Matematik induksiya metodini qo'llashga oid misollar yechish reja: Matematik induksiya metodini qo'llashga oid misollar yechish Matematik induksiya metodi haqida ma’lumotlar



Yüklə 25,76 Kb.
səhifə2/2
tarix11.10.2023
ölçüsü25,76 Kb.
#127116
1   2
MATEMATIK INDUKSIYA METODINI QO\'LLASHGA OID MISOLLAR YECHISH

III.Xulosa.
Har bir fanni egallash undagi turli-tuman faktlarni,asosiy qonuniyatlarni bilib olish bilan birga shu fandagi tadqiq qilish metodlarini o’zlashtirishni ham taqozo qiladi. Matematika fanida ham u o’rganadigan ob’yektlarni, qonuniyatlarni ochuvchi qator metodlar yaratilgan. Ularning ba’zilari muayyan masalalar uchun mahsus yaratilgan bo’lsa, ayrimlari umummatematik ahamiyatga egadir. Shulardan biri matematik induksiya metodi b’olib, u matematikaning asoslaridan biri hisoblanadi. Matematik induksiya uslubi ko’plab qiziq matematik masalalarda o’z yechimini topgan. Matematik induksiya metodi biror-bir tasdiqni hosil qilish usuli emas,balki berilgan ya’ni tayyor tasdiqni isbotlash usulidir. Ko’pchilik matematik tasdiqlar cheksiz sondagi hususiy hollardan iborat bo’ladi. Bunday hususiy hollarning barchasini tekshirib ko’rishning iloji yo’q. Masalan, biror matematik tasdiqning bajarilishi barcha natural n uchun to’g’riligini isbotlash talab qilingan bo’lsin. Buni isbotlash uchun oldin uning n = 1 uchun to’g’riligini tekshirib ko’rish kerak. So’ngra bu tasdiq biror natural k uchun to’g’ri deb faraz qilinib, uning k +1uchun to’g’riligi kelib chiqsa, u holda bu tasdiqning istalgan n uchun to’g’riligi isbotlangan hisoblanadi.Yuqoridagilarning barchasi matematik induksiya prinspiga asosan qurilgan. Yig’indilarni hisoblashda, ayniyatlarni,
tengsizliklarni isbotlashda va hatto hayotimizdagi qiziq hodisalar-
ning o’z yechimini topishda ham matematik induksiya metodining ahamiyati kattadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Algebra va matematik analiz asoslari” A.Abduhamidov, H.A.Nasimov I qism, Toshkent-2001.
2. “Elementar matematika masalalari” S.I.Gelfond Toshkent-
1970.
3.“Matematikadan qo’llanma” T.A.Azlarov II qism, Toshkent-
1990.
4. “Matematik induksiya uslubi va uning tadbiqlari” O.Xaitov
Toshkent-2002.
5. “Matematik analiz asoslari” IIqism, G.M.Fixtengols Toshkent-1970.
6. “Matematik induksiya metodi” I.S.Sominskiy Toshkent-1968.
7. “Метод математической индукции” N.Ya.Vilenkin, S.I.Shvartsburd,A.G.Mardkovich M.1975.
8.”Yosh matematik qomusiy lug’ati” Toshkent-1989.
Yüklə 25,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə