“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190
saparniyozova 0

Antiteza 
(antithesis – qarama-qarshi qo‘yish, zidlash) deb 
mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni 
qarama-qarshi qo‘yish, zidlash hodisasiga aytiladi. Voqea-hodisalar 
mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun asosan, badiiy nutqda zid 
ma’noli qo‘shimchalar, zidlovchi bog‘lovchilar, so‘z va iboralardan 
foydalaniladi. «Zidlashda voqea, hodisa, belgilarni o‘zaro zid qo‘yib 
shulardan birining belgisi alohida ta’kidlanadi. Zidlash hodisasi ham 
ikki komponentdan iborat bo‘ladi va keyingi komponentdan 
anglashilgan mazmun ta’kidlanadi. Demak, zidlashda ikki qism 
mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosida ta’kidlanuvchi qism». 
Zidlash asosan bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap shakllarida 
kuzatiladi. 
Badiiy 
matnni 
lisoniy 
jihatdan 
tahlil 
qilishda 
zidlantirishdan yozuvchining ko‘zda tutgan maqsadi nima ekanligini 
aniqlash talab qilinadi. Yozuvchining mahorati zidlantirilayotgan 
voqeliklar uchun tanlangan ifoda materialida yanada aniq ko‘rinadi. 


Masalan: 
Noningni 
yo‘qotsang yo‘qot, nomingni yo‘qotma

(O‘.Hoshimov) Bu misolda bir-biriga aloqasi bo‘lmagan ikkita 
tushuncha - non va nom zidlantirilyapti. Nega? Yozuvchi nima uchun 
bu ikki tushunchani qarama-qarshi qo‘ymoqda? Aslida non – 
hayotning, tiriklikning ajralmas bo‘lagi. Bir parcha non topib yeyish 
uchun odamzod mehnat qiladi, ter to‘kadi. Ammo hayotda o‘sha bir 
parcha nonni topaman deb o‘z nomiga, sha’niga dog‘ tushirayotganlar 
ham uchrab turadi. Non zarur, lekin nom undan ham muhim ekanligi 
mazkur misolda ta’kidlanmoqda. Haqiqatan ham nonini yo‘qotgan uni 
qaytib topishi mumkin, lekin o‘z nomiga, sha’niga dog‘ tushirsa-chi? 
Uni qaytib tiklab bo‘lmaydi. Bu misoldagi «non»ni «hayot uchun 
kerak bo‘lgan hamma narsa, mol-dunyo» ma’nosida ham tushunish 
mumkin. Yoki: 
Nodonlar davrasida kar bo‘l. Donolar davrasida 
soqov bo‘l...
(O‘.Hoshimov) Bu misolda antitezaning ifoda materiali 
sifatida 
nodon – dono, kar – soqov
birliklari keltirilgan. 
Bolalikda 
dunyo kengu kiyim tor. Keksayganda kiyim kengu dunyo 
tor
...(O‘.Hoshimov) Zidlanishni yuzaga keltirayotgan birliklar (bolalik 
keksalik, keng – tor, keng dunyo – tor dunyo, tor kiyim – keng 
kiyim) xiazmatik konstruksiya shaklida kelib kontrastlikni yanada 
bo‘rttirib ifodalashga xizmat qilgan.
Adabiyot ilmida 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə