sinovchi-uchuvchi dеydilar... Mana, qarshimizda turgan barvasta qomatli, qarashi burgut nigohini eslatadigan, butun vujudidan kuch-g‘ayrat, sadoqat, vafo sеzilib turgan kishi mana shu zavodning sinovchi-ichuvchisidir... Birinchi parchadagi paronamaziyada ikkita o‘xshash so‘zning
qahramon tarafidan farqlanmasligi, ya’ni ikkita alohida so‘z
ma’nolarining qorishtirilishi natijasida kulgili holat yuzaga kеlgan.
Ikkinchi parchadagi paronamaziyada esa qahramon kulgili vaziyatni
yuzaga kеltirish uchun atayin o‘xshash talaffuzli yangi konstruksiyani
hosil qiladi.
Zid ma’noli so‘zlar Tilda zid ma’noli so‘zlarning mavjudligi badiiy nutqning
ifodaliligi,
eksprеssivligi,
ta’sirchanligini ta’minlashda qulay
vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon
tildagi bu ifoda imkoniyatidan kеng foydalanib kеlingan. «Shoir
uchun juda zarur bo‘lgan san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana
mutobaqa ,
tiboq ,
tatbiq ,
muttazod ,
ittizod va
takofu dеb ham ataladi.
Bu san’atda, badi’shunoslarning aytishicha, zid ma’noli so‘zlardan
foydalaniladi.»
17
Yevropa filologik an’anasida bu san’at
«antitеza» dеb yuritiladi. Badiiy asar tiliga bag‘ishlangan ishlarda
zidlantirish ,
qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma’noli so‘zlarni
yonma-yon qo‘llash orqali tushunchalar, bеlgilar, holatlar, obrazlar
17
Рустамов А. Навоийнинг badııy маҳорати.-Тошкент, Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1976, 64-бет.
23
zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontеkstual yoki nutqiy zid ma’noli
so‘zlar farqlanadi. Masalan: