Masalasi Reja



Yüklə 25,09 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,09 Kb.
#157963
  1   2   3
2-mavzu V



2-mavzu: Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha, ularning


psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi


Reja:

1. Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha.


2. Verbal va noverbal muloqotning psixologik mexanizmlari.


3. Verbal va noverbal muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi.




Insonning sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz uning o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal signallar bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suhbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan darak berganligini taʼkidlar ekanmiz, aslida bu holat uning aytgan so‘zlari va tana harakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi. Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish, uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni rivojlantirish lozim bo‘ladi.
KOD – asosiy muloqot modelining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Kod xabar emas, lekin xabarni tashuvchi belgilardir. Asosiy muloqot kodining 3 xil turi mavjud:

1. Til (verbal kod). Og‘zaki yoki yozma so‘zlar fikrlar va tuyg‘ularni ifodalash


uchun ishlatiladi.




2. Paratil (vokal – tovushga oid kod). Ovoz tembri, ohang, shovqin, urg‘u. Bular noverbal muloqot vositalariga ham mansub hisoblanadi.

3. Noverbal signallar (vizual kod). Yuz harakatlari, ko‘z aloqasi, imo-ishoralar,


ko‘rinish, ofisning hajmi va joylashuvi, uchrashuvlarga yetib borish vaqti.


J.S.Philpopp (1983) olib borgan 23 ta tadqiqot natijasiga ko‘ra, verbal kod (til) ma’lumot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi axborotning 31 foizini, vokal (ovoz) va vizual kod (imo-ishora)lar esa 69 foizini taskil etadi.




Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.

MULOQOT TURLARI – Ta’kidlab otish lozimki, odamlarning amaliy


faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:


1. «Niqoblar aloqasi» – suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot. Bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.




2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar halal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.

3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundiriladi.




4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni (xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.

5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.


6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.




7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.

VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning


eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.





Yüklə 25,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə