“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190
saparniyozova 0

Emotsional gaplar
. So‘zlovchining o‘ta xursandlik yoki o‘ta 
xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga 
emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar 
hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy 
bo‘yoqdor so‘zlar (chehra, o‘ktam, tabassum / turq, qo‘pol, tirjaymoq 
kabi) mavjud bo‘ladi. O‘sha so‘zlar orqali qahramon ruhiyatida 
kechayotgan sevinish, qo‘rquv, g‘azab kabi psixologik jarayonlarni 
164
Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж.
Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили. -Т., 1990, 34-б. 
165
Шукуров Р.
Синтактик параллелизмнинг услубий вазифалари // ЎТА, 2004, №2, 73-б.


hamda 
yozuvchining 
tasvir 
obyektiga 
nisbatan 
subyektiv 
munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki 
salbiy bo‘yoqdor so‘z va iboralar, his-tuyg‘u ifodalovchi undovlar (oh, 
voy sho‘rim, eh attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi 
undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga 
xizmat qiladi: 
Qanday yoqimli tong! To‘yib–to‘yib nafas olasan! 
Buncha fusunkor bo‘lmasa bahor! Qishlog‘imiz naqadar go‘zal–a!
(Gazetadan). 
Sarvarov to‘ng‘illadi: –Ikkinchi chiqishimda ushlashi 
kerak edi. Birinchi chiqishimdayoq ushlab o‘tiribdi bu miyasi aynigan
 
chol (S.Ahmad). – Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda 
qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz 
bo‘lishingga hali o‘n to‘rt protsent bor. Bahorda karillab hech kimga 
so‘z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday shama qilding-a!
(A.Qahhor) 
Evoh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! – dedi 
Gulsumbibi birdan. Sho‘rlik qizga qiyin bo‘libdi hammadan
(Oybek).

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə