Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko‘p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.
Ichki unvon – asosiy matnning turli rangdagi to‘q siyohlar bilan jadvalga olinishi. Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bezak vazifasini o‘tovchi bu shakllar ko‘proq she’riy matnlarda qo‘llangan.
Yig‘ma-qiyosiy matn – iatnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq varianti.
Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘nggida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.
Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirub keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi. Poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Ilmiy-tanqidiy matn necha qismdan iborat?
Ta’limiy she’riyat nima?
Ilhom ehtiyoji va burch mas’uliyati deganda nimani tushunasiz?
Qo‘lyozmada unvon tushunchasi nima?
Test savollari
Savollar
|
To‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Ifoda yo‘llari haqidagi ilm
|
bayon ilmi;
|
so‘z yasalishi haqidagi ilm;;
|
she’r vaznlari haqidagi ilm;
|
misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm
|
Mubayyin” kimning asari:
|
* Bobur
|
Fuzuliy;
|
Navoiy
|
Mashrab
|
Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida
|
12 ta *
|
10 ta
|
8 ta;
|
4 ta.
|
Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:
|
*shakliga;
|
ruhiga;
|
mazmuniga
|
Tiliga
|
Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:
|
tab’i nazm;
|
adabiy ta’lim;
|
qofiyadoshlik;
|
ma’no uyg‘unligi.
|
Dostları ilə paylaş: |