“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190
saparniyozova 0

ko‘tariluvchi gradastiya
(klimaks) va 
pasayuvchi 
gradastiya
(antiklimaks); ifoda usuliga ko‘ra: 
mantiqiy

emotsional
va 
miqdoriy
gradastiya
; ifoda materialiga ko‘ra: 
leksik gradasiya
va 
sintaktik gradastiya

Men nadomatlarni unutganman. Men meros 
dovlamayman. Men molparast ham emasman. 
Lekin qani mening yetti ma’dandan eritib quyilgan
darvozam? 
Jahonning bir mo‘‘jizasi? 
Oltin, temir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush 
darvozam? 
Bibixonim darvozasi? 
Yo‘qolgan darvoza... 
O‘g‘irlangan darvoza... 
Tanga qilib maydalangan darvoza...
(I.G‘afurov)
166
Keltirilgan misolda dastlab shaxsiy sifatlar bosqichma – bosqich 
kuchaytirib tasvirlanyapti. Keyin, darvoza bilan bog‘liq sifatlar 
tasvirida pasayuvchi gradatsiyani kuzatish mumkin: mo‘jizaviy 
darvoza – oltin darvoza – temir darvoza – qurch darvoza. Ortidan 
darvozaning kimga taalluqli ekanligi aytiladi va yana ko‘tariluvchi 
gradatsiyadan foydalanib darvozaning g‘oyib bo‘lish sababi oshkor 
qilinadi: darvoza yo‘qolgan – (aslida) o‘g‘irlangan – (va) tanga qilib 
maydalangan. Ibrohim G‘afurovdan gradatsiyaga yana bir go‘zal 
166
Иброҳим Ғафуров
. Илтижо. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. 


misolni keltiramiz. Unda hislarning junbushi ko‘tariluvchi va 
pasayuvchi gradatsiya orqali o‘ta ta’sirchan holda ifodalangan.
Beatriche yotmagan Usmonning to‘shagida, 
Zarema yotmagan Usmonning to‘shagida, 
Nasima yotmagan Usmonning to‘shagida, 
Hurlar yotmagan Usmonning to‘shagida, 
Parilar yotmagan Usmonning to‘shagida. 
Faqat Usmon yotgan Usmonning to‘shagida. 
Qamoqning to‘shagi. 
Millionlab begunohlar yotgan bunday to‘shaklarda. 
Ular ko‘z yoshlardan ko‘l bo‘lib ketgan, 
Ular unsiz nolalardan cho‘l bo‘lib ketgan, 
Ular armonlardan yo‘l bo‘lib ketgan... 
Dunyo yotar shu to‘shakda. 
She’r yotadi shu to‘shakda. Parlari qofiya. Somoni vazn.
Usmon Nosirning to‘shagi –
Xayollarin kemasi. 
–To‘shagimni asrang, og‘a, –dedi u eng so‘ng
damda. –
Oltin bulutlar uxlagan unda. Armonli baytlar
tunagan unda. 
Lek to‘shakni asramadilar. Farosat yetmadi 
odamlarda
. (I.G‘afurov) 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə