qilingan lug‘atlar, "Abushqa", "Sangloh", "Badoe ul-lug‘at"
singari
bir qator qo‘lyozma lug‘atlardagi izohlangan so‘zlar miqdori haqida
qisqacha ma’lumot berilgan. B.Bafoev Alisher Navoiy asarlari tilida
forscha-tojikcha
va
arabcha so‘zlar miqdori haqida aniq
tasavvur hosil qilish uchun
shoirning "G‘aroyib us-sig‘ar" devoniga kiritilgan bir g‘azaldagi
100 ta so‘zni olib, ularning 55 tasi o‘zbekcha, 20 tasi arabcha, 19 tasi
forscha-tojikcha ekanligini qayd etadi hamda bu ma’lumotlarni ulug‘
shoirga yaqin zamondosh bo‘lgan Gadoiy, Atoiy, Lutfiy, Sakkokiy,
Husayniy she’riyatidan olingan xuddi shunday
miqdoriy
ko‘rsatkichlar bilan qiyoslaydi va
quyidagi haqqoniy xulosaga
keladi: 1) barcha ijodkorlar ijodida, arabcha, forscha-tojikcha
so‘zlar deyarli
bir xil sonni tashkil qiladi; 2) Alisher Navoiy o‘z
asarlarida arabcha, forscha-tojikcha so‘zlarni, ko‘p qo‘llagandek
tuyulsa-da, bu ko‘plik uning asarlarining hajmi bilan bog‘liqdir.
181
Eng
muhimi,
bu
monografiyada
Alisher
Navoiyning
24
ta asari qo‘lda, EHMsiz miqdoriy tahlil qilinib, ularda jami
26035 ta so‘z qo‘llangani haqidagi aniq statistik ma’lumotlar
keltirilgan.
O‘zbek tilshunosligida matnning lug‘aviy
tarkibini
miqdoriy jihatdan o‘rganish sohasida V.V.Reshetov (1934),
A.K.Borovkov (1940), F.Abdullayev (1949), M.Mirzayev
(1951),
I.Rasulov
(1951),
G.Muhammadjonova
(1972),
N.G‘ulomova (1975) kabi olimlar amalga oshirgan ishlar
keyinchalik ayrim olimlar tomonidan tanqid qilindi. Masalan,
prof.E.Begmatov matn leksikasini tahlil qilishning
bunday miqdoriy
usullarini o‘z mohiyatiga ko‘ra noilmiy, nazariy jihatdan yetarli
asoslanmagan bir urinish, deb hisoblaydi. Prof.E.Begmatov o‘zining
bu fikrini quyidagi dalillar bilan asoslashga intiladi: 1.
Matnlarda
ko‘p bor takror qo‘llanuvchi so‘zlar (masalan bog‘lovchilar, atoqli
otlar va b.) miqdoran qanday hisoblangani bu ishlarda noaniq. 2.
O‘zlashma so‘zlar asosida o‘zbek tilida yasalgan so‘zlarning o‘z
qatlamga kiritilgani yoki o‘zlashma qatlamga kiritilgani ham
noma’lum. 3. Olib borilgan tahlillarda asosiy diqqat o‘zlashma
181
Dostları ilə paylaş: