Masalan:
Noningni
yo‘qotsang yo‘qot, nomingni yo‘qotma
!
(O‘.Hoshimov) Bu misolda bir-biriga aloqasi bo‘lmagan
ikkita
tushuncha - non va nom zidlantirilyapti. Nega? Yozuvchi nima
uchun
bu ikki tushunchani qarama-qarshi qo‘ymoqda? Aslida non –
hayotning, tiriklikning ajralmas bo‘lagi. Bir parcha non topib yeyish
uchun odamzod mehnat qiladi, ter to‘kadi. Ammo hayotda o‘sha bir
parcha nonni topaman deb o‘z nomiga, sha’niga dog‘ tushirayotganlar
ham uchrab turadi. Non zarur, lekin nom undan ham muhim ekanligi
mazkur misolda ta’kidlanmoqda. Haqiqatan ham nonini yo‘qotgan uni
qaytib topishi mumkin, lekin o‘z nomiga, sha’niga dog‘ tushirsa-chi?
Uni qaytib tiklab bo‘lmaydi. Bu misoldagi «non»ni «hayot uchun
kerak bo‘lgan hamma narsa, mol-dunyo» ma’nosida ham tushunish
mumkin. Yoki:
Nodonlar davrasida kar bo‘l. Donolar davrasida
soqov bo‘l...
(O‘.Hoshimov) Bu misolda antitezaning ifoda materiali
sifatida
nodon – dono, kar – soqov
birliklari keltirilgan.
Bolalikda
dunyo kengu kiyim tor. Keksayganda kiyim kengu dunyo
tor
...(O‘.Hoshimov) Zidlanishni yuzaga keltirayotgan birliklar (bolalik
–
keksalik, keng – tor, keng dunyo – tor dunyo, tor kiyim – keng
kiyim) xiazmatik konstruksiya shaklida kelib kontrastlikni yanada
bo‘rttirib ifodalashga xizmat qilgan.
Adabiyot
ilmida
Dostları ilə paylaş: