“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190
saparniyozova 0

affiksal 
sinonimiya

affiksal omonimiya
va 
affiksal antonimiya
hodisasidan 
ekspressiv maqsadlarda foydalanilgan holatlarni aniqlash mumkin. 
Shuningdek, atoqli otlar sirasiga kiruvchi – 
antroponimlar
ning 
muayyan maqsad bilan qo‘llanishiga aloqador kuzatishlar olib borish 
mumkin. Chunki badiiy asarda qo‘llanilgan ismlar ichida alohida 
uslubiy maqsad yuklanganlari ham bo‘ladiki, ular yozuvchining 
g‘oyaviy-badiiy niyatini aniqlashga yordam beradi. O‘zbek 
adabiyotida personaj xarakter – xususiyatini ochib beruvchi kinoyaviy 
tagma’noli kulgi yaratuvchi ismlar Said Ahmad va boshqa 
yozuvchilarning hajviy asarlarida juda ko‘p uchraydi. 
G‘oyibnazar 
Pinhonov, 
Oldi 
Sottiyev, 
Tijoratxon 
kabi 
kishi 
nomlarida 
yozuvchining kinoyasi aniq sezilib turadi. Tog‘ay Murod asarlaridagi 
antroponimlarning 
uslubiy 
qo‘llanishi 
haqida 
tadqiqodchi 
M.Qosimova quyidagilarni yozadi: «Dehqonqul – asardagi asosiy 
qahramon. Dehqon – asosiy kasbi ekin ekishdan, dehqonchilikdan 


iborat kishi. Lekin yozuvchi Dehqon so‘ziga o‘zbek ismlariga qo‘shib 
aytiladigan –boy, –jon, –bek kabi shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalarni 
emas, aynan «qul» morfemasini qo‘shadi. Bunda qul so‘zining 
ko‘chma ma’nodagi «kimsaga ko‘r-ko‘rona xizmat qiluvchi, 
bo‘ysunuvchi, itoatgo‘y, malay, xizmatkor» semalari yuzaga bo‘rtib 
chiqadi. Natijada sho‘rolar mustamlakasi davrining mute, itoatgo‘y, 
hokisor qurboni bo‘lgan Dehqonqul obrazi kitobxon ko‘z o‘ngida 
yaqqol namoyon bo‘ladi»
163
va uzoq saqlanib qoladi. Qahramonning 
hayoti, taqdiri va ruhiyati bilan uning ismi o‘rtasidagi muvofiqlikdan 
ekspressiv effekt yuzaga kelgan. Bu albatta yozuvchining lisoniy 
mahorati hisoblanadi va bunday holatlarni tadqiq etish orqali 
yozuvchining poetik olamiga kirib boriladi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə