tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p
qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan
birliklar
(masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar
yoki epitetli birikmalar,
metonimiya, metaforalar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo
tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda
faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori
Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo‘llangan
yuzdan ziyod
ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda
tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. -Toshkent, G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.)
Iboralar:
1.
Aftini burishtirmoq –
Qimirlasam, biqinim sanchadi, –dedi
Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib.
(41-b.)
2.
Bo‘yniga olmoq –
Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni
bo‘yniga olib qo‘ydi
. (83-b.)
3.
Dami ichiga tushmoq –
Saidiy Yoqubjonning aytganini
qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi
. (124-b.)
4.
Oqizmay-tomizmay yetkazmoq –
So‘z o‘rni kelganda, u
Saidiyda zakovat belgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy
studentlardan yuqori turishini so‘zlar, buni esa Munisxon
oqizmay-tomizmay Saidiyga yetkazar edi
. (67-b.)
5.
Ta’bi ochilmoq –
U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga
o‘rganolmay ko‘p qiynalgan edi, ammo o‘rganganidan so‘ng,
ta’bi ochilib ketdi
. (89-b.)
6.
Yuragi dov bermaslik –
Munisxon paltosining yoqasini ko‘tardi-
yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi
. (43-b.)
7.
Uhda
qilolmaslik
–
Shef
bilan
ishlab
ham
uhda
qilolmayotirsizmi
? (82-b.)
8.
Quloq bermoq –
Qiz uning so‘ziga o‘zi ustidan chiqarilgan
hukmni tinglaganday quloq berar edi
. (35-b.)
Dostları ilə paylaş: