alliteratsiya, ritorik so‘roq kabilar»
164
Bu uslubiy vositalar mavzuga
aloqador
bo‘lgan
deyarli
barcha
adabiyotlarda
uchraydi.
Umumlashtiradigan bo‘lsak quyidagi holat yuzaga chiqadi: 1.Sintaktik
parallelizm. 2.Emotsional gap. 3.Ritorik so‘roq gap. 4.Inversiya.
5.Ellipsis. 6.Gradatsiya. 7.Antiteza. 8.Farqlash. 9.O‘xshatish.
Sintaktik parallelizm.
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil
shakllangan gaplar ko‘p qo‘llaniladi.
Tilshunoslikda bunday
qurilmalar parallelizm atamasi ostida o‘rganiladi. Parallelizm
(yunoncha,
parallelos-yonma-yon boruvchi
)
yonma-yon gaplar,
sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. Masalan:
Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi. Molxona
taraf quloq tutadi. Ovoz qayerdan kelyapti – bilolmaydi
(T.Murod).
«Parallel birliklarning asosiy
vazifasi fikrga izoh berish va, eng
muhimi, unga tinglovchini to‘la ishontira olishdan iborat. Ular til
uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo‘lib, poetik nutqda
ko‘p qo‘llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik
hisoblanadi».
165
Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini
boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga
va fikrning batafsil -
atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog‘liq ma’lumotlar
fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan:
Qo‘shchi
kalondimog‘ – kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor – kibor quloch otdi.
Kerma qosh – kerma qosh boqdi
.(T.Murod)
Bu misolda
qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda
ifodalangan, ya’ni,
qadam bosmoq – quloch otmoq – boqmoq
.
Quyidagi misolda esa bir harakat bilan bog‘liq ma’lumotlar fondi
parallel gaplarda kengayib boradi:
Tom bosh – adog‘ilab qadamladi.
Vazmin – vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi.
Yoki:
Qo‘shchi qo‘llari ketida tag‘in qadam oldi. Mag‘ribga boqib
qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi
.(T.Murod)
Dostları ilə paylaş: