Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə114/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

16-mavzu. Streptokokk tavsifi, streptokokkli infeksiyalarda laborator tashxisot. Saramas, skarlatina va boshq.

Steptokokklar.Streptokokklarni birinchi bo’lib 1874 yili T.Bilrot saramasli (rojistoe) yalliglanishdagi to’qimada va 1879 yili L.Pastyer yiringli kasalliklarda va sepsiss xodisasida to’qimalarda topishdi.1884 yili F,Rozenbax uning sof kulturasini ajratib sinab kurdi.Streptokokklar kup kasaliklarning kuzgatuvchilari xisoblanadi.Ular streptokokkoseya oilasining streptokokkus zotiga kiradi.

Morfologiyasi.Streptokokklar dumalok eki bir oz chuzinchok shakldagi kokklardan iborat bo’lib,diametri 2 - mkm dan kam,bulonda ular katorga tizilib,zanjir xosil kiluvchi mikroblardir.Strepptokokklar spora xosilkilmaydi,ba’zilarida,masalan piogenesda kapsula bor,kupchiligi xivchinsiz.Tinktorial xususiyati - anilin bueklari bilan yaxshi buyaladi.Streptokokklar Gram usulida Gram musbat buladi.Kultural va bioximiyaviy xususiyatlari.Oddiy ovkatlarda streptokokklar sekin usadi,patogen xillari esa butunlay usmasligi mumkin.Streptokokklar 1% glyukoza,5-10%kon,10-12% zardob eki assit suyukligida usadi.Usish uchun kulay tempyeratura 37% S rN 7,6 - 7,8 xisoblanadi.Streptokokklar konli agarda o’sish xarakTeriga karab 3 tipga bulinadi:1)kolloniyalar atrofida tinik gemoliz zonasini xosil kiluvchi-betta gemolitik streptokokklar.2)kolloniyalar atrofida uncha katta bo’lmagan yashil zona xosil kiluvchi alfa-gemolitik streptokokklar:3)nogemolitik (gemolitik bo’lmagan streptokokklar.Toksin xosil qilishi.Gemotoksin konni gemoliz kiladi,bundan tashkari leykosidin,uldiruvchi (letal)toksin va fibrinolizin,sitotoksin,streptolizin,eritrogen ekzotoksinlar xosil qilishi mumkin.Ularda yana tyermostabil endotoksin xam bor.Ular gialuronidaza,ribonukleaza,neyraminidaza,proteinaza,streptokinaza,amilaza,lipaza fyermentlarini patogen shtammlari xosil kiladi.Chidamliligi.Fizikaviy va kimeviy faktorlarga ancha chidamli,yiringda,balgamda bir necha oygacha tirik saklanishi mumkin.70S 1 soatda,3-5% Fenol 15 min.uldiradi.Streptokokklar klassifikasisi.1.Streptococcus pyogenes- gemolitik streptokokk,konli agarda xakikiy betta-gemoliz beruvchi,eruvchan toksinxosil kiluvchi streptokokk,patogenlik darajasi juda zurdir.Laktoza,salisinni fyermentlaydi,sorbit,gliserinni fyermentlamaydi.Mannit,rafinozava inulinni parchalaydi.Angina,saramas,skarlatinada uchraydi.2.Str viridans yashil ranglanuvchi streptokokk.Bu streptokokk konli agarda gemoliz xosil kilmaydi eki bir kadar gemoliz (alfa-gemoliz)xosil kilsada,koloniyasining tagi va atrofi yashil rangli kurinadi.Sabab:streptokokk ta’sirida kon gemoglobinidan metgemoglobin xosil buladi.Bu turi u kadar virulent emas.Soglom odamning ogiz bushligida buladi,tish,milk yiringi,yalligligidan ajratiladi...3.Str.anhaemoliticus mutlok gemoliz xosil kilmaydigan streptokokklardir.Bu streptokokk asosan saprofit xisoblanadi.4.Str.pneumonia koloniyasi shillikli buladi,bu turdagi streptokokklar kapsula xosil kiluvchi,fakultativ anaerob.Turi 84 syerovardan iborat.Odamda 1,P.Sh syerovarlari krupoz zotiljam (pnevmoniya)ni chakiradi.Ular septisimiyani,meningit,otit,endokardit,angina,nafas yullari katarini,rinit,gaymorit,pyeritonitni chakiradi.5.Str.faecalis - bu streptokokk soglom odamning ichagida yashovchi shartli patogen mikrorganizmdir.Korin,paratiflar,ichburug Bakteriyalari,ichak taekchasiga nisbatan antogonist ichakda kup buladi.6.Str (Peptostreptococcus)anaerobius anaerob streptokokklar.Ular bola tugilgan septik kasalliklarni chikaradi.Bu streptokokklar upka gangrenasi,osteolielit,yaralik miozit va boshqalarni kuzgaydi.Streptokokklar kuzgaydigan kasalliklar.Odamlarda Serologik guruxga kiruvchi betta gemolitik streptokokklar kasallik chikaradilar.Streptokokklar Teridagi limfa yullarini yalliglatadi,bunga saramas (roja) deyiladi.Streptokokkli angina skarlatina,revmatizm va endokardit,impetigo (Teridagi yukori kontaginoz infeksiya) kasalligini kuzgovchilaridir.Streptokokk konga utib ogir sepsis beradi,bunday sepsis bola tugilgandan keyin onada kuriladi.Bola tugish natijasida jinsiy organning ichki tarafi shikastlanib,bu organga streptokokk ekzogen yul bilan

kirsa (akushyerning kuli yaxshi yuvilmaganda,tutilgan asboblar sTerillanmagan bulsa)streptokokk jinsiy organdan konga utib sepsis berishi mumkin.Patogenligi.Patogen streptokokklarga shoxli xayvonlar,otlar,chua,it,parand,kuen,ok sichkonlar moyil.Kasallik patogenezi.Streptokokkli infeksiyaning patogenezi ekzotoksin va Bakteriyaning ta’siri bilan aniklanadi.Ksallik rivojlanishida oldindan organizmning sensibilizasiyalanishini katta axamiyatga ega.Endokardit,poliartrit,gaimorit,surunkali tonzilitlar,saramasli yalliglanishlar kabi kasalliklar organizm xolati,uning reaktivligining uzgarishi surunkali utuvchi streptokokkli kasalliklarning asosiy sharoitlari hisoblanadilar. Streptokokklar bugma,chechak,Ko’k yutal,kizamik va boshqa kasalliklarda ikkilamchi infeksiyalarni chakiradilar.

Mikrobiologik tashxisoti. Buning uchun eksudat,kon,siydik,anginada-tomokdagi bezdan olingan maTerial tekshiriladi.MaTerialdan surtma preparat mikroskopda kuriladi.Preparatda zanjir shaklidagi kokklar

topilsa,kasallikni streptokokk kuzgaganligi ma’lum buladi.Toksigenligini aniklash uchun streptokokk konli agarda ustirilib gemoliy berish-byermasligini kuzgatib boriladi.Konli agarda gemoliz xosil bulsa,demak streptokokk gemotoksin xosil kiluvchi.str haemoliticus ekanligi,gemoliz xosil kilmasa Str anhaemoliticus,agar uning kollonilarining atrofi yashil rangli bo’lib kurinsa Str viridans ligi anik buladi.Agar kasalda streptokokkli sepsis gumon kilinsa,uni aniklash uchun kasaldan10 ml kon olib,uni 1% glyukoza eki 10% zardob kushilgan bulonga ekiladi.

Davolash.Antibiotiklardan penisillin streptomisin,eritromisin juda kuchli ta’sir etadi.Ok streptosid,streptofag yaxshi natija beradi.Immunitet.Streptokokkli kasalliklarda organizmda streptokokk saklanib kolishi va depression,nosTeril immunitet paydo bulishi mumkin.U qisqa muddatli,antiinfeksiyasi.

Skarlatina – isitmalash, intoksikasiya, o‘tkir tonzillit va ko‘p mayda toshmalar bilan ta’riflanadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Skarlatina qo‘zg‘atuvchilari - toksigen streptokokklarning A guruhiga mansub, ya’ni ekzotoksin (sin. – Dik toksini, skarlatinali toksin) ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlardir (26-rasm).



26-rasm. Qon surtmasidagi streptokokklar (Gram usulida bo‘yalgan)

Infeksiya manbai - ko‘pincha skarlatina bilan, kam hollarda esa angina bilan og‘rigan bemorlar va streptokokklar toksigen shtammlarini tashuvchilardir (sog‘lom yoki streptokokkli kasalliklardan keyingi rekonvalessentlar). Streptokokklarning asosiy yuqish yo‘li havo-tomchi yo‘li hisoblanadi. Maishiy aloqa yo‘li (bog‘lov ashyolari, kasalning buyumlari va maishiy buyumlar) va oziq- ovqat mahsulotlari orqali kasallanish ikkilamchi ahamiyatga ega. Kirish darvozalari bo‘lib, og‘iz-halqum shilliq qavati yoki jarohat

(kuygan joy) yuzasi, ayrim hollarda o‘pkalar xizmat qiladi. V.D. Sizyerling (1978) ma’lumotlari bo‘yicha, streptokokkli infeksiyaning birinchi o‘chog‘i 97 % hollarda og‘iz-halqumda, 2 % - tyerida va 1 % holatda o‘pkada bo‘ladi.

Patogenezi. Odamlarning A guruh streptokokklari toksigen shtammlari bilan kasallanishi natijasida infeksion jarayonga xos mahalliy va umumiy belgilar rivojlanadi. Bu belgilar makroorganizmning kasallik qo‘zg‘atuvchini antigenlari va hayoti faoliyati davomida ishlab chiqaridan mahsulotlari bilan ta’sirlashishi hisobiga yuzaga keladi. Streptokokklarning qobig‘ida joylashgan lipoteyxoyeva kislotasi ularni limfoid hujayralarga birikishini ta’minlaydi, M-oqsili fagositlar faoliyatni susaytiradi. Mikrob hujayrasining kapsulasi esa makroorganizm biologik suyuqliklaridagi proteolitik fyermentlarga qarshi chidamliligini ta’minlaydi. Mahalliy ta’siri, kirish darvozalari hisoblanadigan to‘qimalarda yallig‘lanish reaksiyasi bilan tavsiflansa, umumiysi esa makroorganizm markaziy nyerv, yurak- tomir va boshqa tizimlarning toksik shikastlanishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Skarlatinali toshma, streptotoksikozning klinik belgisi hisoblanadi. U morfologik, tyeri usti qavatlarining yallig‘lanishi, mayda qon tomirlarning keskin kengayishi va keyinchalik epiteliyning nekrozi bilan tavsiflanadi.

Skarlatinada yashirin davr 1 kundan 12 kungacha (ko‘pincha 1-3 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Bemorda qaltirash, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, yutishda og‘riq paydo bo‘ladi, ishtaha buziladi va bir necha soat ichida tana harorati ko‘tariladi (38-39 0S). Keyinchalik intoksikasiya belgilari (umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i kuchayadi, ishtaha yo‘qoladi, bolalarda ko‘ngil aynish va qayt qilish qo‘shiladi) va o‘tkir tonzillit simptomlari (yutishda tomoqdagi og‘riq, og‘iz-halqum shilliq qavati gipyeremiyasi, jag‘ osti limfa

tugunlarining kattalashishi va og‘riqliligi) kuchayib boradi. Shu bilan bir vaqtda, yumshoq tanglay limfoid hujayralari shishadi. Ular 1-1,5 mm diametrdagi och-qizil rangdagi bo‘rtmachalar ko‘rinishini oladi. Kasallik boshlanganidan 6-12 soat o‘tgach bemor tyerisida ekzantema paydo bo‘ladi. Boshlanishida u bo‘yin, tananing yuqori qismi, oyoqlarning proksimal bo‘limlarida yaqqolroq bo‘lib, burun-lab uchburchagi sohasida kuzatilmaydi. Gipyeremiya fonida toshma ko‘pgina qo‘shilib ketgan nuqtali elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Skarlatinaning doimiy belgisi o‘tkir tonzillit hisoblanadi. Qadimdan “anginasiz skarlatina bo‘lmaydi” degan tushuncha mavjud bo‘lib, unda tonzillit skarlatinada doimiy sindrom ekanligi ta’kidlanadi. Tonzillit og‘iz-halqum va bodomcha bezlarining gipyeremiyasi va shishi bilan ta’riflanadi. Ko‘pgina hollarda tonzillit kataral, kam hollarda yiringli bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechganida bodomcha bezlarning shikastlanishi nekrotik o‘zgarishlar bilan birga kechadi. Bu bemorlarda nekrotik jarayon atrofdagi to‘qimalarga ham tarqaladi. Bunda yumshoq tanglay bilan to‘qimalarning och-qizil gipyeremiyasi kuzatiladi va shuning uchun ham u “lovullab yonuvchi halqum” deb ataladi. Kasallikning 3-4- kunida til uchi fasoddan tozalanadi va til to‘q-qizil rangli, donador ko‘rinishiga ega bo‘ladi (27-rasm). Uning bunday ko‘rinishi 7-10 kun davomida saqlanib qoladi.

27-rasm. Skarlatinadagi qizil til





Asoratlari. Skarlatinaning streptokokkli sepsis, adenoflegmona va mastoidit kabi og‘ir asoratlari etiotrop vosita sifatida benzilpenisillin qo‘llanila boshlangandan so‘ng amaliyotda uchramayapti. Hozirda faqat asoratlardan otit va sinusit uchrab turibdi. Kasallikdan so‘ng poststreptokokkli kasalliklar - infeksion-allyergik (toksik) miokardit va nefritlar ham yuzaga kelishi mumkin.



Skarlatinani ekzantema bilan kechuvchi boshqa kasalliklardan farqlash lozim, bularga qizilcha, soxta silning skarlatinasimon shakli, organizmning dori yoki boshqa yot tabiatli antigenlarga (gaptenlar) qarshi allyergik reaksiyasi kiradi.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə