Matn komponentlarining birikish usullari alohida o‘rganiladi. Matn
tiplari va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
2. Kompleks tahlil.
Tilning barcha sohalariga xos birliklar va
ularning muayyan bir asarda qo‘llanishini
matnning umumiy
mazmuni, janri, tarkibiy tuzilishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib
o‘rganish kompleks tahlilning asosini tashkil etadi. Bu xildagi tahlil
umumfilologik yo‘nalish, mazmun va xarakter kasb etadi. Shuning
uchun matnni tahlil qilishdan avval adabiyotshunoslik va tilshunoslik
bilan aloqador sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor
bo‘lishimiz kerak. Bunday tahlil xususiylikdan umumiylikka o‘tish
tamoyiliga muvofiq olib boriladi. Kompleks tahlil biror
bir ijodkorga
bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunday tahlilni bir asarni turli sathlar bo‘yicha
yoki bir necha asarni bir sath bo‘yicha o‘tkazish mumkin. Masalan,
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani lingvopoetikasi (til
sathlari bo‘yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi.
Bunda adib qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari
tekshiriladi va natijalar umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish
emas. Shuningdek, bir yoki ikki kishining ishi ham emas. Adib
asarlarini har taraflama tekshirish, tahlil qilish, shu kungacha qilingan
barcha ishlarni bir joyga to‘plash, tasniflash, indeksli ma’lumotlar
bazasini
yaratish, zaruriy lug‘atlarni tayyorlash va boshqa ishlarni
amalga oshirish jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan
lingvopoetikaning faoliyat doirasiga kiradi. Adabiyotshunoslikda
B.Fransning V.Shekspir asarlari tiliga bag‘ishlangan «Shakespeare
grammatik» deb atalgan yirik hajmli asari alohida e’tiborga molik ish
sifatida e’tirof qilinadi. Unda shoir ijodi
tilning barcha sathlari
bo‘yicha tahlilga tortiladi. Shu bilan birga ijtimoiy tuzum, shoirning
falsafiy dunyoqarashi,
hayot tarzi, shoirning zamondoshlarining
shoirga munosabati yoki shoirning o‘z zamondoshlariga munosabati,
davr bilan bog‘liq estetik tafakkur tarzi va hokazolar haqida ham
ma’lumotlar berib boriladi. Mazkur
tadqiqotdan faqatgina shoir
asarlarining tili emas, balki o‘sha davr tili haqida ham noyob
ma’lumotlarni olish mumkin.
177
Lekin shuni unutmaslik kerakki,
badiiy asar tom ma’noda estetik voqelikdir.
Uni tematik tahlil
qilamizmi, kompleks tahlil qilamizmi bundan qat’i nazar, asarning
177
Wellek R
. Edebiyat teorisi. –Izmir: Akademi kitabevi, 1993.
estetik hodisa sifatidagi mohiyatini nazardan chetda qoldirmasligimiz
kerak.
Dostları ilə paylaş: