“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190
saparniyozova 0

oksyumoron
deb ataluvchi hodisada ham 
mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga mazmunan zid 
bo‘lgan ikki tushunchani ifodalovchi so‘zlar o‘zaro qo‘shib 
qo‘llaniladi. Oksyumoron grekcha so‘z bo‘lib, «o‘tkir lekin bema’ni» 
degan ma’noni bildiradi. Ular ayrim adabiyotlarda «okkozional 
birikmalar», «noodatiy birikmalar» yoki «g‘ayriodatiy birikmalar
167
» 
deb ham yuritiladi. Bunday birikmalar individualligi, yangiligi, 
ko‘nikilmaganligi va ohorliligi bilan tasvir ifodaliligini ta’minlaydi: 
Sokin hayqiriq
(M.Ali). 
Otashin muz, yong‘inli daryo, so‘qir lomakon, 
qora nur, yalang‘och shuur, yaxlagan sarob
(R.Parfi), 
oppoq tun, 
so‘zsiz suhbat
kabi birikmalar oksyumoronga misol bo‘ladi. Bunday 
g‘ayriodatiy birikmalar antitezaning bir ko‘rinishi sifatida talqin 
qilinadi. Ma’lumki, istalgan ikki so‘zni biriktirish bilan oksyumoron 
yuzaga kelavermaydi. Bunday birikmalar yozuvchining badiiy 
tafakkur 
mahsuli 
hisoblanadi. 
Shuning 
uchun 
g‘ayriodatiy 
birikmalarni mantiqsizlik bilan bog‘lash mumkin emas. Ularga estetik 
167
Абдураҳмонов Ҳ, Маҳмудов Н.
Сўз эстетикаси. –Т.: Фан,1981, 38-47-б. 


hodisa sifatida yondashish zarur. O‘zaro bog‘lanmaydigan so‘zlarni 
bog‘layotgan kuch nimada? Ularning birikib badiiy effekt berishi 
uchun qanday ifoda imkoniyati mavjud? Yozuvchini bunday 
«maromsiz» birikmalar yaratishga nima majbur qildi? kabi savollar 
bilan mazkur hodisa mohiyatiga kirib borish mumkin.
Farqlash
deb
 
ikki narsa – buyum, voqea – hodisa yoki 
holatlardagi differensial belgini aniqlashga aytiladi. Farqlash ham 
qiyos va chog‘ishtirishga asoslanadi. Ifoda usuliga ko‘ra antitezaga 
yaqin, lekin «antitezada mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bo‘lgan ikki 
qutb qiyoslanadi. Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi». 
Tasviriy 
vosita 
sifatidagi 
farqlashda 
belgilarning 
farqlovchi 
xususiyatlari aniqlanadi. O‘xshatish ham qiyosga asoslanadi, biroq 
o‘xshatishda integral belgilar idrok qilinadi. Farqlashda qiyos asnosida 
o‘rtaga chiqadigan fundamental tafovut nazarda tutiladi. O‘xshatishda 
bo‘lgani kabi farqlashning ham ifoda unsurlarini quyidagicha 
tartiblash mumkin: 1.Farqlash subyekti. 2. Farqlash nisbati. 3.Farqlash 
asosi. 4.Farqlashni yuzaga keltiruvchi shakliy belgilar. 5.Farqlash 
natijasi. Masalan: 
Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda 
ko‘rkamrak bir hujra, anavi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu 
hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, 
munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, 
bu hujrada sham’ yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabi’atlik, 
serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha 
yaratilishda. Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik
kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti 
sabz urgan bir yigit. Bas bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham ega 
jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi
. (A.Qodiriy. O‘tkan kunlar). 
Ayon bo‘lganidek, parchada hujra, hujra ashyolari, hujra egalari 
qiyosga tortilgan. Qiyos asnosida hujraning qaysi belgilari o‘rtaga 
chiqarilgan? Saroyda bir necha hujra bor. Lekin tasvirda ikkiga 
ajratilyapti: 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə