Mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi vakili ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/5
tarix16.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#105887
1   2   3   4   5
4-labaratoriya

Kaltakesak ërish
1. Kaltakesakni, ichiga mum quyilgan vannachaga qornini yuqoriga qilib (chalqanchasiga) ëtqizilgandan sоng oëqlarini nina (bulavka) bilan vanna tubiga qadang.
2. Kloaka teshigidan to engak ostigacha terisini qaychi bilan bоyiga kesib chiqing.
3. Oldingi va orqa oëqlariga yaqin joyda, terini kоndalang kesib, h’osil bоlgan teri parchalarini vanna tubiga qadang.
4. Teri qay tartibda kesilgan bоlsa, qorinning muskul devorini h’am xuddi shu tariqa bоyiga va kоndalangiga kesing (kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).
5. Qorinning muskul devorini bоyicha kesish vaqtida chanoq va elka kamarlarini h’am kesib, ikkiga ajrating.
6. Kesilgan muskul parchalarini h’am teri singari vanna tubiga bulavka bilan qadang.
7. Kaltakesakning ichki organlari umumiy tuzilishi bilan tanishining va ayni bir vaqtda uning ichki bоshliq devorini qoplab ëtgan qora, pigmentlashgan qorin pardasiga etibor bering.
8. İchak ostidagi organlarni kоrish uchun ichakni sekin-asta kaltakesak ën tomoniga surib qоying (bu ishni bajarishda ichakni kesib yubormaslikka va ichakni ushlab turgan ichak tutgichning uzilib ketmasligiga h’arakat qiling).
9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xaltacha devorini pintset bilan ushlab, qaychida kesiladi.
Endi malum tartibda navbatma-navbat h’ar bir ichki organning tuzilishi bilan tanishib chiqing.


Kaltakesak ichki organlarining joylanishi.

Qon aylanish sistemasi. Yurak kоkrak kafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesakning yuragi h’am uch kamerali. Unda ikkita, chap va оng yurak bоlmasi (54-rasm, 1, 2) h’amda bitta yurak qorinchasi (54-rasm, 3) bor. Biroq quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq qiladi: yurak qorinchasi chala tоsiq bilan ikkiga: оng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bоlingan. Arterial konus reduktsiyalangan, venoz sinusi esa оng yurak bоlmasiga qоshilgan. Yurak bоlmasining ichki yuzasi tоrlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bоlmasining tоsig’i bilan ikkiga bоlingan. Yurak qorinchasining оng (venoz) bоlimidan оpka arteriyasi (54-rasm, 4) bilan chap aorta ëyi (54-rasm, 7) chiqadi, chap (arterial) bоlimida esa оng aorta ëyi (54-rasm, 6) boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga оrnashgan chala tоsiq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi оng va chap bоlmalarini bir-biridan batamom ajratib qоyadi.


Arterial sistemasi baqaning arterial sistemasidan umumiy arterial stvolining uchta mustaqil tomirga: оpka arteriyasi (54-rasm, 4) h’amda chap va оng aorta ëylariga (54-rasm, 6, 7) bоlinishi bilan farq qiladi. Har qaysi aorta ëyi qizilоngach atrofida, biri оng tomondan, ikkinchisi chap tomondan orqaga qayriladi. Ular umurtqa pog’onasining ostida bir-biriga qоshilib, toq orqa aortasini (54-rasm, 8) h’osil qiladi. Оng aorta ëyidan chiqqan umumiy stvoldan ikkita uyqu arteriyasi (54-rasm, 11) boshlanadi, ular avvaliga chap va оng aorta ëylariga parallel h’olda borib, keyin boshga chin uyqu arteriyasi chiqib, uyqu yоli (54-rasm, 12) orqali оz tomonidagi aorta ëyiga qоshiladi. Оng aorta ëyining pastkidan oldingi oëqlarga qon olib boruvchi juft оmrov osti arteriyasi (54-rasm, 13) chiqadi, bu arteriyani kоrish uchun aortaning оng ëyini eh’tiëtlab, uni qoplab turgan tоqimalardan ajratish lozum. Yuqorida nomlari aytib оtilgan qon tomirlari endigina оldirilgan kaltakesakda aniq-kоrinadi. Suvda va quruqlikda yashovchilarga qarama-qarshi оlaroq, sudralib yuruvchilarda uyqu h’amda оmrov osti arteriyalari faqat aortaning оng ëyidan chiqadi, shuning uchun h’am bosh va oldingi oëqlar deyarli kislorodga tоyingan qon bilan taminlanadi. Orqa aortadan dum tomonga yоnaladi va ichki organlarga talaygina katta arteriyalar h’amda gavda devoriga kоpdan-kоp mayda arteriyalar chiqadi. Keyin orqa oëqlarga boradigan bir juft yоg’on ënbosh arteriyasi (54-rasm, 9) boshlanib, u toq dum arteriyasi (54-rasm, 10) ga aylanadi.

54-rasm. Agamaning qon aylanish sistemasi:


A-arterial va B-venoz sistemalari (oq rangli qon tomirlar deyarli arterial qon, punktir bilan aralash qon va qora rangda venoz qonlar kоrsatilgan).
1-оng yurak bоlmasi; 2-chap yurak bоlmasi; 3-yurak qorinchasi; 4-оpka arteriyasi; 5-оpka venasi; 6-aortaning оng ëyi; 7-aortaning chap ëyi; 8-orqa aorta; 9-ënbosh arteriya; 10-dum arteriyasi; 11-uyqu arteriyasi; 12-uyqu yоli; 13-оmrov osti arteriyasi; 14-bоyinturuq (a-ichki, b-tashqi) venalar; 15-оmrov osti venasi; 16-oldingi kavak vena (a-оng, b-chap) ;17-venoz qоltig’i; 18-buyrak qopqo venasi; 19-dum venasi; 20-ënbosh vena; 21-qorin venasi; 22-jigar qopqa venasi; 23-buyrak venasi (keyingi venasi); 26-оpka; 27-buyrak; 28-jigar; 29-ichak; 30oshqozon; 31-orqa oëq venasi.

Venoz sistemasi. Boshdagi venoz qon juft bоyinturuq venoz (54-rasm, B-14) lariga yig’iladi. Sоngra oldingi oëqlardan venoz qonni olib keluvchi оmrov venalariga (54-rasm, B-15) qоshilib, bir juft oldingi kovok venasini (54-rasm, B-16, a,b) h’osil qiladi. Oldingi kovak venalar esa оng yurak bоlmasiga qоshilib venoz sinusiga (54-rasm, B-17) quyiladi. Tananing orqa qismidan venoz qon yurakka ikki yоl bilan quyiladi. Orqa oëqlarida qon olib keluvchi venalar bir juft kalta buyrak qopqa venasini (54-rasm, B-18) h’osil qiladi. Bularning biriga dum venasi (54-rasm, B-19) qоshiladi. Buni venoz qon tomirlarini inektsiya qilgandagina kоrish mumkin. Tananing orqa qismidan kelgan qon оzora qоrilib jigarga qon olib boruvchi toq qorin venasini (54-rasm, B-21) h’osil qiluvchi chanoq ëki ënbosh venalari (54-rasm, 31) orqali oqadi. Qorin venasi jigarda kapillyarlarga bоlinib ketadi. Bundan tashqari, jigarga ichak va ichki organlardan chiqadigan bir qancha vena qon tomirlari qоshilib toq jigar qopqa venasini h’osil (54-rasm, 22) qiladi.


Buyrak qopqa venasidan qon bir juft buyrak venalariga (54-rasm, 23) yig’iladi-da sоngra bu buyrak venalari qоshilib yоg’on orqa kovak venasini (54-rasm, 24) h’osil qiladi. Orqa kovak vena jigar orqali оtib (bu erda shoxchalarga bоlinmaydi) venoz sinusiga quyiladi. Jigar qopqa venasidan qon qisqa jigar venasiga (54-rasm, 25) yig’iladi va u jigarning oldingi qirrasiga yaqin erda orqa kovak venasiga quyiladi.
Nafas olish organi. Kaltakesaklarning nafas yоli tashqi burun teshigidan boshlanadi. Sоngra h’avo ichki burun teshigi-xoana orqali og’iz bоshlig’iga kiradi. Og’iz bоshlig’idan keyin uchta tog’aydan tashkil topgan h’iqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog’langan. Og’iz bоshlig’idagi h’avo h’iqildoq orqali uzun nafas olish nayi traxeyaga (55-rasm, 4) оtadi, traxeyadagi talaygina tog’ay h’alqalar uning puchayishiga yоl qоymaydi. Traxeya oldin tomoq, sоngra kоkrak bоshlig’idan оtib, taxmingan yurak atrofida ikkita qisqa nay-bronxga bоlinadi. Bu nayning h’ar qaysisi оziga tegishli оpkada tarmoqlanadi.

55-rasm. Urg’ochi agama ichki organlarining joylashashi:


1-оng yurak bоlmasi; 2-chap yurak bоlmasi; 3-yurak qorinchig’i; 4-traxeya; 5-оpka; 6-qizilоngach; 7-oshqozon; 8-оn ikki armoqli ichak; 9-ingichka ichak; 10-yоg’on ichak; 11-ichakning boshlang’ich kоr оsimtasi; 12-tоg’ri ichak; 13-kloaka bоshlig’i; 14-oshqozon osti bezi; 15-taloq; 16-jigar; 17-оt pufagi; 18-оt yоli; 19-tuxumdon; 20-tuxum yоli; 21-buyrak; 22-siydik pufagi.

Оpka (55-rasm, 5) va nafas olish yоllarining birmuncha kuchli differentsiyalanganligi bilan kaltakesaklarning bu organi suvda va quruqlikda yashovchilarning nafas organlaridan farq qiladi. Оpka qopcha shaklida bоlib, uning ichki devori asalari uyasiga оxshash mayda-mayda murakkab tоsiqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek, kоkrak qafasining kengayish va torayishi bilan sodir bоladi.


Ovqat h’azm qilish organi. Og’iz bоshlig’ining tubiga gоshtdor, yassa, uchi ingichklashgan va ikkiga bоlingan til birikkan. U juda h’arakatchan bоlib, ancha chоzilib tashqariga chiqa oladi va qоshimcha tuyg’u organi vazifasini bajaradi. Og’iz bоshlig’i va h’iqildoqdan keyin qizilоngach boshlanadi. Gоshtroq, chоziluvchan qizilоngach (55-rasm, 6) tomoqdan keyin traxeyaning ustidan оtib, qorin bоshlig’ining oldingi qismida oshqozon (55-rasm, 7) ga qоshiladi. Oshqozondan keyin unga parallel h’olda оn ikki barmoqli ichak, undan (55-rasm, 8) ingichka ichak (55-rasm, 9) boshlanadi. İngichka ichak bir qancha bukilish h’osil qilib, sоng yоg’on ichak (55-rasm, 10) ka aylanadi. Murtak h’oldagi kоrichak (55-rasm, 11) ingichka ichak bilan yоg’on ichak chegarasidan оrin olgan. Yоg’on ichakning keyingi qismida esa tоg’ri ichak (55-rasm, 12) joylashgan.
Tоg’ri ichak kloak (55-rasm, 13) bоshlig’iga ochiladi.
Oshqozon osti bezi (55-rasm, 14) оn ikki barmoqli ichak qovuzlog’iga оrnashgan bоlib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga оxshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq (55-rasm, 15) bor. Qorin bоshlig’ining oldingi qismini katta, kоp pallali jigar (55-rasm, 16) egallagan. Uning ichki tomonida оt pufagi (55-rasm, 17) joylashgan. Undan chiqadigan оt yоli (55-rasm, 18) оn ikki barmoqli ichakning boshlangich quyiladi. Оt yоlini aniq kоrish uchun оt pufagini pintsent bilan siqing, shunda uning ichagi yashil оt suyuqligi quyiladi.
Ayirish organi. Bir juft tanacha shaklidagi metanefrik buyrak (55-rasm, 21) chanoq bоlimining orqa devoriga taqalib turadi. Bu buyraklarning h’ar qaysisidan bittadan siydik yоli (55-rasm) chiqadi. Orqa dorzal tomondan siydik yоli qorin0ventral tomondan esa yupqa devorli siydik pufagi (56-57-rasm, 2) kloakaga ochiladi. Kloaka (55-rasm, 13) ning tashqi teshigi kоndalang ëriq shaklida.
Urg’ochi agamaning urchish organlari. Yuzasi tashqi tomondan g’adir-budur, notоg’ri shaklli oval tanacha kоrinishidagi ikkita tuxumdon (55-rasm, 19, 57-rasm, 4) umurtqa pog’onasi bel bоlimining ikki ënboshida joylashgan. Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yоllari (57-rasm, 5) ning bir uchi gavda bоshlig’ining oldingi (57-rasm, 6), ikkinchi uchi kloakaning keyingi bоlimiga mustaqil teshik (57-rasm, 7) bilan ochiladi. Tuxumdonning pastki qismi kоpchilik h’ollarda kengayib bachadonni h’osil qiladi. Urg’ochilarda volfov kanallari reduktsiyalangan. Etilgan tuxumlar gavda bоshlig’iga bu erdan tuxum yоlining voronkasi orqali tuxum yоliga tushadi.




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə