-
ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olish tizimi soddalashadi,
yani foydali
qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi, chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon
ishlarini to‘liqroq mexanizatsiyalashtirishga erishish mumkin bo‘ladi;
-
foydali qazilmani metallurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab chiqarish
unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga kelayotgan mahsulot tarkibidagi qimmatbaho
komponentning miqdori ortishi bilan yonilg‘i, flyuslar, koks,
elektr energiyasi, kimyoviy
reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi, metallurgik pechlar va kimyoviy uskunalarning ishlab
chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaho
komponentning chiqindi tarkibida yo‘qolishi kamayadi;
-
foydali qazilma kompleks ravishda ishlatiladi, chunki
boyitish jarayoni ulardagi
barcha qimmatbaho komponentlarni ajratishga imkon beradi;
-
transport xarajatlari kamayadi, chunki ko‘pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin
joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun hajmi emas, balki faqat boyitma
tashiladi.
Boyitma sifatiga qo‘yiladigan
talablar
Dostları ilə paylaş: