Matematika o’qitishda induksiya, deduksiya


Matematika ta’limida deduktiv xulosalarni tatbiq etish, ta’limning deduktiv metodi deb ataladi



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə2/4
tarix01.06.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#115035
1   2   3   4
1d

Matematika ta’limida deduktiv xulosalarni tatbiq etish, ta’limning deduktiv metodi deb ataladi.



Ta’lim jarayoni bosqichlari (va tushuncha shakllanishining psixologik bosqichi)

Mazkur tushunchani ifodalovchi aniq misollar

1-Qadam
Mazkur tushunchani o‘rganish maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish haqidagi amaliy misollarni izlash (idrok etish)

1) yengil mashina velosipeddan ko‘ra tezroq harakatlanishi mumkin, u holda velosiped sekinroq harakatlanadi. Nima uchun? 1 soatda men 5km yo’l bosaman. Avtomobilda esa 80 km yo’l bosaman. Nima uchun?

2- Qadam
Maskur tushunchaning turli muhim va muhim bo’lmagan bellgilarini ajratish. (o’qtuvchilar) Maskur tushuncha va motivini belgilovchi atamani kiritish (o’qtuvchi) (idrok etishdan tasavvurga o’tish.)

Masalani o’qiymiz: Velosipedchi 3soat yo’l bosib, shu vaqtda 36 km masofani bosib o’tdi. U har bir soatda bir xil masofani bosib o’tdi. Velosipetchi har bir soatda necha km masofani bosib o`tdi

  1. Velosipedni turi muhimmi?(muhim bo’lmagan belgi)

  2. Masofa haqida nima deyilgan?(har bir soatda bir xil masofa bosib o’tgan, umumiy 36km –muhim belgi)

  3. Qancha vaqtda ushbu masofa bosib o’tildi? (3-soatda muhim belgi)

4)Velosipedchi tomonidan 1- soatda bosib o`tilgan masofani masalani yechib topamiz va tezlikni aniqlaymiz unga ko’ra nima tezroq-u, nima sekinroq harakatlanishini aytishimiz mumkun.

3- Qadam
Muxim belgilarnin tanlash va aniq tushunchani ifodalash (Tasavurdan tushunchaga o’tish)

Masalani yechimini xulosasi: biz 1 soatda velosipedchi tomonidan bosib o’tgan masofani topamiz. Bu tezlik deb ataladi. Demak tezlik -1, soatda bosib otgan masofa ekan.

4- Qadam
Aniq misollar yordamida tushuncha modeli illyustrachiyasini keltiramiz (tushunchanishakilantirish)

  1. Misolni yechamiz:

a) 10 minutda poezd 1000 mtrni bosib o’tdi. Har bir minutda u bir Xil masofani bosib o’tgan. Har bir minutda poezd necha metrni bosib o’tgan?
b)Quydagi ifodani qanday tushuntirish mumkinligini aytib bering:
1) Samolyotning tezligi 810km/soat
2)Teploxod 34km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda
3) Piyodaning tezligi 5 km soat
4) Kosmik kema 7900 m/sekund tezlik bilan uchmoqda.
2) Biz to’gri aytyapmizmi?
a) Poyez 1 soatda 90km ni bosib o’tdi, demak tezlik 90 km soatga teng.
b) Samoliyot 2 soatda 720km masofani uchib o’tib, demak tezlik 720km/ soat.

5- Qadam
Maskur tushunchani aniqlashning boshqa imkoniyatlari (o’qtuvchilarga o’zlarining ifodalarini aytishga ruxsat beriladi)
(Tushunchani o’zlashtirish va topish usulini aniqlashtirish)

Ifodalash variyatlarning imkoniyatlari: «Tezlik- 1soat yoki 1-minutda bosib o’tgan yo’l»
«Biz 1 soatda bosib o’tgan masofamiz tezlik deb ataladi» va boshqalar
Masalani yechganimizdan so’ng: “agar piyoda 3 soatda 12 km masofani bosib o’tgan bo’lsa, u qanday tezlik bilan harakatlangan?”, “Tezlikni topish uchun masofani vaqtga bo’lish lozim” deyilgan qoidani ifodaladik.
3) Yuqoridagilarga asoslanib ikkta masala tuzing va uni yeching (Turli harakatlanuvchi vositalarni o’tgach harakat tezligi darslikda berilgan.)




Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə