“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   190
saparniyozova 0

Ritorik so‘roq
gap
lar ham badiiy matnning emotsional-
ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq 
va inkor mazmuniga ega bo‘lgan, tinglovchidan javob talab 
qilmaydigan gaplar ritorik so‘roq gap deyiladi. Ko‘pincha ritorik 
so‘roq gaplar tarkibida 
nahotki

axir
kabi ta’kidni kuchaytiruvchi 
so‘zlar keladi. Ular nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi va tasdiqning 
kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap 
shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, 
shubha va gumonsirashini, g‘azab va nafratini ifodalashda juda qo‘l 
keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng 
qo‘llaniladi. Ardoqli shoir Abdulla Oripovning «Olamonga» deb 
atalgan quyidagi she’ri ritorik so‘roqning go‘zal namunasi bo‘la oladi: 
Mashrab osilganda qayoqda eding? 
 
Cho‘lpon otilganda qayoqda eding? 
 
 
 
Surishtirganmiding Qodiriyni yo 
 
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo? 
 
 
Hukmlar o‘qilur sening nomingdan, 
 
Tarixlar to‘qilur sening nomingdan. 
 
 
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? 


 
Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? 
 
 
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, 
 
Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen – olomon?! 
Inversiya
deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi yoki gap 
bo‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi 
hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy 
matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning 
tilini individuallashtirishda mazkur usuldan foydalaniladi: 
Bolangni 
olib ketsang-chi! Ko‘rmayotipsanmi, bu yyerda odamlar ishlab 
o‘tiripti!
(A.Qahhor) – 
Tashla u toshni! – deb do‘q qilib qoldi onam. 
Ko‘chaning o‘rtasidan haydatib ketdim aravani. – Bilasizmi, nimaga 
ergashdim sizga? – deb qolsa bo‘ladimi shunda.
(Sh.Xolmirzayev)
She’riyatda esa ifodalilikni, ohangdorlikni va ta’sirchanlikni 
ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sifatida ko‘p ishlatiladi:
Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo, 
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. 
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo, 
Molim yomon degan biror kimsani.
(A.Oripov)

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə