“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


 Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
saparniyozova 0

 

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.Badiiy matnning morfologik xususiyatlari deganda nimani 
tushunasiz?
2. Ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlarning estetik vazifasi 
deganda nimani tushunasiz? 
3. Antorponimlarning uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot 
bering.
 
4.Morfologik parallelizm deb nimaga aytiladi? 
5.Qo‘shimchalardagi sinonimiya, omonimiya va antonimiyadan 
badiiy matnda nima maqsadda foydalaniladi? 
 
 
BADIIY MATNNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI 
Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan 
keng foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo‘lish shakllarini 
teran tadqiq qilgan tilshunos Adham Abdullayev «sintaktik gradatsiya, 
sintaktik sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi, antiteza, 
monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq» kabi uslubiy 
figuralar «fikrning o‘ta ta’sirchan ifodalanishi»ga xizmat qilishini 
ta’kidlaydi. «Badiiy tekstning lingvistik tahlili» kitobi mualliflari 
sintaktik figuralarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari mavjudligini 
bayon qilishadi: «anafora, epifora, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, 
163
Қосимова М.
Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари. -Андижон, 2008
.


alliteratsiya, ritorik so‘roq kabilar»
164
Bu uslubiy vositalar mavzuga 
aloqador 
bo‘lgan 
deyarli 
barcha 
adabiyotlarda 
uchraydi. 
Umumlashtiradigan bo‘lsak quyidagi holat yuzaga chiqadi: 1.Sintaktik 
parallelizm. 2.Emotsional gap. 3.Ritorik so‘roq gap. 4.Inversiya. 
5.Ellipsis. 6.Gradatsiya. 7.Antiteza. 8.Farqlash. 9.O‘xshatish.
Sintaktik parallelizm.
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil 
shakllangan gaplar ko‘p qo‘llaniladi. Tilshunoslikda bunday 
qurilmalar parallelizm atamasi ostida o‘rganiladi. Parallelizm 
(yunoncha, 
parallelos-yonma-yon boruvchi
) yonma-yon gaplar
sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. Masalan: 
Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi. Molxona 
taraf quloq tutadi. Ovoz qayerdan kelyapti – bilolmaydi
(T.Murod). 
«Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish va, eng 
muhimi, unga tinglovchini to‘la ishontira olishdan iborat. Ular til 
uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo‘lib, poetik nutqda 
ko‘p qo‘llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik 
hisoblanadi».
165
Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini 
boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrning batafsil - 
atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog‘liq ma’lumotlar 
fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan: 
Qo‘shchi 
kalondimog‘ – kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor – kibor quloch otdi. 
Kerma qosh – kerma qosh boqdi
.(T.Murod) Bu misolda 
qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda 
ifodalangan, ya’ni, 
qadam bosmoq – quloch otmoq – boqmoq

Quyidagi misolda esa bir harakat bilan bog‘liq ma’lumotlar fondi 
parallel gaplarda kengayib boradi: 
Tom bosh – adog‘ilab qadamladi. 
Vazmin – vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi. 
Yoki:
Qo‘shchi qo‘llari ketida tag‘in qadam oldi. Mag‘ribga boqib 
qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi
.(T.Murod)

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə