“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190
saparniyozova 0

Айтматов Ч., Шохонов М. 
Чўққида қолган овчининг оҳи-зори. –Тошкент: Шарқ, 1998, 103-б.


2. Tasviriy matnlar
(Le texte descriptif - deskriptiv matn). 
Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, 
hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-
buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida 
tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi 
yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli 
xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab, 
birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar 
va qismlardan so‘z yuritiladi. Masalan: 
Yakan 
degan o‘simlik bo‘ladi. Nima uchundir san’atkorlar, 
aniqrog‘i otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – 
qamishzorda o‘suvchi o‘simlik. Yakanni o‘rib olib, quritib uzum 
osadilar yoki savat qalpoq to‘qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan 
esa, aksincha, pastak o‘simlik. Shunday bo‘libdiki, bir kuni yakan 
qamishga qarab:
-O‘, birodar, hadeb g‘o‘ddayaverma, salgina egil. Ollohning 
quyoshi nuridan biz ham bahramand bo‘laylik,-debdi.
Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob ham bermay burnini 
jiyirib qo‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, so‘ng yakanni 
o‘ribdilar. Tasodifni qarangki, o‘sha qamishdan yasalgan bo‘yrani bir 
uyga to‘shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to‘sinlariga uzumlarni 
osibdilar, yakandan to‘qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi 
qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar o‘taveribdi. Qamish pastda, oyoq 
ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo‘laverib xorlangan qamish 
axiyri yakanga qarab zorlanibdi: 
-Meni o‘rib olib quritdilar, tepkilab qovurg‘alarimni sindirdilar, 
so‘ng suvga bo‘ktirdilar. So‘ng qayirib-bukib mana shu bo‘yra holiga 
keltirdilar. Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham 
yetmaganday sal qayirib, ostimga noslarini tupuradilar.
Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim:
-Siz bekorga g‘o‘ddaydingiz. G‘o‘ddayib o‘saverdingiz. Ichingiz 
g‘ovak ekanini unutdingiz. G‘ovak bo‘lganingiz uchun ham 
tepkilashdan bo‘lak narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas, siz 
o‘sgan yerda ildizingiz qolgan. Siz o‘sajak qamishlarga yetkazing. 
Sizning holingizga tushmasinlar.


Qamishni ba’zan tomga ham to‘shaydilar. Lekin baribir uning 
basharasiga loy chaplanadi…
100
Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir o‘simlik 
tasvirlanadi. Buni 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə