mavjud ekanligini ko‘rsatish. Matn oqimida gaplarning qo‘shilish
shakllari va vositalarini tadqiq etish. Bularning bari
diqqatga sazovor
va ularni qo‘llab-quvvatlash kerak. Boshqa narsa – har jihatdan
an’anaviy (deyiladigan) tilshunoslikka o‘xshamaslikka intilish -
prinsipial e’tiroz tug‘diradi... YAnada qaltis, zaif joyi tilning yirik va
kichik birliklarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdir.
Ayni paytda
gapning, so‘z yoki so‘z birikmasining strukturasini nafaqat tadqiq
etmasdan, balki hatto u bilan qiziqib ko‘rmasdan turib, gaplarning
qo‘shilish tamoyillarini o‘rganish mumkin emas...”
20
Bunday e’tirozlarga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki matn
lingvistikasi matnni asosiy
birlik deb hisoblar ekan, gaplar yoki so‘z
birikmalarining mavjudligini, ularning o‘ziga xosliklarini, matn
tarkibidagi o‘rnini, umuman, an’anaviy tilshunoslik yutuqlari sifatida
tan olingan qoidalarni aslo inkor etmaydi. Bu e’tiroz
va tanqidiy
fikrlarni mavjud muammolarga yanada sinchkovlik va hushyorlik
bilan yondashish zaruriyatini unutmaslikka da’vat tarzida tushunish
maqsadga muvofiq.
Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi o‘laroq o‘tgan asr
70-yillarining boshida taniqli tatar tilshunosi M.Zakiyev tomonidan
qo‘yilgan. Dastlab u bog‘li nutqni mustaqil gaplar o‘rtasidagi aloqani
o‘rganmasdan tadqiq etib bo‘lmasligini, chunki bog‘li
nutq hamisha
turli usullar bilan o‘zaro bog‘langan gaplar zanjiridan iborat
bo‘lishini, shunga ko‘ra bog‘li nutqda gapdan yirik va murakkab
bo‘lgan “murakkab sintaktik butunlik” deb ataladigan birliklar
ajratilishini (ular
abzasning qismi, abzas, yaxlit bob, ba’zan hatto
yaxlit asar va sh.k.ga teng bo‘lishini) ta’kidlaydi va yozadi: “Bog‘li
nutqda murakkab sintaktik butunlikni ajratish sof metodik maqsadni
nazarda tutadi; u nutqning asosiy birligi bo‘la
olmaydi va boz ustiga
gapga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin emas”.
21
1974-yilda nashr
etilgan darsligida esa murakkab sintaktik butunliklarni “sintaktik
butunliklar” (“sintaksik bөtennәr”) deb nomlaydi va quyidagilarni
yozadi:
“Sintaktik butunliklar, ya’ni
mustaqil jumlalarning
bog‘lanishini o‘rganish turkiy tillarda hali to‘la yo‘lga qo‘yilgani
yo‘q. Holbuki, bu masala til ilmi uchungina emas, balki adabiyot ilmi
uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki mustaqil jumlalarning
bog‘lanishini bilmasdan turib, matnni, asarni, uning ayrim
20
Dostları ilə paylaş: