Materyalshunoslik mustaqil 1


Sifatning virtual sxemasi



Yüklə 97,14 Kb.
səhifə2/3
tarix30.04.2023
ölçüsü97,14 Kb.
#107809
1   2   3
mustaqil 1

Sifatning virtual sxemasi

Bu sxemani chuqur o‘rganib vatahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:- Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir;- Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bog‘liqdir;- Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo‘lgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab beradi;- Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo‘lgan va faoliyat ko‘rsatayotgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi va o‘tkazib kelmoqda. SHuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish sertifikatlashtirish) o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi.

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixi

XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo‘llardan o‘tganligini ko‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. YUqoridagilarning hammasi to‘la ma’noda zamonaviy axborotli o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.

O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. Asrlar o‘ta bizga etib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan,qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.


Yüklə 97,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə