yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor,
ishlatishga qulay va
quyma fikrlardir. Nutqqa tayyor holda olib kirish imkoniyatiga ega
bo‘lgan bunday so‘zlar
aforizmlar
ham deyiladi.
Tilshunoslikda
maqol-matal va hikmatli so‘zlar «
paremalar
» deb ham yuritiladi.
Hatto tilshunoslar Hamdam Berdiyorov va Razzoq Rasulovlar
tomonidan maxsus lug‘at – «O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati»
ham tuzilgan. Bundan tashqari
maqollar hamda aforizmlarga
bag‘ishlangan ko‘plab lug‘atlar mavjud.
162
Badiiy asarni lisoniy
jihatdan tahlil qilishda bunday lug‘atlardan unumli foydalanish zarur.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Ma’nodosh so‘z va iboralarning badiiy matndagi o‘rni haqida
ma’lumot bering.
2.Shakldosh so‘z va iboralarning badiiy matnda qo‘llanishi
haqida ma’lumot bering.
3.Paronamaziya deganda nimani tushunasiz?
4.Zid ma’noli so‘z va iboralar matnda qanday vazifa bajaradi?
5.Ko‘p ma’noli so‘z va iboralarning estetik funksiya bajarishi
haqida ma’lumot bering.
6.Eskirgan so‘z va iboralar deb nimaga aytiladi?
7.Yangi so‘zlar badiiy matnda qanday vazifa bajaradi?
8.Sheva so‘zlarining estetik vazifasi haqida ma’lumot bering.
9.Chet va haqorat so‘zlari nima maqsadda badiiy matnga olib
kiriladi?
10.Barqaror birikmalar deb nimaga aytiladi?
BADIIY MATNNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Badiiy matnning lisoniy xususiyatlari
tahlil qilinganda
morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar haqida fikr
yuritish talab qilinadi. Morfologik birliklarning
estetik vazifasi
deganda - «maxsus so‘z formalari vositasida, shuningdek ma’lum bir
grammatik ma’no va funksiyaga ega bo‘lgan so‘z formasini maxsus
qo‘llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushuniladi».
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan so‘zlarda
aniq ko‘rinib turadi. Badiiy matn lisoniy
jihatdan tekshirilganda
dastavval ana shunday ma’no qirralariga ega bo‘lgan birliklarni
ajratish
va qaysi turkumga xosligi, kimning nutqida,
nima maqsad
162
Ўзбек халқ мақоллари. –Т.: Шарқ, 2003;
Dostları ilə paylaş: