“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   190
saparniyozova 0

qo‘l 
yuvishimiz
kerak bo‘ladi. 
Bu iboraning noyib to‘ra nutqida 
qo‘l 
yuvmoq
tarzida qisqarishi nafaqat shakl ixchamligi uchun, balki ma’no 
siljishi uchun ham xizmat qilgan. Noyib to‘raning «voqealar shu taxlit 
davom etsa, oz vaqt ichida biz qishloqni tashlab chiqishimizga to‘g‘ri 
keladi» demoqchi ekanligi mazkur ibora orqali ta’kidlangan. Bundan 
ko‘rish mumkinki, ayni iboraning qisqargan varianti «tashlab 
chiqmoq», «ajralmoq», «qochib qolmoq» kabi yangi ma’no qirralari 
bilan matn badiiyatini boyitgan. 
Badiiy asarda qo‘llanilgan iboralarni o‘rganishda bir asar 
doirasidagi frazemalar miqdorini (fondini) aniqlash va xarakterli 
xususiyatlariga qarab tasniflash, ularni struktural-semantik jihatdan 
tavsiflash hamda matndagi vazifasini tekshirish lingvopoetik tahlil 
talablaridan hisoblanadi. Ana shunday tahlilda yozuvchining 
imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklaridan foydalanish 
mahorati ham namoyon bo‘ladi.
Maqol - matal va hikmatli so‘zlar 
 
Maqollar
– grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, 
kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham 
ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida qo‘llanadigan hikmatli xalq 
iboralaridir.
161
Maqollarda fikrni lo‘nda va tiniq ifodalash 
imkoniyatining mavjudligi nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda juda 
qo‘l keladi. Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini 
ta’minlashda ham maqollarga murojaat qilinadi. Qahramonlar nutqini 
boyitish, 
emotsional-ekspressivlikka 
erishish 
maqsadida 
ham 
maqollardan keng foydalaniladi. 
Yaxshining so‘zi – qaymoq, 
Yomonning so‘zi – to‘qmoq. Eshikli bo‘lding – beshikli bo‘lding. 
Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin. Sulaymon o‘ldi devlar qutildi. 
Hamal keldi – amal keldi
kabi obrazli va yaxlit barqaror birikmalar 
maqol hisoblanadi. «
Matallar
–tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini 
ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z 
ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan, qisqa, ixcham xalq 
iboralaridir». Masalan: 
Go‘sht suyaksiz bo‘lmas, sholi – kurmaksiz. 
Gumon iymondan ayirir. Gul tikonsiz bo‘lmas
kabilar matal 
hisoblanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə