Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə31/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Matnshunoslik

Asosiy adabiyotlar

  1. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  2. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  4. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017



11-Mavzu: “MUAMMO”NI YECHISH
Mavzu rejasi:

  1. Mumtoz adabiyotda kichik janr turi – “Muammo”

  2. “Muammo” yozish qoidalari

  3. Klassik adabiyotda “Muammo” yozgan ijodkorlar

Savol va topshiriqlar.


1.Muammo janri adabiyotimizda qanday o’rin tutadi?
2. Muammo yozish qoidalari nimalardan iborat?
3. Mummoning yechilishida qanday qoidalar mavjud?
4. بابام بلیده دودوک بیز هم معما دیدوک Ushbu muammoni yeching.
Asosiy adabiyotlar:

  1. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  2. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  4. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017

12-Mavzu: JANRLAR BO‘YICHA QO‘LYOZMA MATNLARNI FARQLASH
Mavzu rejasi:

    1. Matnlarni klassifikatsiya qilish (tasniflash) usuli

    2. Matnshunoslikda janr turlarini tasniflash

    3. Manbalarni o’rganishda adabiy janrlar ahamiyati

Turli yillarga oid yuzdan ortiq qo‘lyozma va toshbosma nusxaga ega muayyan asarning matn tarixini o‘rganmasdan, uning tili yoki badiiyatini yoritish borasida qanchalik zahmat chekilmasin, bu tugal ish hisoblanmaydi. Ko‘p nusxali matn tarixini o‘rganish esa asarning qo‘lyozma, toshbosma nusxalarini turli tasniflar asosida guruhlash, har tomonlama qiyoslash va saralashdan boshlanib, oxiri – aniq va ishonchli dalillar bilan quvvatlangan ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash bilan nihoyalanadi. SHundan so‘nggina bu asar bo‘yicha kelajakda qilinadigan tadqiqotlar, xoh adabiyotshunoslik, xoh tilshunoslik yo‘nalishida bo‘lsin, qat’iy ravishda tayyor ilmiy-tanqidiy matn asosida olib borilishi kerak. Matnshunos olim N.SHodmonov ayni muammoga e’tibor qaratib, uning echimini “matn tasarrufi” tushunchasi bilan izohlaydi: “Adabiy manba tadqiq etilib, istifodaga kiritilgach, muallif va uning merosini “tashuvchilar” tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato hamda nuqsonlar ular zimmasidan tadqiqotchi zimmasiga o‘tadi. SHuning uchun manba tadqiqot doirasida to‘g‘ri tasarruf etilishi, nuqsonlar bartaraf qilinishi lozim. Tasarruf uchun, eng avvalo, matnshunoslik mafkurasi, ilmiy tafakkur shakllangan bo‘lishi kerak. U etarli darajadagi nazariy bilimlar bilan bir qatorda psixologik, mantiqiy va estetik tahlil, tasavvur, echim topish malakalarini o‘zlashtirish orqali hosil qilinadi”.166
Afsuski, ko‘p hollarda bu qoidaga amal qilinmaydi. Masalan, So‘fi Olloyor asarlari ham hali tanqidiy matn tayyorlab ulgurilmasidanoq, doktorlik, bir necha nomzodlik tadqiqotlari, shuningdek monografiya, risolalar uchun ob’ekt bo‘ldi. Qilingan ishlarning ilmiy qimmatini kamsitmagan holda ta’kidlash kerakki, So‘fi Olloyor asarlarining, xususan, “Sabotul ojizin”ning to‘la ilmiy-qiyosiy ko‘rsatkichlar bilan asoslangan tanqidiy matni tayyorlanmaguncha natijalar mukammal bo‘lmaydi.
Matn tarixini o‘rganish ishishartli ravishda to‘rt bosqichda kechadigan qiyoslash va saralash tamoyillaridan iborat bo‘ladi.
Avvalgi bosqichda qo‘lyozmaning paleografik tekshiruv natijalari (qog‘oz va xat turi, qo‘lyozmaning saqlanish holati) asosida sanalar bo‘yicha ajratildi: Masalan:

  1. XVIII asr;

  2. XIX asr;

  3. XX asr.

Ikkinchi bosqichda guruhlangan qo‘lyozmalarning xati o‘zaro solishtirildi. Masalan: “Barcha qo‘lyozmalar nastaliq xatida bitilgan bo‘lib, XVIII asrga oid nusxalarida dag‘allik (ba’zan nasxga moyillik), XIX asr oid nusxalarda nafislik, XX asrga oid nusxalarda husnixat va badxatlik qorishiq kelgani kuzatildi”.
Uchinchi bosqichda sanalar bo‘yicha ajratilgan har bir qo‘lyozma matnining to‘liqligiga ko‘ra o‘zaro qiyoslanadi. Natijalarni shunday umumlashtirish mumkin:

  • matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlar tushib qolgan;

  • boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar;

  • oxiri yo‘q qo‘lyozmalar;

  • boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar.

To‘rtinchi bosqichda o‘zaro qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi” aniqlandi. Qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni anglatadi. Keyin shu asosda ilmiy-tanqidiy matn uchun asos nusxalar tanlanadi. Asos nusxalar ishonchli matnni tiklash silsilasining avvalgi halqasini tashkil qiladi.
O‘zaro muqoyasa jarayonidaqo‘lyozma nusxalarining bir umumiy manbadan ko‘chirilgan yo ko‘chirilmagani aniqlanadi. Ishonchli matnni tiklash silsilasining ikkinchi halqasi “faol nusxalar”, uchinchi halqasi esa “yordamchi nusxalar” deb ataladi

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə