“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190
saparniyozova 0

Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. 
Маънолар маҳзани.
–Т.: «ЎМЭ», 2001. 


bilan 
qo‘llanilganligi, 
kimga 
nisbatan, 
qanday 
vaziyatda 
ishlatilganligiga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Odatda erkalash – 
suyish, hurmat – e’zozlash, ko‘tarinkilik, ulug‘vorlik, tantanavorlik 
kabi ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar ijobiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan 
so‘zlar hisoblanadi. Masalan: 
qizaloq, toychoq, o‘rgilay, girgitton 
bo‘lay, bolaginam, oppog‘im, do‘mbog‘im, arslonim, pahlavonim, 
shakarim, shirinim
kabi. Salbiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan so‘zlar 
sirasiga jirkanish, manmanlik, mensimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat, 
g‘azab, kinoya, kesatiq kabi subyektiv munosabatni ifodalovchi 
so‘zlar kiradi. Bunday ma’nolarni yuzaga keltiruvchi omillarni 
aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi. O‘zbek 
tilida kichraytirish shakli –
cha, –choq, –chak
qo‘shimchalari bilan; 
erkalash shakli –
jon, –xon, –oy, – (a)loq
affikslari yordamida hosil 
qilinadi. Hurmat, mensimaslik, istehzo, umumlashtirish, tur-jinsga 
ajratish kabi ma’nolar 
–lar
affiksi bilan hosil qilinadi. –
gina
qo‘shimchasi chegara, erkalash, yaqinlik ma’nolarini yuzaga 
chiqaradi. Tahlil jarayonida matnda qo‘llanilgan barcha morfologik 
birliklar emas, estetik maqsad aniq ko‘rinib turadigan, yozuvchining 
badiiy niyati ifodalangan morfologik o‘zgachaliklar haqida so‘z 
yuritiladi. Masalan, eng ko‘p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan 
biri takrordir. Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga 
keladigan uslubiy vosita – 
morfologik parallelizm
ning qo‘llanilish 
maqsadi lisoniy jihatdan tadqiq etilishi mumkin. Yoki, 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə