparatni (tetrosiklin) syeriyali suyultiriladi. Preparatni konsentrasiyasi 100 dan 0,1 mkg/ml kamayib boradi (preparatni boshlang‘ich dozasi uning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi). Har bir probirkada muhitni miqdori 1 ml bo‘lishi kyerak. Tajribada kontrol sifatida mikrob kulturasi va antibiotik olinadi, so‘ngra har bir suyultirilgan probirkaga (0,1 ml dan) tarkibida 1 ml da 106 baktyeriya hujayrasi bo‘lgan (S. aureus) baktyeriya suspenziyasi qo‘shiladi.Oxirgi 11 chi probirkaga 1ml bulon va 0,1 ml baktyeriya cycpenziyasi (kulturaning kontroli) 12 probirkaga 1ml bulon va antibiotik quyiladi (jadval ). Ekilgan probirkalar 37°S da keyingi kunga qadar tyermostatda saqlangach, quyqalashib o‘sgan ozuqa muhit kontrol kulturaga - solishtiriladi va tajriba natijasi aniqlanadi.

Ma’lumki tetrasiklinni o‘rtacha tyerapevtik dozasi yuborilganda uning K ko‘rsatkichi 4 mkg/ml teng (maksimal yuborilganda10mkg/ml ). Shundan kelib chiqan holda tetrosiklinni TI = 0 ,8: 4,0 = 0.2 (> 0,3 ), ya’ni o‘rganilgan qo‘zg‘atuvchi tetrosiklinga sezgir ekan. Agar maksimal dozasi bilan davolonsa ( 0.8 : 10 = 0,08) juda yaxshi natija byerishi mumkin (jadval ).Ichak guruxi baktyeriyalarni bu usulda aniqlashda glyukoza va indikator qo‘shilgan bulondan foydalanish ham mumkin. Baktyeriyalar muhitda glyukozani kislota hosil qilib parchalaydi va muhit rN nardon tamonga siljaydi , bu esa indikatorni rangini o‘zgarishiga olib keladi.Oxirgi probirkadagi oziqli muhit tiniq va yaltiroq bo‘ladi, bu esa tekshirilayotgan baktyeriya kulturasi o‘sishini juda kam dozadagi antibiotik to‘xtatganini ko‘rsatadi

Disk diffuziya usuli bo‘yicha baktyeriyaning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash. Tekshirilayotgan baktyeriya kulturasi “gazon” usulida oziqla agarli Petri kosachasiga ekiladi, masalan standartlashtirilgan mikrob (10 KOE/ml) suspenziyasini styeril tampon bilan ho‘llab ekiladi, so‘ngra pinset bilan ma’lum miqdorda antibiotiklar shimdirilgan qog‘oz disklari bir xil oraliqda agar yuzasiga joylashtiriladi (43-rasm). Ekilgan kosachalar 37°S da bir kun davomida tyermostatda saqlanadi. Disk atrofidagi stafilokokk kulturasining o‘sishi to‘xtagan zona diametriga ko‘ra, uning ma’lum antibiotiklarga bo‘lgan sezgirligi belgilanadi.

Oxirgi yillarda Respublikamizda O‘zbekiston- Amyerika qo‘shma (”Feniks Intyerneshnl LTD” “Hei Media”) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va antibiotik shimdiriligan disklar va ularni qo‘yishda ishlatiladigon asboblar keng qo‘llanilmoqda (rasm 43a).

Hozirgi kunda antibiotiklar shimdirilib chiqarilayotgan qog‘oz disklarni baktyeriyalarni o‘sishni to‘xtatish zonasi (sezgir, o‘rtacha chidamli va chidamli) diametri ko‘rsatiladi. Shunga asosan baktyeriyalarni antibiotiklarga sezgirligi maxsus lineykalarda aniqlanib mahsus jadvallar yordamida uning sezgirlik darajasi aniqlanib beriladi.

Antibiotiklarni baktyeriya ekilgan agar yuzasiga qo‘yishda dispensor asbobdan foydalanish mumkin, uning avzaligi shundan iboratki, qo‘yilayotgan atibiotiklar bir xil masofaga va ularning styerilligi to‘liq taminlanadi va vaqtdan yutiladi (rasm 43v).

Bundan tashqari maxsus halqasimon disklar bir antibiotikning har xil konsentrasiyasi bilan shimdirilgan bo‘lsa (rasm 43b), u holda tekshirilayotgan baktyeriya kulturasining qo‘llanilayotgan preparatning MIK yoki MBK dozasi aniqlanadi.

Antibiotiklarni odam organizmidagi qon, siydik va boshqa suyuqliklarda aniqlash. Shtativga ikki qator probirkalar o‘rnatiladi. Birinchi qatorda etalon antibiotiklar suyultiriladi, ikkinchi qatorda esa, tekshirilayotgan suyuqlik. Keyin har bir probirkaga Giss muhitida glyukoza bilan tayyorlangan test-baktyeriya tomiziladi. Tekshirilayotgan suyuqlikda penisillin, tetrasiklin, eritromisin aniqlanayotgan bo‘lsa, test-baktyeriya sifatida Staph. aureus-ning standart shtammi, agar streptomisin. aniqlansa, u holda — E. coli qo‘llaniladi. Ekilgan probirkalar 37°S da 18—20 soat davomida tyermostatga qo‘yiladi. Keyin muhitning quyqalashganligi, hamda test-baktyeriyalar glyukozani parchalashi natijasida indikator ta’siri ostida muhit rangining o‘zgarishiga ko‘ra, tajribadan xulosa chiqarish mumkin. Antibiotik konsentrasiyasi test-baktyeriyalar o‘sishini to‘xtatadigan, tekshiriladigan suyuqlikning eng yuqori konsentrasiyasini xuddi o‘sha test-baktyeriyalar o‘sishini to‘xtatadigan etalon antibiotikning minimal konsentrasiyasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.



  1. Masalan, tekshirilayotgan suyuqlikning test-baktyeriyalar o‘sishini to‘xtata oladigan maksimal konsentrasiyasi 1:1024 ga teng bo‘lib, etalon aitibiotikning test-baktyeriyalar o‘sishini to‘xtata oladigan minimal kopsentrasiyasi esa 0,313 mkg/mg ga teng bo‘lsa, u holda 1 ml tekshirilayotgai suyuqlikdagi antibiotik konsentrasiyasi 1024x0,313 = 320 mkg/ml ni tashkil etadi.

  2. Staph. aureus baktyeriyasining β -laktamaza ishlab chiqarish xususiyatini aniqlash.

  3. Qo‘llanib kelinayotgan ko‘plab usullar ichida eng keng tarqalgan β -laktamaza testi xisoblanib, bu usulda nitrosefin - sefalosporin shimdirilgan disklar qo‘llaniladi, antibiotik gidrolizga uchrasa rangi o‘zgaradi. Petri kosachasidagi oziqli muhitda o‘sgan mikroblar koloniyasi ustiga nitrosefin shimdirilgan disk qo‘yiladi, 10 daqiqadan ( stafilokokk uchun 60 daqiqa) kiyin β -laktamaza ishlab chiqaruvchi baktyeriyalar diskni sariq rangdan jigar rangiga o‘zgartiradi. Musbat riaksiya, tekshirilayotgan kultura β -laktamaza hosil qilish xususiyatga ega deb xulosa chiqarish mumkin va bu kultura, hamma β –laktamazaga sezgir pensillinlarga chidamli xisoblanadi. Lekin, bu usul bilan aniqlangan rezistentlikda kulturani sefalosporinlarga chidamli ekan degan xulosa chiqarmaslik kyerak.

  4. Baktyeriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlashni yangi usullari. Ohirgi yillarda baktyeriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlashda kompyutirlashtirilgan va avtomatlashtirilgan sistemalardan foydalanilmoqda. Ajratib olingan kulturani identifikasiyasi va antibiotiklarga sezgirligini aniqlash kompyutirlashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Bu usullarning avzalligi, asosan baktyeriologiya mutaxassislarini o‘zoq davom etuvchi identifikasiya jaroyonidagi qo‘l ishlaridan ozod qilish va yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yishni ham mutdatini kamaytirishga qaratilgan. Bu usullarning qo‘llanilishini chegaralanishi faqqat ularning qimmatligidir.Ishlab chiqilgan usullarning ichida SNG davlatlarida keng tarqalgan quyidagi ( BaxterScan AutoCAN-4, Cistema Alamar, E- test) usullardir.

  5. Syeriyali suyultirish bilan antibiotiklarga baktyeriyalarni sezgirligini avtomatlashtirilgan (BaxterScan AutoCAN-4) sistemasi orqali aniqlash. Ajratib olingan kultura mikropanellarga tomizilib 24 soat ichida antibiotiklarga sezgirligi aniqlab beriladi. Usulning mohiyati, muhitda o‘sayotgan baktyeriyalarni fotometriya, nefelometriya usullarda ularning o‘sishini aniqlashga, ya’niy mikropanel lunkasida baktyeriyani o‘sishi yoki o‘smasligi ular o‘rtasidagi optik zichlikni farqlanishiga asoslangan. Ohirgi yillarda ko‘plab yangi qurilmalar ishlab chiqilmoqda, masalan VITEK qurilmasida 4-6 soat ichida javob olish mumkin.E- test orqali baktyeriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash. Usulning moxiyati shundan iboratki lentali maxsus qog‘ozga antibiotiklarning kamayib ( 128, 64, 32, 16, 8, 4 mkg/ml) boruvchi dozasi shimdiriladi. Bu usulda ham antibiotik shimdirilgan lentali qog‘ozlar standart agarga “gazon” usulida ekilgan tekshirilayotga kultura yuzasiga qo‘yiladi. Inkubasiya qilingangdan kiyin antibiotik shimdirilgan lentali qag‘oz atofida ellipissimon o‘sishi to‘xtagan zona xosil bo‘ladi, ya’niy uning razmyeri antibiotikni kam dozasi tamonga qarab torayib boradi va o‘sish zonasi boshlangan joydan oldingi ko‘rsatkich, preparatni MIK xisoblanadi

  6. INTYERAKTIV ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa.

  7. NILUFAR GULI.

  8. 1. Muammoni echish vositasi. O‘zida nilufar guli ko‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to‘qqizta katta to‘rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash taxlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi.

  9. 2. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Aloxida kichik guruxlarda chizma tuzadilar: to‘rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g‘oya, vazifa) yozadilar. Uning echish g‘oyalarini esa markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to‘rt burchakka yozadilar.

  10. 3. Markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to‘rt burchaklarga yozilgan g‘oyalarni atrofida joylashgan to‘rt burchaklar markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib uning xar biri o‘z navbvtida yana bir muammodek ko‘rinadi.

  11. 4. Natijalar taqdimoti.





































B










Z










C



















































































Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə