Mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi vakili ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi


-rasm. Erkak agamaning siydik tanosil sistemasi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə3/5
tarix16.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#105887
1   2   3   4   5
4-labaratoriya

56-rasm. Erkak agamaning siydik tanosil sistemasi:
1-buyragi; 2-siydik pufagi; 3-urug’don; 4-urug’don ortig’i; 5-urug’ yоli; 6-siydik-tanosil teshigi; 7-otalantiruvchi xaltacha; 8-kloaka bоshlig’i; 9-tоg’ri ichak.
57-rasm. Urg’ochi agamaning siydik-tanosil sistemasi:
1-buyragi; 2-siydik pufagi; 3-siydik teshigi; 4-tuxumdon; 5-tuxum yоli; 6-tuxum yоli voronkasi; 7-jinsiy teshik; 8-kloaka bоshlig’i; 9-tоg’ri ichak.

Erkak agamaning jinsiy organlari. Oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug’donlar (56-rasm, 1) umurtqa pog’onasi bel bоlimining ikki tomonida joylashgan. Urug’donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qоshilib, urug’don ortig’i (56-rasm, 4) ni h’osil qiladi. Urug’don ortig’i davom etib, urug’ yоli (56-rasm, 5) ga aylanadi. Urug’ yоllari kloakaga ochilish oldidan siydik yоllariga qоshiladi va umumiy teshik orqali kloaka bоshlig’iga ochiladi (56-rasm, 6). Urug’ ortig’i tana buyrak-mezonefros oldingi qismining qoldig’i h’isoblansa, urug’ yоllari esa shu tana buyrak chiqarish yоllari-volfov gomologdir. Kloakaning ënbosh devorlarida kopulyativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qоzg’aganda kopulyativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bоrtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulyativ organlar faqat kaltakesaklar bilan ilonlarga xos.


Topshiriq


Оrganish uchun tanlangan kaltakesakni ërishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bоlimlarga bоlinishi, teri qoplag’ichi va kоzning tashqi tuzilishi h’amda burun, quloq teshiklarining joylashishiga etibor bering. Kaltakesakni ërib ichki organlarining joylashishi bilan tanishib bоlgach, ayrim organlarning tuzilishini birin-ketin kоzdan kechiring va keyin quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Kaltakesakning tashqi kоrinishi.
2. ichki organlarining umumiy joylashishi.
3. Siydik-tanosil sistemasi organlarining tuzilishi.
4. Qon aylanish sistemasining sxemasi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə