Ma’ruza. Muskul to’qimasining yoshga oid xususiyatlari


Muskullarning asosiy guruhlari



Yüklə 34,3 Kb.
səhifə2/5
tarix09.10.2023
ölçüsü34,3 Kb.
#126372
1   2   3   4   5
3 Ma\'ruza

Muskullarning asosiy guruhlari
Bosh va bo‘yin muskullari. Bosh muskullari ikki guruhga bo‘linadi:
bosh skeleti gumbazining muskullari va yuz muskullari. Bosh skeleti muskullari oldinda ikkita peshona, orqada esa ikkita ensa muskullaridan tashkil topgan.
Ensa va peshona muskullari tolalarining qisqarishi peshonada gorizontal burmalar paydo bo'lishiga, qoshlarning ko'tarilishiga sabab bo'ladi va ayrim hollarda bosh terisini harkatga keltiradi. Yuz muskullari mimika va chaynov muskullariga bo'linadi. Mimika muskullari qisqargan paytda yuz ifodasini o’zgartirsa, chaynov muskullari ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki jag‘ni harakatga keltiradi.
Bo’yin sohasida bir talay muskullar bor. Bular xilma-xil funksiyalarni ado etadi.
Boshni biror tomonga burganda eng katta m uskul - to‘sh-o‘mrov so’rg ‘ichsimon
muskul bo‘yin terisi ostidan hammadan aniq ko'rinib turadi.
Gavda muskullari. Bular orqa va ko'krak muskullariga bo'linadi. Orqa muskullari o ‘z navbatida yana chuqur va yuza muskullarga boiinadi. Orqaning yuza muskullaridan ko‘pchiligi teri ostida yotadigan yassi va serbar muskullardan iboratdir. Trapetsiyasimon muskul, orqaning eng serbar muskuli, kurakni ko‘taradigan muskul va bir qancha boshqa muskullar shular jumlasiga kiradi.
Orqaning chuqur muskullari uning o‘z muskullaridan, shuningdek qovurg’alarni ko’taruvchi muskullardan iborat. Bundan tashqari, bo’yinda boshni orqaga yoki chap va o'ng tomonga burishda ishtirok etadigan muskullar bor. Bularning hammasi yuza muskullar tagida yotadi.
Ko’krak muskullari. Ko'krak muskullari yuza va chuqur m uskullarga bo'linadi. Yuza muskullarga katta va kichik ko'krak muskullari
bilan oldingi tishsimon muskullar chuqur muskullarga esa qovurg'alararo tashqi va ichki muskullar kiradi. Diafragma yoki ko'krak bilan qorin o'rtasidagi to'siq nafas aktida ishtirok etadi. U gumbazga o'xshab bukilgan yassi muskul bo'lib, ustki
va pastki yuzasi fastsiyalar hamda seroz pardalar bilan qoplangan.
Diafragma bo'yin bo'limi segmentlaridan rivojlanadi va yurak bilan о'pka o'sib, rivojlanib borgan sayin past tushib boradi, u bilan birga esa diafragma nervi ham past tushaveradi. Kichik yoshdagi o'quvchilarda diafragma gumbazi kattalardagiga
qaraganda birmuncha yuqori turadi, chunki bolalarda qovurg'alar ancha
gorizontal holatni egallaydi.

Yüklə 34,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə