Maruza: Sement, sementning maxsus turlari


KENGAYUVCHAN VA KIRISHMAYDIGAN



Yüklə 22,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü22,29 Mb.
#145715
1   2   3   4   5
Maruza Sement, sementning maxsus turlari.

KENGAYUVCHAN VA KIRISHMAYDIGAN
SEMENTLAR.
Kengayuvchan sement ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al2O3·3CaSO4·32H2O
keltirish mumkin. Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy
gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga
chidamli bo‘ladi. Gips giltuproqli kengayuvchan sement yuqori giltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy
gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement suvda kengayadi,
quruq sharoitda esa kirishmaydi. Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker
(shlak)-5-7%, gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni birgalikda maydalab
tuyib olinadi. KPS dan tay
ѐ
rlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan
qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi.


Zo‘riqish hosil
Qiluvchi sement
Zo‘riqish hosil qiluvchi sement-portlandsement 65-75%, giltuproqli
sement 13-20%, gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning
dispersligi 3500 sm2/g kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu sement qotayotgan
paytda katta ichki zo‘riqish hosil qilish hisobiga armaturani
taranglanishiga olib keladi. Bunday sementlarning qotish boshlanishi 30
min keyin va oxiri 4 soatdan kam bo‘ladi. Uning siqilishdagi
mustahkamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa –50 MPa bo‘lishi kerak.
Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil
qilmagani uchun gaz, benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida,
bosim ostida ishlaydigan suv inshootlarda ishlatiladi.


Past haroratda kuydirilgan sement
Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda professor B.I.Nudelman tomonidan ixtiro
qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi. Alinitli sement xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid (SaCl2) tuzi
qo‘shiladi. Xomash
ѐ
tarkibiga SaCl2 qo‘shilishi, sementni pishirish haroratini 1100-12000S gacha
pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi. Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton konstruksiyalar
armaturasini yemirishi mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida sement yoki beton tarkibiga turli
xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar qo‘shish zarur. Sulfomineral sementlar
SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev
yaratgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq
sulfomineral sementlar fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar
aralashtirib tay
ѐ
rlangan hom ashyoni 1200-12500S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni
kuydirishda yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25% ortadi. SAS sementi
asosidagi materiallar atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompozitsion material
qorila
ѐ
tganda suvning sarfi biroz ko‘payadi. SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda
aralashtirib yuqori mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish
qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin.


HAMMAGA RAXMAT!
QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI
ulugberdiyevs@gmail
RAXMAT!
RAXMAT!

Yüklə 22,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə