5-rasm
. Oltin tarkibli rudalarni gravitatsiya usulida boyitish sexining uskunalar zanjir
sxemasi:
1-vagon ag‘dargich; 2-dumpkar; 3-konusli maydalagich; 4-plastinkali ta’minlagich; 5- tasmali
konveyer; 6-taqsimlovchi konveyer; 7-yirik maydalangan ruda ombori; 8-tasmali ta’minlagich;
9-tarozili konveyer; 10-bunker; 11-tegirmon; 12-zumpf; 13-nasos; 14-cho‘ktirish mashinasi; 15-
spiralli tasniflagich; 16-tegirmon; 17-quyiltirgich; 18-boyitish stoli; 19-boyitma uchun
quyiltirgich; 20-magnitli separator; 21-gidrosiklon
Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi
Foydali qazilmalar, albatta, qazib olinib, boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya
zavodlariga boyitish, yani, tarkibidagi bizga kerak bo‘ladigan mahsulotni, qimmatbaho
komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak, foydali qazilmalar quyidagi 3 ta asosiy
boyitish jarayonlari ketma-ketligini bosib o‘tadi:
1)
tayyorlash jarayonlari
2)
asosiy (boyitish) jarayonlar
3)
yordamchi jarayonlar
Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin.
Tayyorlash jarayonlarini o‘rganishdan maqsad, minerall zarrachalarining yuza qismini
qoplab turuvchi puch tog‘ jinslaridan ochib berish va dastlabki xomashyoni boyitishga
tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har xil prinsipda ishlaydigan g‘alvirlarda, maydalagichlar va
tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Boyitishning asosiy jarayonlari deganda esa boyitishga tayyor bo‘lgan xomashyo
zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy xossalariga qarab boyitib
ajratib olish tushuniladi.
Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan
va qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning samaradorligini va sifatini oshiruvchi
jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish, sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish,
suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: