Maruza: Sement, sementning maxsus turlari



Yüklə 22,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü22,29 Mb.
#145715
1   2   3   4   5
Maruza Sement, sementning maxsus turlari.

BOG‘LOVCHILAR (GSPV)!
Gipssementpussolan bog‘lovchilar (GSPV) gips (50-75%), sement (15- 25%)
va aktiv mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib
olinadi. Bu bog‘lovchida gips boshlang‘ich mustahkamlikni, sement
keyinchalik mustahkamlikni, aktiv mineral qo‘shimchalar esa qotgan
bog‘lovchiga turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘taydi. GSPV 
gidravlik bog‘lovchi
bo‘lib, 
devorbop panellar

sanitariya-texnika kabinalari
, boshqa buyum va
qismlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.


Gidrofob
sement
Gidrofob sement-klinker tuyulayotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, yog‘li
kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi. Bu sement oddiy
sementga nisbatan gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda
aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni
qisman plastifitsirlaydi, harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va
konstruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv
o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar
davomida saqlanishi mumkin.


Oq va rangli portlandsementlar.
Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq asosida olinadi. Ular tarkibida
temir va marganes oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks
holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin. Xomashyo gaz yoqilg‘isida
kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki rangi chiqmaydigan metallardan
tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab kukun holatiga keltiriladi. Oq
sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. Talabga ko‘ra oppoqlik
koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni qaytarish koeffitsenti
yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1-navi 80% dan, 
2-navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak. Rangli sementlar oq sementga
ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir suriki va sh.k.) aralashtirib
olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar, bordyur
toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.


Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar
asosida olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi.
Sement sovuq (22±20S) va issiq (75±30S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi.
Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va
gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy
talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (S2S=0,5) egilishdagi mustahkamlik
chegarasidir.
Tamponaj portlandsement


Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi.
Sement sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al2O3·SiO2 ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli
alyuminat SaO·Al2O3 giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida
SaO·2Al2O3 ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 250S gacha bo‘lganda yuqori
mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut. erishgan
mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi.
Uning qotish boshlanishi 30 min keyin, oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori
va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga
chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani
uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi. Bu sement qimmatbaholigini
hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli
qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.



Yüklə 22,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə