Ma’ruza Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 60,56 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü60,56 Kb.
#165398
  1   2
Hujjat


Ma’ruza 2. Psixologiyaning ilmiy - tadqiqot metodlari. Reja:

  1. Psixologiyada muammo, gipoteza, konsepsiya, nazariyalar.

  2. Psixologiyada tadqiqot metodlari tizimi.

  3. Tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi:

  4. Tadqiqot bosqichlari.

Tayanch so‘z va iboralar:
Tadqiqot мetodi haqida tushuncha. Tashkiliy metodlar guruhi. Kuzatish.
Eksperiment. Sotsiometriya. So„rovlar. Empirik metodlar. Suhbat. Anketa. Test metodi. Ma‟lumotlarni qayta ishlash, izohlash
Psixologiya fanida tadqiqot metodlari amal qilinadigan asosiy nazariy prinsiplarga va psixologiya hal qiladigan konkret vazifalarga bog„liqdir.
O„rganilayotgan predmet va hodisalar o„zaro aloqador, bir-birini taqozo etadi, doimo o„zgarishda, rivojlanishda, qarama-qarshi ziddiyatli jarayonlar mavjud deb qarashni tushunish zarurligidan kelib chiqadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida fanning qanchalik qadimiyligiga qaramay qator hal qilinishi zarur muammolar, turli oqimlar va olimlar tomonidan ilgari surilayotgan taxmin va farazlar-gipotezalar mavjuddir. Ba‟zan bir-birini to„ldiradigan,yoki birini ikkinchisi inkor etadigan konsepsiyalar va nazariyalar ham bor. Bu singari turli muammo va qarashlarni to„g„ri anglab etish hozirgi zamon psixologiyasining asosiy prinsiplarini- determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsiplariga suyangan holda ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga bog„liq hal qilinadi.
Hozirgi vaqtda psixologiyada XIX asrda vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizlari qadimgi yunon madaniyati tarixiga borib qadaladigan qator nazariyalar bor. Ularning eng ko„p tarqalganlari quyidagilardir: biogenetik nazariya (V. SHtern), sotsiogenetik nazariya (K. Levin), bixevioristik nazariya (E. Torndayk), psixoanaliz nazariyasi (Z. Freyd) va boshqalardir.
Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog„liq bo„lishi bilan birga hozirgi kun uchun o„ta dolzarb vazifalarni hal qilish bilan ham bog„liq. Bular jumlasiga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muammolari bilan bog„liq psixologik muammolarni ko„rsatish mumkin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko„paytirish, mehnat samaradorligini oshirish, insoninson, inson-texnika, er-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o„z joniga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o„ta muhim bo„lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi va tuzatishlar kiritiladi.
Psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Harqanday psixologik tadqiqot o„z-o„zini tekshirish, boshqalardagi o„zgarish va rivojlanishni tekshirishdan iborat bo„ladi, shuning uchun ham bularni sub‟ektiv va ob‟ektiv tadqiqot metodlari deb aytish mumkin. Ammo, aylanib kelib, hammasi ham psixik jarayon, uning paydo bo„lishi va rivojlanishini tadqiq qilishga xizmat qiladi, buni genetik metod desak bo„ladi.
Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o„rganishning ob‟ektiv metodlaridan foydalanish asosiga qurilishi kerak. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga nisbatan muhim talabi psixik faktlarini genetik (tarixiy) jihatdan o„rganish prinsipiga amal qilishni taqozo etadi. Genetik prinsipning mohiyati shundan iboratki, o„rganilayotgan psixik hodisaga jarayon deb qaraladi va tadqiqotchi uning dialektik rivojlanishining barcha holatlarini tiklashga, ular birbirlarini qay yo„sinda olmoshtira olishlarini ko„rish va tushunib etishga harakat qiladi, o„rganilayotgan psixik faktni uning konkret tarixi jihatidan tasavvur etishga urinadi.
Psixologiyada genetik prinsipdan foydalanish zarurligini P. P. Blonskiy (1884-1941), L. S. Vigotskiy (1896-1934, S.L.Rubinshteyn (1889-1960), A.N.
Leontev (1903-1979) lar o„z asarlarida ta‟kidlaganlar.

  • Tadqiqotlarni amalga oshirishning genetik prinsipi keyingi yillarda, ayniqsa bolalar psixologiyasida bola shaxsini bo„ylama kesimi (prodolno„y razrez) bo„yicha o„rganish metodi deb atalgan usuli keng qo„llanilmoqda. Bu longityud metodi deb ham aytiladi. Longityud (inglizcha Longitude-dolgota) bir holatni uzoq vaqt va muntazam o„rganish metodidir.

  • Psixologiyaning asosiy metodlari. B. G. Ananev psixikani o„rganish metodlarini to„rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni sharxlash yoki interpretatsiya metodlari guruhlariga ajratadi.

  • Birinchi. Tashkiliy guruh o„z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko„p qirrali) deb atalgan turlarini oladi. Qiyoslash turi umumiy psixologiyada, sotsial psixologiyada, meditsina, sport, yuridik psixologiyada keng ko„llaniladi. Longityud metodi bilan bir holatni uzoq vaqt kuzatish, birdaniga bir necha sinaluvchini tekshirish, qiyoslash maqsadida qo„llaniladi. Nemis olimi V. SHtern, fransuz olimi R. Zazzo, rus olimlari N. A. Menchinskaya, A. N. Gvozdev, N. S. Leytis, V. S. Muxina va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuzatish "Ona kundaligi" singari nomda ham atalishi mumkin.

  • Psixologik tadqiqotlar ilmiyligini oshirishda bir necha fanlar hamkorligiga suyanib kompleks metod qo„llaniladi. (Psixologiya, fiziologiya, genetika, falsafa, sotsiologiya, kibernetika, logika va boshqa fanlar hamkorligi). Hozir muxandislik psixologiyasi, psixo-fiziologiya, kosmik psixologiya, tibbiyot psixologiyasidagi ko„pgina kashfiyotlar shu usul bilan ochilmokda.

  • Ikkinchi guruh - empirik metodlarga kuzatish (o„z-o„zini kuzatish), eksperiment (tabiiy va laboratoriya eksperimenti), test, anketa, so„rovlar, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tadqiq qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnomalarni, qujjat, turmush faoliyati voqealarini taqlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini bajaradi.

  • Uchinchi guruq metodlar - natijalarni qayta ishlashga mo„ljallangan bo„lib, ular statistik (miqdoriy) va psixologik (sifat) tahlili turlariga bo„linadi. To„plangan ma‟lumotlarni qayta ishlab chiqishda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:


  1. o„rta arifmetik qiymatni topish uchun qo„llaniladi;

M - yig„indi, V-variatsion miqdor, h- sinaluvchilar soni.

  1. 01 q ; son qatoridagi o„rta kvadrat og„ishini hisoblashda yoki standart og„ishni hisoblashda ishlatiladi. 01 - kvadratlik og„ish, S - dispersiya, h - miqdor.

  2. S q  (V-M)2 -sonlar qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. V ba‟zan «S» dispersiya» deb ham ataladi.

Tadqiqot metodlarining to„rtinchi guruhi - genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligining ildizini aniqlanadi. Uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharxlanadi.
Tadqiqotning birinchi tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun to‘g‘risidagi taxmin va farazlar tahlil qilinadi.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida tajriba o‘tkazish prinsipi, sharoiti, ob’ektiv va sub’ektiv omillar bo‘yicha mulohaza yuritiladi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichida esa olingan natijalarni qayta ishlanadi va bu ham o‘z navbatida to‘rt bosqichga bo‘linadi:

  1. materialni birlamchi tahlil qilish (sharxlash);

  2. tahlil qilingan material bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharxlanadi;

v) ikkilamchi tahlil (barqaror, ustuvor dalillar ajratiladi);
g) ikkilamchi sintez - (psixik qonuniyat, topilgan dalil, omil va tadqiqot
gipotezasini birlashtirib maxsus xulosalar chiqarish).
Tadqiqot natijalarini sharxlashning to‘rtinchi bosqichi - sharxlashda har bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, xossa psixik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Ana shu boskichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi.
Psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari empirik metodlar guruhidir. Empirik (amaliy ) metodlar guruhiga kuzatish, suhbat, test, eksperiment (tajriba), biografiya, sotsiometriya usullari kiradi. Kuzatish metodi tashqi ob’ektiv va sub’yektiv (o‘z-o‘zini) o‘rganishga imkon beradi. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 1) Kuzatish maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) Kuzatish ob’ekti tanlanadi; 3) Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) Tadqiqot vaqti rejalashtiriladi; 5) Kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) Qaysi faoliyat kuzatilishi belgilab olinadi; 7) Kuzatish shakli (yakka, guruhiy, jamoaviy) belgilanadi; 8) Kuzatishni qayd etib borish vositalari (kundalik, kino-video, foto, magnit yozuvi va boshqalar).
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv tizimidagi tashqi ifodasi, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutk faoliyati va boshqalar ham o‘rganiladi.
Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida ma’lumot yig‘ish mumkin. Sport faoliyatini kuzatish orqali odam irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usini, o‘zini idora qila olishini o‘rganish mumkin. Muloqot jarayonini kuzatish orqali xarakter, nutq, his-tuyg‘u xususiyatlarini, introvert yoki ekstravert ekanligini, qiziquvchanligini va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatini, fikrning ob’ektga yo‘naltirilganligini, ta’sirga berilishi yoki berilmasligini, chehrasidagi tashvish va iztirobni, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni o‘rganish mumkin. Bundan tashqari qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi singarilar ham o‘rganiladi.
Psixologiyada o‘zini-o‘zi kuzatish (introspeksiya) usuli ham keng qo‘llaniladi.
Suxbat. Inson psixikasini o„rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob‟ekti va sub‟ekti tanlanadi, MA‟RUZAsi, vaqti, joyi aniqlanadi, yakka, guruhiy va jamoa bilan bog„liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o„zgarishlarni o„rganishdir.
Test. Test-inglizcha so„z bo„lib, sinash, tekshirish demakdir. SHaxsning aqliy o„sishini, qobiliyatini. Irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo„llanadigan qisqa standart masala-topshiriq, misol, masala, jumboqlar, boshqotirmalar ham test deb atalishi mumkin. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‟dodli yoki iste‟ddodli emasligini - aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo„llaniladi. Hozirgi davrdagi mashhur psixologlardan biri
E.I.Rogov o„zining «Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa» kitobida ( Moskva VLADOS nashriyoti, 1999 yil. 1-tomi) «SHaxs tipologik xususiyatlarini aniqlash», «O„qituvchi - o„quvchi munosabatlari darajasini aniqlash», «Pedagogik tajovuzkorlikni (so„zini o„tkaza olishni) baholash» singari test namunalarini bergan.
1905 yilda, ya‟ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o„sishi va iste‟dodi darajalarini o„lchash imkoniyati borligi g„oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodining bir necha xillari qo„llana boshlangan edi. Lekin test metodini qo„llanish bizning mamlakatimizda yaqin vaqtlargacha e‟tibordan chetda qolib ketdi, hatto ta‟qiqlab qo„yilgan edi.
CHet el testologlari tadqiqot ob‟ektlarini o„zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko„nikma va malakalarni aralash holda o„rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatliligiga bog„liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar.
Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Krutetskiy, E.I.Rogov va boshqalar qo„llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tuzilgan. Ular testlar tafakkur ko„rsatkichi (indikatori) bo„lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga ham erishdilar. Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniqlashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari keng qo„llanilmoqda.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel. Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Eng ko„p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari kiradi.
Misol: «Ortiqcha so„zni chiqarib tashlang!»:

  1. Enisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur ( javob - Dnepr)

  2. Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob - Abakan)

V) Futbol, voleybol, basketbol, xokkey, suv polosi (javob - basketbol)
Testlardan etishmagan so„z yoki raqamlarni topib, o„rniga qo„ying singari shakllaridan qobiliyatni, kuzatuvchanlikni, xotirani tekshirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Eng asosiysi testlardan o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda qo‘llanadiganlari bo‘lib, o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bilishlarini aniqlashga qaratilganligidir. Unda savol va 3-4 javob ham beriladi, shulardan javobning eng tugrisini topish talab qilinadi. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin.
Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko„nikmalarning, malakalarning bor yoki yo„qligini aniqlashga yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini va hokazolarni bilishga harakat qilinadi. Testning diagnostik qimmati ilmiy eksperiment darajasiga, test uchun asos qilib olingan psixologik faktning xaqiqiyligiga, ya‟ni mazkur test qay tarzda tuzilganiga-uning oldindan o„tkazilgan juda katta eksperimental ishning natijasi hisoblanadimi yoki taxminiy, tasodifiy va yuzaki kuzatuvlar natijasi ekanligiga ko„p jihatdan bog„liq.
Eksperiment metodi. YAngi psixologik faktlarga ega bo„lishning ob‟ektiv usullaridan biri - eksperiment metodidir. Kuzatishdan farqi, eksperiment o„tkazuvchi sinalayotgan faoiyatga faol aralashuvi, sun‟iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilishda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun‟iy tushunchalarning shakllanishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg„ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o„rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog„lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik-psixologik masalalarni hal qilishda qo„llaniladi. (Sinfda sun‟iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Bu metoddan ishlab chiqarish jamoalari a‟zolarining, ilmiy muassasa xodimlarining, o„qituvchilarning,keksaygan kishilarning psixologik o„zgarishlarini, o„zaro munosabatlar, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliliklari muammolarini hal qilishda ko„proq foydalanish mumkin. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o„rganishda sinaluvchilarning o„zlari bexabar bo„lishi, kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan holatlarda qo„lanilishi mumkin.
Laboratoriya (klinika) metodi ko„pincha individual (goxo guruxiy) shaklda sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asbob-uskunalar, yo„l-yo„riqlar, tavsiyalar, ko„rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson psixikasidagi o„zgarishlarni aniqlaydigan detektorlar, elektron va radio o„lchagichlar, sekundomer, refleksometr, anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma, elektroense-falogramma kabilardan ham foydalaniladi. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitida maxsus psixologik asboblar yordamida o„tkazishlarida va sinaluvchining hattiharakatlari yo„l-yo„riqqa binoan sodir bo„lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilishayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o„ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin.
Ko„pincha laboratoriya sharoitida kishining (uchuvchi, haydovchi, operator singarilarning) kutilmagan, tasodifiy (ekstremal) vaziyatdagi modellari yaratiladi.
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshirish qismlariga bo„linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o„yin, mehnat, o„kish kabi faoliyat turlarida tadqiq qilinadi. Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish shuningdek ularga maqsadga muvofiq muayyan malakani yo„l-yo„riq va usulni o„rgatish rejalashtiriladi. Tekshirish qismida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo„l-yo„riq, malaka va shaxs fazilatlari darajasini, barqarorligini aniqlash, ta‟sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi.
Tekshirish tajribasi orqali tarkib toptiruvchi eksperimentning samarasi o„lchanadi.
Yig„ilgan ma‟lumotlar miqdoriy-statistik usulda qayta ishlanib, turmushga tatbiq qilinadi. Inson psixikasi xususiyatlarini tadqiq qilish orqali muxandis psixologlar eng zamonaviy elektron qurilmalar, robotlar yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
Biografiya (tarjimai hol) metodi Inson psixikasidagi ayrim o„zgarishlarni to„liqroq o„rganish maqsadida qo„llaniladi. Esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o„rganilayotgan shaxsni to„laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma‟lumotlar odamlarning o„zini o„zi tarbiyalash, nazorat qilish, idora etish, o„zining uslubini yaratish, kamolot cho„qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o„taydi.
Anketa metodi. Anketa odatda uch xil tuziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga mo„ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan to„g„ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. (Anketa namunalarini E. /ozievning Psixologiya, (Toshkent,1994 yil) kitobining 28-29 betlarida ko„rish mumkin).
Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a‟zolari o„rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o„rganish va ularning darajasini o„lchashda qo„llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a‟zoning o„zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashishi so„raladi. Olingan ma‟lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi:
«Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, «Kim bilan qo„shni bo„lib yashashni yoqtirasan?», «Partada kim bilan yonma-yon o„tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o„lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan.
Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko„rsatish uchun sotsiogramma to„rtta «Maydon» ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o„g„il bolalar esa uchburchaqlar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaqlar soni familiyalar soniga to„gri keladi. Guruh a‟zolarining o„zaro munosabatlari doira va uchburchaqlar strelkalar bilan biriktirilganda o„z ifodasini topadi. Eng ko„p munosabatlarga ega bo„lgan sinaluvchi doiraning markazidan o„rin oladi. U guruhning eng yoqimtoyi
(«YUlduzi») hisoblanali.
Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatning darajasi va ko„lami aniqlanadi ikkinchidan qizlar va o„g„il bolalar o„rtasidagi ko„rsatkichlar, yosh ko„rsatkichlari xususiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko„rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar ularning o„ziga xosligi psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. SHu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g„oyalar olg„a suriladi, amaliy ko„rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo munosabatni o„lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketmaket javob qaytarish orqali guruh a‟zolarinig o„zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Aynan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej va oliy maktab talabalari, turli muassasalarning xodimlari o„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sabablari o„rganiladi.
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti psixologik tadqiqotlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub‟ektiv omillarni ta‟sirini kamaytirish maqsadida) kompleks dastur asosida boshqa fanlar tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo„sindagi ilmiy tadqiqot ana shu ko„p qirrali (kompleks) yondoshishni talab qiladi. Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, muxandislik psixoogiyasi shuningdek aviatsiya psixologiyasida) tadqiqot ob‟ektiga muntazam yondoshish amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o„rganilayotgan ob‟ekt turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har-xil yondoshiladi.
Masalan: bolada oddiy bilimlarni o„zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo„lsa kompleks yondoshish ta‟sirida ana shu o„zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xussiyatlari yoritiladi,aytaylik, keksayishning biologik omillarini o„rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo„lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi.
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin.
Hozir sotsiometriya usuli ijtimoiy hayotda, sodir bo„layotgan kundalik hayotdagi voqealarga odamlarning munosabatlarini, jamoatchilik fikrini o„rganishda keng qo„llanilmoqda. Odamlarning sodir bo„layotgan voqealarga munosabati, turli extiyojlari, motivlari, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar, muayyan tartib va qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik hamda sof psixologik ildizlari to„g„risida ma‟lumotlar olinadi. SHu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og„machilik, qarama-qarshilik, his tuyg„ularining zo„riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabat motivlari, qarashlar birligi jinslar o„rtasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri mana shu usul bilan ochilishi mumkin.
Psixologik ilmiy tadqiqot metodlari har doim turlicha nomda, turli maqsadlarda qo„llanilishi mumkin. Jumladan, konkret vaziyatni psixologik muhitni tadqiq qilish, shaxs hatti-harakati, faoliyat motivlarni, masalan, o„z hayotini xavf ostida qoldirib bo„lsa ham qahramonlik, tashabbuskorlik ko„rsatishi yoki biror jinoyat sodir etishi motivlarini tadqiq qilish singari maqsadlarda ham foydalanilishi mumkin.
Psixologik tadqiqiqotlarda yuqorida sanab o„tgan usullarimizdan kuzatish, anketa, ekspriment, faoliyat mahsulini tahlil qilish, test, sotsiometriya eng ko„p qo„llaniladigan metodlar hisoblanadi. Bu metodlar o„z oldiga qo„ygan maqsadlariga qarab turlicha, turli vaziyatda, turli vositalarni qo„llab, jumladan turli savollarni o„z oldiga qo„yib o„tkazilishi mumkin.
“Psixologiya tadqiqot metodi” tushunchasi konkret ilmiy psixologik muammoni hal etishning maxsus metodikasi ma‟nosida ham ishlatilishi mumkin.
Ana shu konkret metodikalarda o„z-o„zidan ravshanki metodologik prinsiplar amalga oshiriladi va faqat mazkur muammo uchun emas, balki bilishning boshqa ko„plab muammolari uchun ham umumiy bo„lgan usullari yuzaga chiqadi.
Lekin konkret metodikalarning o„ziga xosligi eng avvalo ular vositasida hal etilayotgan ilmiy vazifaning qanday xarakterda bo„lishi bilan belgilanadi. Hozirgi zamon psixologiyasida qo„llanilib kelayotgan konkret psixologik metodikalar haddan tashqari ko„pdir. Ularning shakllari ham juda turli - tuman bo„lib, psixologiyaning va muammoning muayyan tadqiqot usulini, ya‟ni konkret metodikasini talab qilgan sohasining o„ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
SHu bilan birga konkret psixologik metodikalarning ko„pchiligi uchun xos bo„lgan baa‟zi umumiy belgilarni ham alohida ajratib ko„rsatish mumkin buni normal rivojlangan va aqliy jihatdan zaif bolalarda, rivojlanishdan orqada qolganlarda yoshga taalluqli tafovutlarni o„rganish vazifasi qo„yilgan vaqtlarda ko„rish mumkin.
Qaysi metod qo„llanilishidan qat‟iy nazar barcha tadqiqot to„rt bosqichda olib boriladi:
Birinchi bosqich-tayyorgarlik bosqichi. Unda har xil vositalar yordamida material o„rganiladi, dastlabki ma‟lumotlar to„planadi, (o„quv mashg„ulotlari va mehnat faoliyati chog„ida, turmushga, ataylab uyushtirilgan suhbatlar jarayonida kuzatish, maxsus savollar yozilgan anketalarga olingan javoblar, shaxs haqidagi tavsifnomalar va guvohlarning bergan ko„rsatmalari, shaxs faoliyatining mahsulot namunalari, masalan yozma ishlari, daftarlari, tayyorlagan buyumlari-o„yinchoqlar maket yoki modellar tikkan kiyimlari) qarab chiqiladi. Biografik ma‟lumotlar aniqlanadi anamnez to„planadi, ya‟ni tadqiq qilinayotgan faktning sodir bo„lishiga qadar mavjud shart-sharoitlar tariflanadi va hokazo. Birinchi bosqich yakunida tadqiqotchi o„z taxminining to„g„ri yoki noto„g„rilgi haqida tasavvurga, nima qilish, nimadan boshlash haqidagi gipotezaga ega bo„ladi.
Ikkinchi bosqich - eksprimental (tajriba) bosqichi bo„lib, bunda tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o„z navbatida bu bosqich birin-ketin qo„llaniladigan qator bo„g„inlarga - eksperiment seriyalariga bo„linadi. Masalan, diqqatni o„rganishda qo„llanadigan “Burdon jadvali” bilan qilinadigan tajribani ko„rishimiz mumkin. Xarflar qalashtirib joylashtirilgan varaqdan aytilgan harflarni har minutda nechtadan o„chirish, turli guruhdagilarni o„chirishi va hokazalarni ko„rishimiz mumkin.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi - tadqiqot ma‟lumotlarini sifat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik appartini - dastlab ilgari surilgan gipotezaning tasdig„i tarzida olingan xulosalarning haqqoniyliligi xaqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli xildagi statistik usullarni va ehtimollik nazariyasining asosiy qoidalarini qo„llashning taqozo qiladi.
Tadqiqotning to„rtinchi bosqichi - olingan ma‟lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to„g„ri yoki noto„g„riligini uzil - kesil aniqlashdan, ularni sinab ko„rib, (interpretatsiya bosqichini, aprobatsiya singari nomlar bilan ham ataladi), aniq xulosaga kelish bosqichi.
Kuzatuv faoliyat mahsulini tahlil etish, suhbatlar o„tkazish, anamnestik ma‟lumotlarni aniqlash eksperiment o„tkazish va uning natijalarini matematik yo„l bilan qayta ishlash,xulosalar chiqarish va ularni izohlab berish-bularning xammasi tadqiqot ishining tarkibiga singib ketadi va unda o„z ifodasini topadi.
Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar muayyan tartib va qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy, psixologik hamda sof psixologik ildizlari to„g„risida ma‟lumotlar olinadi.
Muammoli savol: Muxandis–pedagog psixologik tadqiqot metodlaridan qachon va qanday foydalanishi mumkin?

Yüklə 60,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə