“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
saparniyozova 0

qisqa xabar 
(abzasda aytilmoqchi 
bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), 
oldingi xabar 
bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar 
(bog‘lovchi vositalar 
abzasni o‘zidan oldingi abzasga bog‘laydi, shuningdek, abzas ichidagi 
xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), 
xabarning to‘ldirilishi 
(dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va 
xulosa 
(xabar 
yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. 
«Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar o‘zaro 
sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik 
(grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi 
aytiladi. Shuningdek, abzaslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi 
ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan
abzaslar; 2) Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzaslar; 3) Periodik 
nutq formasidan iborat bo‘lgan abzaslar; 4) Superfrazali sintaktik 
butunlikdan iborat bo‘lgan abzaslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli 
abzaslar.
95
Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan 
95
 Мамажонов А. 
Текст лингвистикаси. –Тошкент: ТДПИ, 1989, 39-40-б. 
Makromatn 
Qism yoki fasllar 
Mikromatn
Bo‘limlar 
Abzaslar 


abzaslarni ham kiritish mumkin. Abzasdagi «xabar» tema-rematik 
munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos 
bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va 
tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani 
ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini 
bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, 
sharh) esa temadan keyin kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga) 
bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi 
qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi.
96
Odatda gapning ega 
sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: 
Ahmad 
//darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, 
hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To‘lagan edi. 
Lekin har doim ham ega sostavi tema bo‘lavermaydi. Buni 
quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin: 
Do‘stim menga kitob sovg‘a 
qildi.
Bu gapda tema to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z bilan ifodalangan.
Rema esa ega va kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. 
Yuqorida tema - rematik munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi 
natijasida abzas yuzaga kelishini ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-
ketlik qay tarzda namoyon bo‘ladi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Buni 
quyidagi gaplar misolida ko‘rib chiqamiz.
Do‘stim menga kitob 
sovg‘a qildi.
(1). Kitob 
samimiy va beg‘ubor muhabbat haqida edi.
(2). 
Muhabbat 
hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg‘u
.(3). Birinchi 
gapda qo‘shnimga so‘zi tema qolganlari rema ekanligini ko‘rib 
chiqdik. Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik xususiyatini 
yo‘qotib, tema maqomiga o‘tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon 
ro‘y beradi. Bunday bog‘lanish tarzini 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə