“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190
saparniyozova 0

motivatsion yaxlitlig
ini, ham 


kompozitsion butunlig
ini ta’minlashga xizmat qilyapti. Shunga ko‘ra 
yozuvchi 
mazmuniy o‘q
ni nom darajasiga ko‘tarish orqali maqsadiga 
to‘la erishgan deyishimiz mumkin. Sрuni aytib o‘tish kerakki, 
hamma nomlar ham bunday vazifani bajaravermaydi.
Mutaxassislar 
ba’zan bittagina gap ham 
mikromatn 
tushunchasiga teng kelishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. 
Masalan: 
Bahor… 
Bu 
jumlada 
«tabiatning 
jonlanishi», 
«hammayoqning ko‘m-ko‘k tusga kirishi», «atrof-muhitning go‘zal 
tusga burkanishi» kabi yashirin mazmun mavjuddir. Lekin bu tipdagi 
ko‘rinishlarni tom ma’noda matn deb atash mumkin emas. Chunki 
matn struktural jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlik. Demak, 
gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida havola 
qilinayotgan ma’nolar so‘zning ma’no strukturasi bilan bog‘liq. 
Mazkur gap o‘zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi 
gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn deyish to‘g‘ri 
bo‘ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqaradigan bo‘lsak, 
istalgan so‘zni matn deyishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan, ona degan 
so‘zni oladigan bo‘lsak, bu so‘zning ham moddiylashmagan yashirin 
ma’nolari mavjud va ular mazkur so‘zni talaffuz qilishimiz bilanoq, 
ko‘z oldimizda u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi.
Maksimal matn
deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni 
yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy 
uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar 
maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil 
topadi. Eng kichik butunlik abzasga, eng katta butunlik esa bob (qism 
yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf
so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar 
ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, 
shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim 
masalalarga qo‘shimcha izoh, sharh bo‘lib keladi. Maksimal matn 
tashqi 
jihatdan 
turlicha 
shakllangan 
bo‘ladi. 
Masalan, 
F.M.Dostoyevskiyning jahon adabiyotining mumtoz namunasiga 
aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va 
epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bo‘limni o‘z ichiga olgan. 
Qism va bo‘limlarga alohida nom berilmagan. Romanning umumiy 
hajmi 21 bosma taboq. Yoki, Pirimqul Qodirovning «Humoyun va 
Akbar» tarixiy romanini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, mazkur asar 
ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi 


(Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo‘limlarga bo‘linadi va har 
bir bo‘lim voqea bo‘lib o‘tayotgan joy hamda gap kim yoki nima 
haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan: 1.Agra. 
Hamida bonu arosatda… 2.Ganga. Ko‘rgilik. v.h.). Romanning 
umumiy hajmi 30 bosma taboq.
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sxema asosida yanada 
yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin:
Makromatnning eng kichik birligi abzasdir. Abzas bir mazmuniy 
butunlik bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha 
bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzas 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə