|
“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда
Nazorat uchun savol va topshiriqlarsaparniyozova 0
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Mazkur kursning metodologiyasi qanday qonuniyatga
asoslanadi?
2.Lisoniy tahlilning qanday tamoyil va usullari bor?
3.Shakl va mazmun birligi tamoyili deb nimaga aytiladi?
4.Makon va zamon birligi tamoyili deb nimaga aytiladi?
5.Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili deb nimaga
aytiladi?
6.Ilmiy mushohada usuli deb nimaga aytiladi?
7.Lisoniy tabdil deganda nimani tushunasiz?
8.Matn variantlarini qiyoslash usuli deb nimaga aytiladi7
9.Lug‘atlarga asoslanish usuli deb nimaga aytiladi?
10.Tematik tahlil deb nimaga aytiladi?
11.Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?
Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishda nimalarga e’tibor
qaratish zarur?
Biror bir she’rni, hikoya yoki romanni o‘qiyotganimizda asar
mazmunini yakka-yakka so‘zlardan yoki ayrim iboralardangina emas,
balki matn deb ataluvchi butunlik bilan munosabatga kirishgandan
so‘nggina anglay boshlaymiz. Badiiy asarni gazeta o‘qigandek o‘qib
bo‘lmaydi. Badiiy asarni o‘qish uchun ham alohida tayyorgarlik
kerak. Voqealar tizimini kuzatib borish bilangina asar o‘qigan bo‘lib
qolmaysiz. O‘zingizda faol o‘qish tarzini shakllantirishingiz zarur, aks
holda asar o‘qish shunchaki vaqt «o‘ldirish» mashg‘uloti bo‘lib
qolaveradi. Xo‘sh, faol o‘qish tarzini shakllantirish uchun nima qilish
kerak? Buning uchun yozuvchi va matn bilan haqiqiy muloqotga
kirishishingiz talab qilinadi. Ularga o‘zingizning savollaringizni
muntazam berib borishingiz zarur. Matnni har tomonlama tahlil qilib
borishingiz kerak. Matn mohiyatiga kirib borish uchun avvalo
tilshunoslik
va
adabiyotshunoslikning
tamal
qonuniyatlaridan
xabardor bo‘lish lozim. Quyida sizga havola qilinayotgan tahlil tartibi
qat’iy-qotma tartib emas, uni tahlil obyekti va metodiga qarab
o‘zgartirishingiz mumkin.
|
|
|